lozim. Soliqlar va qarzlar hisobidan davlat xarajatlarin
ing o’sishi
tadbirkorlik faoliyatini jonlantirishi va milliy daromadning ko’payishini
ta’minlashi hamda ishsizlikka barham berishi mumkin. Bu maqsadga
erishish uchun, muallifning fikricha, davlat faqat o’z
xarajatlarining
darajasini oshiribgina qolmasdan, balki shaxsiy va investitsion
iste’molga ham ta’sir ko’rsatishi kerak.
J.M.Keyns soliqlar va ularning asosiy “psixologik qonun”ga
ta’siri masalalariga alohida ahamiyat bergan. Ana shu “qonun”ga
muvofiq, insonlar o’z iste’mollarini oshirib borishga moyildir. Lekin
bu moyillik ular daromadlarining oshganchalik darajasida emas. Bu
narsa, o’z navbatida, tovarlarga bo’lgan talabning pasayib ketishiga
va ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Davlat ana shunday
“qonun”ning paydo bo’lishiga to’sqinlik qilishi hamda soliq
tushumlari, qarzlar hisobidan o’z xarajatlarini
oshirish yoki turli
usullar orqali xususiy investitsiyalarni rag’batlantirish yo’li bilan
etmayotgan talabni to’ldirishi kerak. Uning formulasi quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: