T. Malikov O. Olimjonov moliya


byudjetni tsiklik balanslashtirish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

byudjetni tsiklik balanslashtirish
”, ya’ni 
byudjet daromadlari va xarajatlarini iqtisodiy tsiklga moslashtirish 
nazariyasini taklif etdilar. Bu nazariyaga muvofiq iqtisodiy inqiroz 
paytida vujudga kelgan byudjet defitsitini davlat iqtisodiy o’sish 
davrida paydo bo’ladigan ortiqcha imkoniyatlar hisobidan qoplashi 
kerak. Ana shu tavsiyanomalarga rioya etgan holda bir necha 
kapitalistik mamlakatlarning hukumatlari tsiklik tartibga solishning 
maxsus pul fondlarini yaratdilar. Bu pul fondlarining mablag’lari 
iqtisodiyotning o’sishi (ko’tarilishi) davrida to’ldirilgan va ishlab 
chiqarishning 
iqtisodiy 
qisqarishi 
davrlarida 
esa 
ulardan 
foydalanilgan. 
Xo’jalikni rag’batlantirish va uni tartibga solish uchun davlat 
byudjetidan faolroq foydalanish borasidagi neokeynschilarning 
talablari “
tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasi
da 
o’z aksini 
yanada yaqqolroq topdi. Bu nazariyaning asosida “soliq 
stabilizatorlari” to’g’risidagi keynscha qarashlar yotar edi. 
J.M.Keynsning fikricha, “soliq stabilizatorlari” tsiklik tebranishlarni 
tartibga solib, ularni biroz yumshatib va ularda ma’lum bir 
o’zgaruvchanlikni ta’minlab, avtomatik tarzda amal qilishi kerak edi. 
Neokeynschilar uni “boshqariluvchan stabilizatorlar” bilan, ya’ni 
yangi iqtisodiy sharoitlarga muvofiq ravishda davlatning doimo 
o’zgarib turadigan soliq tadbirlari bilan to’ldiradilar. 
Yangi mumtoz nazariyalar
. Ikkinchi Jahon urushidan keyingi 
yillarda yangi keynschilarning nazariyalari bilan bir qatorda davlat 
tomonidan tartibga solishni cheklash orqali erkin tadbirkorlik 
g’oyalarini targ’ib qiluvchi yangi mumtoz nazariyalar ham yaratildi. 
Yangi mumtoz maktabning nazariyotchilari (AQShda R.Slou, 
J.Kenrik; Buyuk Britaniyada 
– A.Robbins, J.Mid) iqtisodiyotga 
davlatning aralashmasligi asosiy printsipini himoya qilib, bir vaqtning 
o’zida maorif va fanga sarf qilinadigan xarajatlar salmog’ini oshirish 
orqali ularning tarkibiy tuzilmasini o’zgartirib, davlat xarajatlari 
umumiy hajmining qisqartirilishini yoqlab chiqdilar. Shuningdek
“inson kapitaliga investitsiyalar”ga alohida e’tibor qaratildi. Bir 
vaqtning o’zida, soliqlarning darajasini pasaytirish taklif etildi va 
defitsitsiz byudjetga erishilishi talab qilindi. 


Takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashuvi va 
inflyatsion tendentsiyalarning (oqimlarning) kuchayishi bilan iqtisodiy 
qiyinchiliklar uchun javobgarlik yuklatilgan keynschilik va yangi 
keynschilik qoidalarini tanqid qilish ham kuchaya bordi. Ana 
shunday murakkab iqtisodiy vaziyatda yangi mumtoz maktabdan 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin