Mamlakatimizda 2016 yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning
yangi bosqichida XYuSlarni moliyaviy
isloh qilishning asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
faoliyatni bozor talablariga yo’naltirish va eng yangi
texnologiyalarga investitsiyalar asosida innnovatsion jarayonlarni
rivojlantirish yo’li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshligini
ta’minlash;
XYuS kapitalini shakllantirish va
boshqarish samara-dorligini
oshirish;
XYuS rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning
moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb
qilish;
ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydalanish va
mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi xarajat-larni
kamaytirish asosida
ularning daromadlarini o’stirish yo’li bilan XYuSlarning investitsion
joziba-dorligini oshirish;
aktivlarni restrukturizat
siya qilish va bozor kon’yunkturasini
bashorat qilish, tovarlar va xizmatlarning to’lovga layoqatli talabi va
taklifi asosida XYuS faoliyatini diversifikatsiyalashtirish.
XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni
moliyaviy isloh qilishda
kapitalizatsiya jaray
oni, ya’ni mavjud salohiyat (aktivlar)dan eng
yaxshi foydalanish hisobidan kompaniyaning qiymatini oshirish va
shu asosda kapital-lashtirishning asosiy manbaini
–
kapitalni
o’stirishga yo’naltiriladigan sof foyda hajmini ko’paytirish alohida
o’rin egallaydi. Sof foydani kapitallashtirish koeffi-tsienti aktiv
(kapital)ni oshirishga yo’naltirilgan sof
foyda qismining XYuS sof
foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula
shaklida quyidagicha aks ettirish mumkin:
Dostları ilə paylaş: