1.2 Moliyaviy boshqaruv organlari va ulaming vazifalari
II-BOB. MOLIYAVIY NAZORAT 2.1 Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob'ekti, predmeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari
2.2 Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish. «Moliya» fani iqtisod sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimida eng asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Mustaqil fan sifatida unga o'tgan asrning 50-yillarida asos solingan bo'lib, u o'sha davrdagi moliyaviy tushunchalarga mos kelar edi. O'zbekistonda ham bozor islohotlarining amalga oshirilishi moliya fanidagi bir qancha muhim nazariy qoidalarni qayta ko'rib chiqilishini taqozo etdi. Ammo bu narsa hamon o'quv adabiyotlarida o'z aksini to'liq topgani yo'q. Shu boisdan ham, ayrim holatlarda, mamlakat moliya tizimida sodir bo'lgan keskin o'zgarishlarni yetarli darajada inobatga olmagan holda mashg'ulotlar o'tkazib kelinmoqda. Qo'lingizga taqdim etilayotgan darslik mualliflari moliyaning nazariy masalalariga oid barcha prinsipial o'zgarishlarni o'quvchilar e'tiboriga yetkazishga harakat qilishgan. Darslikning 1-6-boblarida moliyaga doir umumnazariy masalalar (moliyaning mohiyati va funksiyalari, moliyaviy siyosat, moliya tizimi, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish, moliyaviy nazorat) yoritilgan. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasi davlat moliyaviy salohiyatining asosi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni moliyaviy isloh qilish, ularning moliyaviy resurslari, asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining moliyaviy jihatlari, ishlab chiqarish xarajatlari, foydasi va rentabelligi, xo'jalik yurituvchi sub'ekt marketing strategiyasining moJiyaviy yo'nalishlari, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash investitsion dasturlarini moliyalashtirish, moliyaviy barqarorlikka tegishli holatlar 7-14-boblarda o'z aksini topgan. 15-23-boblar umumdavlat moliyasiga, ya'ni davlat byudjeti, uning daromadlari va xarajatlari, byudjet defitsiti va uni moUyalash tirish, byudjet tizimi, tuzilmasi va jarayoni, byudjetdan tashqari davlat fondlari, ijtimoiy ta'minot, davlat krediti va sug'urtaga oid masalalarga bag'ishlangan.