siyosatga aylanmog’i va u monopoliyalar faoliyatini cheklashga
hamda har
biy xarajatlarni qisqartirishga yo’naltirilgan bo’lmog’i
lozim. “Daromadlar siyosati”da ular ijtimoiy
islohotlarni amalga
oshirish va ijtimoiy muammolarni hal etish tarafdorlari sifatida
maydonga chiqmoqdalar. Ularning fikricha, eng yaxshi soliqqa
tortish usuli bu xarajatlarni soliqqa tortishdir. Ingliz tadqiqotchisi
N.Kaldor daromad solig’ini iste’mol solig’i bilan almashtirish g’oyasini
taklif etadi. U iste’mol solig’ini shaxsiy xarajatlarni qondirishga
sarflanadigan daromadlarning bir qismini soliqqa tortish sifatida
talqin qiladi.
Uning nazarida, bu chora jamg’arishni rag’batlantirishi
va inflyatsiyaning darajasini pasaytirishi mumkin.
N.Kaldorning fikri G’arb olimlari tomonidan keng qo’llab-
quvvatlanildi. Ular ham soliq tizimini xarajatlardan olinadigan yagona
soliqqacha soddalashtirish tarafdori bo’lib, fuqarolarning faqat
iste’mol xarajatlari soliqqa tortilishi kerak, deb hisoblashdi.
XX yuz yillikning oxiri va XX1 yuz yillikning boshlarida iqtisod
ilmi, yaxlit holda bozor tizimini, biznes qonunlarini, iqtisodiyotning
har qanday sohasidagi amaliy faoliyatni o’rganishni
zarur
hisoblamoqda. Bir vaqtning o’zida esa, amerikalik mashhur olimlar
K.R.Makkonnell va S.L.Bryular o’zlarining “Ekonomiks. Printsiplar,
muammolar, siyosat” asarida yozganlaridek, moddiy ehtiyojlar
cheklanmagan, resurslar esa (kapital, er, mehnat, tadbirkorlik
qobiliyati va boshqalar) aksincha, cheklangandir.
Shuning uchun
ham iqtisodiyot taraqqiyotining turli davrlarida uning darajasi turlicha
bo’lishiga qaramasdan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish doimiy
ravishda talab qilinadi. Yuqoridagi har ikkala muallif taklifga
yo’naltirilgan fiskal siyosatni qo’llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat
esa jami talabga va soliqlarni o’zgartirish orqali esa taklifga ham
ta’sir ko’rsatadi. Byudjetdan transfert to’lovlari va soliq tizimi, bu
olimlar fikricha, turli iqtisodiy vaziyatlarda talab qilingan muvozanatni
ta’minlashi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy moliya fanida,
turli
maktablar o’rtasida doimiy ravishda munozaralar va farqlanuvchi
fikrlar bo’lishiga qaramasdan, konvergentsiya jarayoni kuzatilmoqda.
Masalan, keynschilar nazariyasida qarashlar yangi mumtoz maktab
vakillarining qarashlariga va yangi mumtoz nazariyalar esa
keynschilar nazariyalaridagi qarashlarga kirib bormoqda. Bu, eng
avvalo, barcha nazariyalarda mavjud bo’lgan moliya-kredit-pul
mexanizmiga tegishlidir. Barcha nazariyalar mamlakatning xo’jalik
hayotiga ta’sir ko’rsatish uchun bu instrumentlarni tadqiq etish zarur
ekanligini bir ovozdan tan oladilar,
so’zsiz e’tirof etadilar. Holbuki,
bunday ta’sir choralari, ulardan foydalanish vositalari va vaqtlari bir-
biriga mos tushmasligi mumkin.
Xorijiy
olimlar
tomonidan
yaratilgan
moliyaviy
kontseptsiyalarining tahlili quyidagi yakuniy xulosalarni chiqarishga
imkon beradi:
moliya sohasidagi qarashlar tizimi
umumiqtisodiy nazariyaning
ma’lum bir qismi hisoblanadi, ular moliya fanini boyitadi va
rivojlantiradi;
moliyaviy kontseptsiyalarning vujudga kelishi mamlakat makro-
va mikroiqtisodiyotining talablariga javob re
aktsiyasidir yoki ma’lum
hukmron ijtimoiy guruhlar buyurtmasining
bajarilishidir (ijro
etilishidir);
xorijiy olimlarning progressiv moliyaviy g’oyalari iqtisodiy
o’sishning etarli yuqori darajasini ta’minlab, insonning turli-tuman
ehtiyojlarini qondirishda jamiyatga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: