T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Kk = (SFkq : SFuh) 
 
Bu yerda: 
Kk 
– sof foydani kapitallashtirish 
koeffitsienti; 
SFkq 
– aktivlar (kapital)ni oshirishga 
yo’naltirilgan sof foydaning 
qismi; 
SFuh 
– XYuS sof foydasining umumiy 
hajmi. 


Kapitallashtirish jarayoni investitsion-innovatsiya strategiyasini 
amalga oshirish asosida faqat aktivlar qiymatini oshirishni emas
balki ulardan yanada samaraliroq foydalanishni ko’zda tutganligi 
bilan ham muhimdir. Uni quyidagi tartibda aniqlasa bo’ladi: 
Ka 
= (Ko’ : Ao), 
 
Bu yerda: 
Ka 
– aktivlarni kapitallashtirish 
koeffitsienti; 
Ko’ 
– tahlil davrida o’z kapitalining o’sishi; 
Ao 
– tahlil davri oxiridagi aktivlar. 
Kapitallashtirish jarayoni ishlab chiqarishga ilmiy yutuqlarning 
moddiylashganligini aks ettiruvchi ilg’or innovatsion ishlab chiqarish 
vositalari va texnologiyalar
iga qo’yiladigan shakldagi kapitalni 
intellektuallashtirishga asoslanishi kerak. 
O‘zlarining faoliyatlariga yangi sifatiy talablarni ilgari surayotgan 
bozor o’zaro aloqalarining samarali tizimiga nisbatan tezroq kirish 
uchun XYuSlar tomonidan moliyaviy isloh qilishning asoslangan 
dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda butun 
xo’jalik-ishlab chiqarish faoliyatining natijasi sifatida yuqori yakuniy 
moliyaviy ko’rsatkichlarga erishishga alohida o’rin ajra-tilmog’i lozim. 
Bir vaqtning o’zida bunday dastur bozor omillari va iqtisodiy o’sish 
shart-sharoitlaridan 
foyda-lanish, 
shuningdek, 
innovatsion 
tarqqiyotning zamonaviy tendentsiyalarini amalga oshirish asosida 
XYuS faoliyati-
ning samaradorligini oshirish bo’yicha choralar 
tizimini o’z ichiga qamrab oladi. 
Moliyaviy isloh qilish dasturi quyidagi chora va tadbirlarni 
amalga oshirishi maqsadga muvofiq: 

XYuSning tashkiliy va mulkiy holatini o’zgartirish (yuqori 
samarali tashkiliy shakl, kapitalning tarkibiy tuzilishini o’zgartirish va 
uni samaradorlikni oshirish maqsadlari uchun joylashtirish, yuqori 
talabga ega bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarishni rivojlantirish va 
h.k.); 

ishlab chiqarishning investitsion-
texnologik asosini o’zgartirish 
(asosiy fondlar va aylanma mablag’larning tarkibiy tuzilishi, 
innovatsion ruhdagi texnik va texnologik yangiliklarni joriy etish, 
ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yangilash va h.k.); 

ishlab chiqarish-
xo’jalik faoliyatining yuqori yakuniy natijalariga 

XYuSning ixtiyoriga qoldiriladigan sof foydaga erishish, 


kompaniyaning qiymatini o’stirish va xarajatlarni qisqartirishning 
tashkiliy asosi bo’lgan puxta biznes-rejani ishlab chiqish; 

XYuSning asoslangan marketing va baho strategiyasini ishlab 
chiqish;


XYuSning moliyaviy strategiyasini uning ishlab chiqarish- 
marketing siyosati bilan o’zaro ta’sirchanligi bog’liqligini e’tiborga 
olgan holda ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Yuqoridagilarning barchasi moliyaviy munosabatlarni tegishli 
tarzda qayta qurishni, XYuSni boshqarishda moliyaviy oqimlarning 
rolini oshirishni; tushum, xarajat-lar, foyda, soliqqa tortish norma 
(me’yor)lari, sof foyda, umumiy va o’zlik kapitalining hajmi va 
manbalaridan iborat bo’lgan moliyaviy indikatorlarning o’zgarishini 
monitoring qilish orqali moliyaviy boshqaruvning yaxlit samarali 
tizimini shakllantirishni talab qiladi. Bu ishlar, o’z navbatida, quyidagi 
shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin: 

XYuS xo’jalik-ishlab chiqarish faoliyati barcha tomonlari bilan 
moliyaviy 
oqimlarning o’zaro aloqadorligini kuchaytirish va ularda 
ishlab chiqarish omillari 
– moddiy, mehnat, axborot va boshqa 
resurslarning tegishli harakatlarini yanada to’laroq aks ettirish;


boshqaruv qarorlari qabul qilishda, XYuS moliyaviy resurslari 
o’sishining rezervlarini to’liq qidirib topish va amalga oshirishda 
uning moliyaviy-tahliliy xizmatlari rolini oshirish; 

XYuS faoliyatini moliyaviy resurslar bilan yanada to’liqroq 
ta’minlash uchun o’z bilimlarini sarf etayotgan moliyaviy menejment 
malakasi darajasini oshirish; 

XYuS moliyaviy-
xo’jalik faoliyati to’g’risida xalqaro andozalarga 
muvofiq ravishda ma’lumotlar olish, XYuSlar, firmalar va 
korporatsiyalar 
faoliyatida 
yuqori 
darajadagi 
samaradorlikni 
ta’minlash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga o’tish. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin