T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 

Siyosiy iqtisod mumtoz olimlari kontseptsiyalarining asosiy 
mazmuni nimalardan iborat? 

Siyosiy iqtisod mumtoz olimlari qatoriga kimlar kiradi? 

A.Smit soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil 
qilishning qanday to’rt asosiy tamoyillarini ifodalagan? 

A.Smit mashhur asarining nomini bilasizmi? U qanday 
nomlangan? 

A.Smitning soliq kontseptsiyasi qanday maqsadga qaratilgan 
edi? 

J.S.Mill 
“xizmatlarning soliq nazariyasi”ning asosiy g’oyasini 
tushuntirib bering. 

Yangi tarixiy maktab kontseptsiyalarining vakillari kimlar? 



A.Vagner tomonilan ishlab chiqilgan soliqqa tortishning to’qqiz 
tamoyillari qanday guruhlarga birlashtirilgan? 

Moliyaviy muammolar markschilar asarlarida qanday talqin 
qilingan? 

Foydalilikning cheklanganligi nazariyasining moliyaviy jihatlari 
nimalardan iborat? 

J.M.Keyns moliyaviy kontseptsiyasining asosida qanday g’oya 
yotadi va uning asosiy jihatlariga nimalar kiradi? 

“Samarali talab”ga erishishning muhim omillarini aytib bering. 

1936 yilda nashr etilgan J.M.Keynsning mashhur asari qanday 
nomlangan? 

J.M.Keynsning 
etmayotgan 
talabni 
to’ldirish 
formulasi 
nimalardan iborat va u qanday ko’rinishga ega? 

Neokeynschilarning qanday nazariyalari mavjud? 

Iqtisodiy 
o’sish nazariyasining asosiy mazmuni nimalardan 
iborat va uning ijodkorlari kimlar? 

Fiskal antitsiklik nazariyaning asosiy g’oyasini aytib bering. 

“Defitsitli moliyalashtirish” va “byudjetni tsiklik balanslashtirish” 
nazariyalarining asosiy xarakterli belgilari. 

“Tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasining negizini ayting. 

Yangi mumtoz nazariyalarning vakillari 
va ularning asosiy 
qarashlari mazmunini aytib bering. 

“Taklif 
iqtisodiyoti” 
nazariyasidagi 
yangi 
konservativ 
yo’nalishning asosiy mazmuni nimalardan iborat? 

A.Leffer soliq kontseptsiyasining mashhur 
bo’lish sababini 
ayting. 

Postkeynschilar nazariyalarining mualliflari kimlar va ular 
qanday g’oyalarni ilgari surishgan? 

Xorijiy mualliflar moliyaviy kontseptsiyalarining tahlili qanday 
yakuniy xulosalarni chiqarishga imkon beradi? 

Oktyabr davlat 
to’ntarilishiga qadar qaysi rus olimlarining 
ishlarida moliya masalalari tadqiq etilgan? 

“Jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasining moliyaviy jihatlari 
nimalardan iborat edi? 

Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari qanday talqin 
qilingan? 

1917 yilda V.I.Lenin tomonidan ishlab chiqilgan va RSDRP 
(b)ning UI s’ezdida qabul qilingan bolsheviklar partiyasining iqtisodiy 


platformasida pul, moliya va kredit sohasidagi qanday masalalariga 
ko’p e’tibor qara-tilgan edi va ular qanday oqibatlarga olib keldi? 

Sovet moliya fanining rivojlanishiga o’ziga xos tarzda hissa 
qo’shgan olimlardan kimlarni bilasiz? 

Sovet moliya fani taraqqiyotining davrlarini shartli ravishda 
qanday davrlarga bo’lish mumkin va ularning namoyandalari kimlar? 
Bu davrlarda ularning qanday asarlari vujudga keldi? 

1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida sovet moliya 
fani qanday natijalarga erishdi? 

Moliya nazariyasi masalalari bo’yicha munozaralarning 
mohiyati 
qaysi 
masalani 
aniqlashga 
qaratilgan 
va 
turli 
kontseptsiyalarning mualliflari qanday guruhlarga bo’lin-gan? 
Ularning bir-biridan farqli jihatlarini aytib bering. 

Sovet davrida moliya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan 
olimlardan kimlarni bilasiz? Ular ayrimlari asarlarining nomlarini aytib 
bera olasizmi? 



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin