I-bob. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati moliyaviy oqimlarni boshqarish


I-BOB. MOLIYAVIY BOSHQARUVNING MAZMUN-MOHIYATI



Yüklə 44,72 Kb.
səhifə2/6
tarix11.07.2023
ölçüsü44,72 Kb.
#136332
1   2   3   4   5   6
Olimov

I-BOB. MOLIYAVIY BOSHQARUVNING MAZMUN-MOHIYATI

    1. Moliyaviy oqimlarni boshqarish


Korxonalarningjarng'arrnalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag'larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo'lgan moliyaviy resurslar fondlarining o'lcharniga bog'liq. Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo'lsa, uning o'sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajrni shuncha katta bo'ladi. Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnornasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo'ljallanganligi bilan bevosita bog'liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqirn bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish rnetodlari ham turlichadir. O'z sifat mazmuniga ko'ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq: • byudjetli-soliqli moliyaviy oqirnlar - barcha darajalardagi byudjetlarning rnablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi; • tijorat rnoliyaviy oqimlari - tadbirkorlik xo'jalik sub'ektlari tornonidan am alga oshiriladi; • byudjetdan tashqari rnoliyaviy oqimlar - notijorat tashkilotlari fondlarini shakllantiradi; Moliyaviy oqimlarni boshqarish funksiyalari quyidagilardan iborat: • qonunchilik - Oliy Majlisning vakolatida; • nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) - Hisob palatasi va marnlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq, bojxona qo'rnitalari va boshqalar) tornonidan amalga oshiriladi; • boshqaruvchanlik - korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G'aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitobkassa va boshqa xizmatlari vakolatida; • nazorat-kuzatuv - korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi to'g'risidagi ishlarni ko'radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni am alga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi. Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo'yicha yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qo'shilib ketib, ularni har doim ham ajratib bo'lmaydi. Agar moliyaviy oqirn1ar moliyaviy resurslar aylanishi qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko'zda tutilgan tartibda va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va ijtimoiy vazifalarni samarali yechish uchun zarur bo'lgan tarzda va takrar ishlab chiqarish siklini pul mablag'lari bilan to'liq ta'minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqirnlarning samarali ekanligidan dalolat beradi. Moliyaviy oqirnlarning samaradorligi pul mablag'larining yetarli bo'lmagan hajmda va o'z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar me'yori buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlar olinishida uzilishlar chiqishiga, moIiyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin YO'qotmalarga sabab bo'ladi. Moliyaviy oqim samaradorIigini quyidagicha aniqlash mumkin: Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o'zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro va mikro darajalarida (korxonalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi. Tushumlar va boshqa pul mablag'larining:Kelib tushishini aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag'larining oqib ketishini aks ettiradigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo'lishi kerak. Bunday sharoitda korxona ixtiyorida qoluvchi pul mablag'lari o'lchamini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo'lishi ta'minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining o'sishi, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining manbai hisoblanadi. Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o'sishi ular rentabelligi va investitsion samaradoriigini oshirish imkoniyatlarini aks ettiradi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashda muhim zamin hisoblanadi. Makrodarajada moliyaviy ahvolni ta'riflaydigan quyidagi bir necha ko'rsatkichlar mavjud: • bir ishlovchi to'g'ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori; • inflyatsiya darajasi va dinamikasi; • davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit);· • oltin valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi. Davlatning moJiyaviy ahvoli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy kompleksi faoliyatining natijasidir. lahon taraqqiyoti tendensiyalarining ko'rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (ijtimoiy kapitalning) to'planishi Uamg'arilishi) va uni iqtisodiy o'sishning innovatsioninvestitsion strategiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiylashtirish hisoblanadi. Ijtimoiy ko'rinishdagi muammolarni (maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, turmush tarzining (hayotning) sifat darajasini oshirish bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omilidir. Bu omil esa, o'z navbatida mamlakatning hozirgi va istiqboldagi salohiyatini mustahkamlashda muhim shart hisoblanadi. Davlat qarzlarini o'z vaqtida uzish davlatning moliyaviy ahvolini ko'rsatuvchi muhim ko'rsatkichlardan biridir. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya'ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortishini e'lon qilishi mumkin. Bir vaqtning o'zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bo'yicha kreditoriar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni am alga oshirishi kerak. Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy ahvol to'lovga qobiliyat bilan, ya'ni bozor iqtisodiyotining boshqa sub'ektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini o'z vaqtida uzish imkoniyati bilan belgilanadi. To'lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (Pa) va to'lov muddati kelgan (yoki o'tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o'rtasidagi nisbat demakdir. Korxonaning moliyaviy holatini aniqiash uchun likvidlilik, aylanma aktivlarning o'z aylanma mablag'lari bilan ta'minlanganlik ko'rsatkichi va boshqa shu kabi mezonlardan foydalaniladi. Ma'lum bir aniq san ada va iqtiqbolda korxona to'lov majburiyatlari va uning moliyaviy imkoniyatlari o'lchamini balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar balansidir. U o'z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul mablag'lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag'larini oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag'larining harakatini nazorat qilish, ularning dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana shundaybyudjet asosida korxonaning to'lov qobiliyatini boshqarish amalga oshiriladi. Moliyaviy oqimlar byudjeti - korxona to'lovga qobilligining kengaytirilgan koeffitsienti demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) o'ng tomoniga teng yoki undan katta bo'lsa, unda korxona to'lovga qobildir Moliyaviy oqimlar byudjeti balansi pul mablag'larining tushilmalari va ularning sarflanish yo'nalishlari bo'yicha bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan rejali-istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat bo'lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, to'g'ridan-to'g'ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion byudjet va boshqalardan asoslanadi. Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali korxonaning faoliyati aniqladi. Ular ishlab chiqarish barcha omillar harakatining qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi - korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot realizatsiyasi, resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqajarayonlarning boshqarilishini ko'zda tutadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti - amalda turli davriy muddatlarda hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarga doir bashoratli byudjetlarni tuzish korxonaning to'lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta'minlaydi.



Yüklə 44,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin