T. Malikov O. Olimjonov moliya


-  bob. Uy xo’jaliklari moliyasi



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

25- 
bob. Uy xo’jaliklari moliyasi 
 
25.1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy 
xo’jaliklari moliyasi 
 
Uy-
xo’jaliklari moliyasi davlat moliyaviy tizimning ajralmas 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor munosabat-lari tizimida uy 
xo’jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan qanday 
maqsadlarni bajarishga mo’ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir 
tomondan, uy xo’jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, er, 
kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari 
hisoblanadi va xuddi shu asosda o’zlarining daromadlar manbalari 
va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, 
uy xo’jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar 
sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini aniqlab beradi. 
Bir vaqtning o’zida, uy xo’jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir 
qismini jamg’aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali 
moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq to’lovlari orqali 
esa 
davlatning 
markazlashtirilgan 
moliyaviy 
fond-larini 
shakllantirishda muhim rol 
o’ynaydi. 
Odatda, “uy xo’jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan 
(kishilar to’plamidan) iborat bo’lgan institutsi-onal birlikni ifodalash 
uchun foydalaniladi. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining 
(MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy xo’jaligini yagona 
yashash maydonida birgalikda yashayotgan, umumiy fondga 
o’zlarining daromadlari va boyliklarini to’liq yoki qisman berayotgan 
va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-
joy va iste’mol 
mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan 
kishilarning katta bo’lmagan guruhi, deb ta’riflaydi
130

Ayrim hollarda o’zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo’jaligi” 
atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga 
yo’l qo’yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo’jaligi moliyasi” 
iborasining o’rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari 
ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda
131
. Shu 
munosabat bilan 
“oila” yoki “xonadon”ni “uy xo’jaligi”dan farq qilish 
130
Bu to’g’rida batafsil qarang: Finansovo-kreditniy entsiklopedicheskiy slovar / Pod obshch. red. A.G.Gryaznovoy. – 
M.: 2002. s. 299. 
131
Ming afsuski, bunday holatlarda o’zbek tilining boyligi, uning rang-barangligi va serqirraligi, asossiz ravishda, 
suiiste’mol qilinmoqda. Ona tilimizda turli shakl va mazmunda ishlatilishi lozim bo’lgan hamda shunga mos ravishda 
turli ma’no va mohiyatlarni anglatishga xizmat qiluvchi so’z, ibora, atama va tushunchalar mohiyatini chuqur 
o’rganmasdan ishlatilayotganligi turli chalkashlik va noaniqliklarni keltirib chiqarib, fanimizning, jumladan, moliya 
fanining rivojlanishiga ham zarar etkazmoqda, o’quvchilarni adashtirmoqda. 


lozim. Eng avvalo, “uy xo’jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga 
nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekan-ligini 
qayd etib o’tmoq kerak. Masalan, o’zlarining o’g’il-lariga tegishli 
bo’lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo’jaligining 
a’zolari bo’lsalar-da, uning oilasi bo’la olmaydi. Xuddi shuningdek, 
bir xonani ijaraga olgan talaba uy-
joy egasining uy xo’jaligi tarkibiga 
kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k. Boshqacha 
aytganda, uy xo’jaligi qarindosh bo’lmaganlarni ham o’z ichiga olishi 
yoki bir kishid
an (shaxsdan) iborat ham bo’lishi mumkin. 
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda 
ta’kidlash joizki, uy xo’jaligining iqtisodiy mazmunini tushunishda 
oilaviy aloqalar asosiy omil bo’la olmaydi. Buning ustiga, uy 
xo’jaligining miqdoriy tarkibi ham o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga 
ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda 
yashayotgan va umumiy xo’jalikni yuritayotgan shaxslar guruhi ham 
va bir vaqtning o’zida, o’zining iste’molini mustaqil ravishda ta’min- 
layotgan 
yagona bir shaxs ham uy xo’jaligi bo’lib hisoblanishi 
mumkin. Uy xo’jaligini xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va 
moliyaviy birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga 
oshirilmog’i lozim: 

birgalikda (bir joyda) yashash; 

umumiy byudjetning mavjudligi; 

iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish. 
Uy xo’jaliklari moliyasi moliyaviy tizimning muhim elementi 
hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo’jaliklarida iste’mol 
maqsadlari va jamg’arish uchun pul mablag’lari fondlarini 
shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli bo’lgan 
iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga 
olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin: 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin