imkoniyatiga ega emas. Ularda XYuSlarga taqdim etilayotgan kredit
resurslari, asosan, qisqa muddatli xarakterga ega hamda asosiy
kapitalni shakllantirishdagi kreditlarning salmog’i iqtisodiyot
samaradorligining o’sishi uchun etarli emas;
sug’urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat
tadbirkorlik risklarini pasaytiradigan va jamg’armalar
hamda
investitsiyalar o’sishini ta’minlaydigan pul sug’urta resurslarini
shakllantirish bo’yicha sug’urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar
yig’indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo’ladi;
uy xo’jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ularning
jami daromadlari,
soliq, renta va foiz to’lovlari, investitsion talabning
o’sishiga iste’mol va jamg’arishning ta’siri orqali ifodalanadi.
Hozirgi paytda ko’p mamlakatlarda aholining jamg’ar-malari,
XYuS va tashkilotlarning jamg’armalari singari kengaytirilgan takror
ishlab
chiqarish maqsadlari uchun to’liq foydalanilmayapti. Aholining
jamg’armalaridan foydalanish masalasi
bizning mamlakatimizda
ham hali o’z echimini topmagan. Mustaqillikning dastlabki yillarida
banklarning aholi omonatlari bo’yicha foiz stavkalarini bir tomonlama
kamaytirish hodisalariga yo’l qo’yganliklari, omonatni sir saqlash
shartini buzganliklari kabi noxush holatlar aholining banklarga
bo’lgan ishonchini pasay-tirganligi sir emas. 2016 yildan boshlab
mamlakatimizda bu masalada ham juda katta ijobiy o’zgarishlar yuz
bera boshladi. Ayni paytda aholi omonatlari
miqdori keskin suratlar
bilan oshib boryapti.
Dostları ilə paylaş: