rivojlanishiga to’siq bo’luvchi davlatning xarajatlarini qisqartirish
kerak, degan xulosaga keladi.
A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bo’lsa-da, ular
ma’lum bir qismi bo’lishining zarurligini e’tirof etgan. Chunki ana shu
qism ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini himoya qilishga
qaratilgan bo’ladi. Uning ta’limotida soliqlar nazariyasiga katta o’rin
berilgan. U soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil
qilishning quyidagi to’rt asosiy tamoyillarini ishlab chiqqan:
soliqlar ularni to’lovchilarning salohiyatiga va kuchiga muvofiq
to’lanishi kerak;
soliqlarning
miqdori va ularni
to’lash muddatlari aniq
belgilangan bo’lmog’i lozim;
soliqlarni undirilish
vaqti soliq to’lovchi uchun qulay bo’lmog’i
zarur;
soliqlarni undirishda ularni undirish xarajat-larining minimalligini
ta’minlamoq kerak.
Tarixiy jihatdan bu tamoyillar tug’ilib kelayotgan burjuaziyaning
ehtiyojlarini aks ettirgan va feodal jamiyatning asosiy ijtimoiy
guruhlari bo’lgan zodagonlar hamda ruhoniylarga, feodal davlatning
soliqlar bo’yicha boshboshdoqligiga qarshi qaratilgan edi. A.Smit
tomonidan ishlab chiqilgan yuqoridagi printsiplar burjua davlatlari
tomonidan soliq islohotlarini o’tkazishda qisman foydalanilgan.
Soliqlarning turli ko’rinishlarini (egri soliqlar, ish haqi hisobidan
undiriladigan soliqlar va boshqalar) tahlil qila turib, A.Smit
jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti nuqtai-nazaridan ularga baho
bergan. Iste’mol tovarlariga nisbatan o’rnatilgan egri (bilvosita)
soliqlar ular bahosining oshishiga olib kelgan. Buning natijasida
ishlab chiqarish xarajatlari o’sgan va oxir-oqibatda esa, ularni sotish
kamaygan va iste’mol qilish qisqargan.
Ish haqidan olinadigan
soliqni baholab, u bu soliqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik
keltiruvchi deb hisoblagan. Chunki ishchi daromadining soliqqa
tortilishi tadbirkor avanslashtirilgan kapitalining oshishiga yoki bozor
talabiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish
qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Shunday qilib, A.Smitning soliq kontseptsiyasi yagona
maqsadga
– kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirish va ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishini tezlashtirishga qaratilgan edi.
Asosan, xuddi shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823
yillar) ham o’zining “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning
boshlanishi” asarida himoya qilgan. Mehnatning qiymat
nazariyasidan kelib chiqqan holda u barcha soliqlar so’zsiz ravishda
yo kapitalga, yoki daromadga ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblagan. Agar
soliqlar
kapitaldan
undirilsa,
unumli
mehnatni
saqlashga
mo’ljallangan fond qisqaradi. Soliqlar
daromaddan olinganda esa,
kapitalning jamg’arilishi qisqaradi yoki soliq to’lovchining iste’moli
kamayadi. Birinchi ehtiyoj predmetlaridan olinadigan soliqlar ular
bahosining o’sishiga sabab bo’lib, ular iste’mol qiladigan
tovarlarning miqdoriga nisbatan yuqoriroq bo’lgan proportsiyalarda
iste’molchining elkasiga yuklanadi. D.Rikardoning fikricha, tovarlar
va ish haqidan undiriladigan har qanday soliqlar, bir xil darajada
bo’lmasa-da, ish haqining oshishiga va
foydaning kamayishiga olib
keladi.
Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda u “soliqlar
buyuk zulmdir”, degan xulosaga kelgan. Soliqqa tortishning o’sishi
yoki hukumat
xarajatlarining ortishi bilan xalqning iste’moli pasayadi
va bu narsa, oxir oqibatda, ishlab chiqarishda o’z aksini topadi.
Shuning uchun ham hukumatning vazifasi kapitalning jamg’arilishini
rag’batlantirishdir. Mamlakatning kelgusi ishlab chiqarishini
qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa tortmasligi kerak.
Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning
izdoshlari) davlat xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy
siyosatning kontseptsiyasini, ko’p jihatdan, aniqlab bergan edi.
XUSh asrning oxiri va X1X asrning boshlarida ilg’or mamlakatlarning
moliyaviy
siyosati, yangi sinf
– burjuaziyaning manfaatlarini ifoda
etib, mamlakatning xo’jalik hayotiga davlatning aralashmasligi
printsipini e’lon qilgan edi. Buning oqibatida davlat xarajatlari va
foydani soliqqa tortish biroz qisqardi.
X1X asrda ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda rivojlanishi
mehnat va kapital o’rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuviga olib
keldi. Xuddi shu davrning o’zida turli sotsial guruhlarning
manfaatla
rini hisobga olgan holda o’z siyosatini o’zgartirishga
hukumatni chaqiruvchi iqtisodchi-
larning asarlari paydo bo’ldi.
Ingliz olimi J.S.Mill (1806-1873 yillar)
mamlakatda ijtimoiy
keskinlashuvni yumshatish maqsadida daromadlarni taqsimlash
sohasida o’zgartirishlar kiritish taklifi bilan maydonga chiqdi. Boylikni
nisbatan tekisroq (tengroq) taqsimlash uchun u tomonidan oqilona
soliq tizimining yangi printsiplari ishlab chiqildi. Hayot kechirish
uchun zarur sanalgan daromadga teng bo’lgan daromadlarni soliqqa
tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish g’oyasi aynan
unga tegishlidir.
J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga
muvofiq ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qo’llab-
quvvatlashlar uchun o’z daromadlarining bir qismini davlatga berishi
kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari o’rtasida bog’liqlikni o’rnatib,
soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda bog’lagan.
Bu holatlar keyinroq shved iqtisodchilari K.Viksel va E.Lindal
tomonidan yanada rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu nazariya
amerikalik
iqtisodchi
olim
P.Samuelson
qarashlarining
shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi va u soliqlarning o’sishi davlat
xizmatlariga bo’lgan ehtiyojning o’sishi bilan birgalikda yuz berishi
kerak, deb hisobladi.
Shveytsariyalik
iqtisodchi
J.Sismondi
(1773-1842
yillar)
rivojlangan davlatlarning moliyaviy siyosatini tanqid qilib,
mayda
tovar xo’jaliklarini himoya qilgan. Uning chiqishlari, asosan,
protektsionizm siyosatiga (masalan, donni import qilis
h bo’yicha
ingliz yuqori bojxona bojlari) qarsh/*i qaratilgan bo’lib, bunday
siyosatni u millatga ziyon etkazuvchi siyosat deb hisobladi. Ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tegishli sharoitni yaratish
borasidagi protektsionizm siyosatining ij
obiy tomonlarini ko’ra
olmasdan, mamlakat iqtisodiyotida uzluksiz ravishda katta rol o’ynab
borayotgan o’sib boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini u etarlicha
baholay olmadi.
Dostları ilə paylaş: