T. Malikov O. Olimjonov moliya


  Qayta sug’urta qilishning mohiyati va turlari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

24.9. 
Qayta sug’urta qilishning mohiyati va turlari 
 
Qayta sug’urtalash tarixi sug’urtadan ancha keyin boshlangan, 
chunki qayta sug’urtalash, ta’bir joiz bo’lsa, sug’urtalovchilarni 
sug’urtalashdir. O‘rta asrlar oxirida dengiz yuklarini sug’urtalashning 
rivojlanishi bilan sug’urtalovchilarning qayta sug’urtaga bo’lgan 
ehtiyojlari orta boshladi. Birinchi yuridik ahamiyatga ega bo’lgan 
qayta sug’urtalash shartnomasi Genuyada 1370 yili ikki savdogar 
orasida tuzilgan
122.
shartnoma Genuyadan Bryuggega dengiz orqali 
jo’natilgan sug’urta ob’yektini qayta sug’urtalashdan iborat edi. 
Yevropada XIX asrda sanoat rivojlanishi bilan qayta 
sug’urtalashga bo’lgan ehtiyojni faqat etarli moliyaviy resurslari va 
chet el mamlakatlarida sho’’ba korxonalari mavjud bo’lgan 
sug’urtalovchilar qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan. Keyinchalik 
fakultativ qayta sug’urtalash shartnomalari, risklarni to’liq yoki 
qisman qoplash shartnomasi ishlab chiqildi va joriy etildi. Bunday 
shartnoma 
birinchi bo’lib 
1821 yilda tuzilgan. 
Qayta sug’urta operatsiyalari XIX asrning o’rtalarida alohida 
tadbirkorlik turiga aylandi. 1846 yilda Keln qayta sug’urta jamiyati 
tashkil etildi. Dastlab, qayta sug’urta sug’urtalovchining sug’urta 
shartnomalari bo’yicha javobgarligida ishtirok etishdan iborat bo’lgan 
bo’lsa, o’tgan davrlar mobaynida u tavakkalchilikni ikkilamchi 
122
Kristofor Pfayffer: “Vvedenie v perestraxovanie” Anikl 2002, 14b. 


taqsimlovchi kuchli mexanizmga aylandi va keng miqyosdagi 
turlarga hamda shakllarga ega bo’ldi. 
Qayta sug’urta sug’urta faoliyatini va sug’urta operatsiyalarining 
moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi zaruriy mexanizm hisoblanadi. 
Ma’lumki, sug’urta ehtimollar nazariyasiga asoslangandir. Ko’p 
hollarda sug’urta tashkilotlari to’laqonli muvozanatlashgan risklar 
portfelini yaratish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Bunga sabab 
sug’urtalangan ob’ektlar miqdori ko’p emas yoki portfel tarkibida 
katta yoki xavfli risklar joylashganligidir. Bundan tashqari 
amaliyotdan ma’lumki, har qanday sug’urta tashkiloti, hatto risklarni 
sug’urtaga qabul qilishda ularni yaxshi o’rganib chiqqan taqdirda 
ham, odatda sug’urta shartlari turli xatarlarni qoplaganligi uchun, 
sug’urtalangan ob’ektlarga suv toshqini, bo’ron, zilzila kabi tabiiy 
ofatlar va yong’in natijasida birdaniga zarar etishi mumkin. 
Sug’urtalovchining mablag’lari va hatto barcha aktivlari uning 
sug’urtalanuvchi oldida portfel bo’yicha javobgarligining uncha katta 
qismini 
tashkil etmaydi, lekin yuqoridagi ko’rsatilgan ofatlar esa 
uning moliyaviy holatiga katta ta’sir ko’rsatish bilan birga, hatto 
inqirozga yuz tutishiga olib kelishi mumkin. 
Sug’urtaga qabul qilingan risklar bo’yicha sug’urta summasini 
tenglashtirish va sug’urta portfeli muvozanatini ta’minlash, 
sug’urtalovchining moliyaviy imkoniyatlariga asoslanib, sug’urta 
summalari bo’yicha javobgarliklarni to’g’ri taqsimlashda va sug’urta 
operatsiyalarini 
moliyaviy 
mustahkamligini 
va 
rentabelligini 
ta’minlash maqsadida qayta sug’urta tizimi tashkil etilganligini 
ta’kidlash kerak. 
Qayta sug’urtalash orqali sug’urtalovchi o’zining faoliyatiga 
xavf soladigan quyidagi 3 ta riskning oldini oladi: 
1. Tasodifan yuzaga keladigan zararlar xavfi: 
-
sug’urta hodisasi ro’y berishining aniqligi; 
-
tabiiy ofat natijasida juda ko’p polislar bo’yicha bitta riskdan 
sug’urtalovchi majburiyatlarining yuzaga kelishi. 
2. Davr xavfi: 
-
pulning qadrsizlanishi natijasida sug’urtalovchi to’plagan sug’urta 
mukofotlarining sug’urta qoplamasini to’lashga etmasligi; 
-
texnologiyaning taraqqiy etishi natijasida belgilangan sug’urta 
stavkasi va sug’urta shartlarining olingan majburiyatga to’g’ri 
kelmasligi. 
3. Xatolik xavfi: 
-
sug’urta ta’riflarini noto’g’ri hisoblash (statistika axborotlarini 
noto’g’ri talqin qilish). 


Har bir sug’urta tashkilotining maqsadi mana shu risklarning 
oldini olish va qayta sug’urtalash imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish 
hisoblanadi. 
Qayta sug’urtalashning iqtisodiy mohiyati sug’urta tashkilotlari 
tasarrufida dastlabki tashkil 
etilgan jamg’armani qayta taqsimlashdir, 
ya’ni bevosita sug’urtada sug’urtalovchi sug’urta mukofotlari 
hisobidan jamg’arma tashkil qiladi. Qayta sug’urtalashda esa yangi 
jamg’arma tashkil etilmasdan, sug’urta kompaniyalari tashkil etgan 
jamg’armani yo’naltirish va qayta taqsimlash bilan jamg’arma tashkil 
etiladi. Risklarning va jamg’armalarning ikkilamchi taqsimlanishi, 
ya’ni qayta sug’urtalash sug’urtanuvchiga ma’lum bo’lmasligi 
mumkin. Bunday qayta taqsimlanish ikkinchi darajali bo’lib, bu 
jarayon sug’urtalovchi va qayta sug’urtalovchi o’rtasida ro’y beradi. 
Bunday fikrlarni Kristofer Pfayffer
123,
Shaxov V.V
124
, Folkner 
Xenke
125,
U. Konkelar
126
o’zlarining ilmiy ishlarida ko’rsatib o’tganlar. 
Jamg’armalarning qayta taqsimlanishi sug’urta tashkilotlari uchun 
yangi sug’urta turlarini yaratish va rivojlantirishga hamda sug’urta 
operatsiyalarini kengaytirishga sharoit yaratadi. 
Mutaxassislar sug’urta bozorini tahlil qilib, uni bevosita sug’urta 
bozori va qayta sug’urta bozoriga ajratishadi. Bevosita sug’urta 
bozori 
– bu sug’urta tashkilotlari bilan ularning mijozlari o’rtasida 
yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Biroq, bitta sug’urta 
tashkiloti har doim ham sug’urtalanuvchiga ishonarli sug’urta 
himoyasini ta’minlab bera olmaydi, ayniqsa agar gap sug’urta 
qiymati va xavfi katta bo’lgan ob’ektlar haqida ketganda. Shuning 
uchun ham sug’urta tashkilotlari muvozanatlashgan sug’urta 
portfelini yaratish, moliyaviy barqarorligini oshirish va zimmasiga 
olgan majburiyatlarni to’liq bajarish uchun qayta sug’urtalash bozori 
xizmatlariga murojaat etadi. 
Har bir sug’urta tashkilotining mijozi shuni bilishi kerakki, uning 
oldida sug’urta qoplamasini to’lashda, u bilan shartnoma tuzgan 
sug’urta tashkiloti javobgar bo’ladi. Zero O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 959-
moddasida ko’rsatilgandek: “Qayta 
sug’urtalashda sug’urta tovoni yoki sug’urta pulini to’lash uchun 
asosiy sug’urta shartnoma bo’yicha sug’urtalovchi javobgar bo’lib 
qolaveradi”. Bundan ko’rinib turibdiki, qayta sug’urtalovchi 
sug’urtalovchiga, faqat, ulushi miqdorida zararni qoplashga kafolat 
123
Kristofor Pfayffer “Vvedenie v perestraxovanie” Ankil 2002. 3 b. 
124
Shaxov V.V. “Vvedenie v straxovanie”. Moskva, Finansi i Statistika 1992. 150 b. 
125
Folkner Xenke “Voprosu nadzora nad perestraxovochnimi predpriyatiyami” INRE 1996, №3. 14 b. 
126
U.Knoke “Osnovnie aspekti nadzora za deyatelnostno perestraxovochnix kompanii” INRE 1996, №2 17b. 


beradi va sug’urtalanuvchi bilan munosabatda bo’lmaydi. Ba’zan, 
sug’urta tashkiloti reklama sifatida sug’urta qildiruvchiga risklari 
mashhur va ishonchli qayta sug’urta tashkilotlarida sug’urtalashini 
ma’lum qiladi. Lekin, bu holat sug’urta tashkilotiga sug’urta 
qoplamasini to’lab bera olmaganda, qayta sug’urtalovchidan 
to’g’ridan-to’g’ri qoplamasini talab qilish huquqini bermaydi. 
Qayta 
sug’urta 
operatsiyalari 
faoliyati 
faqat 
qayta 
sug’urtalashga ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari yoki 
bevosita o’rnatilgan talablarga javob beradigan sug’urta tashkilotlari 
tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda 
sug’urta tashkilotlari ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari 
xizmatidan foydalanadi. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi 
sug’urta bozorida ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari tashkil 
etilmagan. Hozirda O‘zbekistonda qayta sug’urtalash ishlari, 
bevosita, belgilangan tartibda sug’urta tashkilotlari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Qayta sug’urta, so’zsiz, sug’urta tizimida muhim ahamiyatga 
ega. Sug’urtalanuvchi nuqtai nazaridan, sug’urtalovchining qayta 
sug’urtalashda ishtirok etishi yuqori sifatli sug’urta xizmatlarini taqdim 
etishga, zararlarni 
o’z vaqtida va to’liq qoplashga ko’mak beradi. U 
sug’urtalovchining ishonchlilik darajasini oshiradi va shu bilan birga 
mijoz bilan o’zaro munosabatlarini samarali bo’lishini ta’minlaydi. 
Sug’urta sug’urtalashga riskni qabul qilish bilan bog’liq iqtisodiy 
munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish). Sug’urtalovchi 
muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish va sug’urta 
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini t
a’minlash maqsadida 
qabul qilib olingan riskning bir qismini o’zaro kelishilgan holda 
boshqa sug’urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish) 
mumkin. Qayta sug’urta aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul 
qilib olish) ko’rinishga ega. Bundan tashqari, qayta sug’urta nisbiy
va nonisbiy shaklda bo’ladi. Ayrim holatlarda, qayta sug’urta 
operatsiyalari qayta sug’urta brokeri - ikkita tomon, ya’ni sug’urta 
tashkiloti va qayta sug’urta tashkiloti o’rtasida vositachilik qiluvchi 
shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Qayta sug’urta munosabatlarining uzoq rivojlanish davomida 
uning yangi shakl va 
turlari paydo bo’ldi. Eng qadimiy qayta sug’urta 
shartnomasi shakllaridan biri fakultativ qayta sug’urta shartnomasidir. 
Fakultativ qayta 
sug’urtalashda sug’urtalovchi riskni, xohlasa 
qayta sug’urtalashga beradi, xohlasa o’zida olib qoladi va mos 


ravishda qayta sug’urtalovchi xohlasa riskni o’ziga oladi, xohlasa 
olmaydi
127.
Obligatorli 
qayta 
sug’urtalash 
bir 
martalik 
qayta 
sug’urtalashdan 
farqli, 
unda 
tomonlarning 
munosabatlari 
mustahkamlanadi. Obligatorli qayta sug’urtalashning asosiy jihati 
ekstsedent qayta sug’urtalash va ulush xajmini aniqlash bilan 
bog’liq. 
Obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasiga asosan sug’urta 
tashki
loti o’ziga qabul qilgan riskni qayta sug’urtalash 
shartnomasiga asosan qayta sug’urta tashkilotiga berishi shart, o’z 
navbatida qayta sug’urtalovchi bu riskni qabul qilishi shart. 
Obligatorli qayta sug’urtalashda sug’urta tashkilotining sug’urta 
mukofotl
arini, sug’urta tariflarini, sug’urta xodisalarini oldini olish va 
sug’urta qoplamalarini to’lash huquqi o’zida qoladi. Lekin, ularning 
hammasi 
sug’urtalovchining 
va 
qayta 
sug’urtalovchining 
manfaatlarini ko’zda tutgan holda bo’lishi kerak. 
Obligatorli qay
ta sug’urta shartnomasi bo’yicha qayta sug’urta 
to’lovlarining hammasi sug’urta mukofotidan foizlar hisobida 
to’lanadi. Obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasi noaniq 
muddatga tuzilib ikki tomonning roziligi bilan bekor qilinishi mumkin. 
Bunday shartnom
a sug’urta tashkiloti uchun foydalidir, chunki bunda 
hamma qabul qilingan risklar qayta sug’urta himoyasiga ega. 
Obligatorli qayta sug’urta fakultativ qayta sug’urtadan farqli, u 
sug’urta portfelining katta qismini o’z ichiga oladi. Obligatorli qayta 
sug’urta shartnomasi fakultativ qayta sug’urta shartnomasidan 
ancha arzonroq. Shuning hisobiga xalqaro qayta sug’urta bozorida 
ushbu qayta sug’urta turi katta salmoqni tashkil etadi. 
Obligatorli qayta sug’urtadan farqli, fakultativ qayta sug’urtada 
qayta sug’urtalovchi o’ziga qabul qilayotgan risk haqida to’liq 
ma’lumotga ega bo’ladi. Ushbu shartnoma bo’yicha bir martalik 
bitimlar amalga oshiriladi. Fakultativ qayta sug’urta shartnomasi 
tomonlarga to’liq erkinlik beradi. 
Sug’urta tashkilotining qayta sug’urtalovchiga fakultativ qayta 
sug’urtalash bo’yicha berayotgan taklifida risk haqida quyidagi 
ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak: 
-
sug’urta tashkilotining nomi va manzili; 
-
qayta sug’urta turi: proportsional yoki noproportsional; 
-riskning joylashgan joyi; 
-
sug’urta manfaati; 
127
Gomellya V. Rubin Yu “Straxovoy portfel” Moskva 1994. 347 b. 


-shartlar-
sug’urtalangan xavflar (qaysi risklardan sug’urtalanadi va 
qaysilaridan sug’urtalanmaydi (istisnolar) to’liq ko’rsatiladi); 
-
umumiy sug’urta summasi, qoplamaning qaysi valyutada to’lanishi, 
stavkalar; 
-franshiza; 
-qayta 
sug’urtalovchiga mukofot, qayta sug’urta komissiyasi va 
boshqa xarajatlar; 
-
fakultativ qayta sug’urtaning boshlanishi va tugash sanasi; 
-taklif qilingan ulush
-zararning oldini olish imkoniyati va choralari; 
-ekspert xulosasi; 
-
bevosita sug’urtadagi sug’urtalovchining ulushi. 
Odatda fakultativ qayta sug’urtalash jarayoni sekin kechadi, 
chunki qayta sug’urtalovchi riskni obdon o’rganguncha bir muncha 
vaqt ketadi. Qayta sug’urtalovchi riskni o’rganib bo’lib, sug’urta 
tashkilotiga o’zi qabul qila oladigan ulush miqdorini aytadi. Yirik qayta 
sug’urtalovchilar 
o’zlarining 
fakultativ 
qayta 
sug’urtalash 
bo’linmalariga 
ega. 
Fakultativ 
qayta 
sug’urtalashda 
qayta 
sug’urtalovchining 
vazifasi 
bevosita 
sug’urta 
tashkilotining 
imkoniyatini kengaytirish bilan cheklanib qolmasdan, balki riskni 
baholash, sug’urta shartnomalari shartlarini belgilash, zararni oldini 
olish va ushbu masalalar bo’yicha maslahat berishdan ham iborat. 
Fakultativ qayta 
sug’urta sug’urtalovchi va qayta sug’urtalovchiga
ko’p qulayliklar yaratishi bilan birga kamchiliklarga ham ega. 
Fakultativ qayta sug’urtaning asosiy kamchiliklari quyidagilardan 
iborat: 
1. 
qayta sug’urtaga berilayotgan risk bo’yicha ma’muriy ishlar 
hajmining ko’pligi; 
2. riskni joylashtirishda 
sug’urtalovchining har bir qayta 
sug’urtalovchi bilan aloqada bo’lishiga ketadigan ko’p vaqt; 
3. 
sug’urtalovchi sug’urtalanuvchidan birdaniga uning moliyaviy 
imkoniyatlaridan katta riskni qabul qila olmaydi; 
4. fakultativ qayta 
sug’urtalovchi tomonidan o’rnatiladigan 
komission haq nisbatan kamroq 
bo’ladi. 
Yuqoridagi sanab o’tilgan kamchiliklarga qaramasdan 
fakultativ qayta sug’urta quyidagi sabablarga ko’ra amalda 
qo’llaniladi: 
1. 
oddiy sug’urta shartnomalariga to’g’ri kelmaydigan maxsus 
risklarni qayta sug’urtalashda; 
2. 
obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasida qayta 
sug’urtalash limitidan oshgan summani qayta sug’urtalashda; 


3. 
shartnoma bo’yicha risklarning zarar xavfi juda yuqori 
bo’lganda va qayta sug’urtalovchining javobgarligini cheklashda; 
4. 
bozorning boshqa sug’urta tashkilotlari band etgan 
segmentida sug’urta tashkilotining teng ishtirok etishi. 
5. 
sug’urta qildiruvchi faoliyatining yangi yo’nalishlarini 
sug’urtalayotganda sug’urtalovchining moliyaviy imkoniyatlarni 
oshirishda; 
6. 
sug’urtalovchiga sug’urtaga qabul qilish amaliyotini 
baholashda; 
7. 
alohida ahamiyatga ega bo’lgan risklarni sug’urtalashda 
qayta sug’urtalovchining tajriba va salohiyatidan foydalanish. 
Qayta sug’urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda 
amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug’urta qilishga nisbatan nisbiy 
qayta sug’urtalash ancha ilgari paydo bo’lgan. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda nisbiy qayta sug’urtalashni, ba’zan, an’anaviy qayta 
sug’urtalash ham deb atash qabul qilingan. 
Nisbiy qayta sug’urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, 
qayta sug’urta tashkilotining riskni taqsimlashdagi ulushi sug’urta 
tashkiloti aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu 
nisbatga qarab, qayta sug’urtalash mukofotining va sug’urta 
tashkilotining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug’urta 
qilishning printsipi “qayta sug’urtalovchi sug’urta tashkilotining riskini 
bo’ladi”, degan fikrdan iborat. 
Qayta sug’urta shartnomasining asosiy shartlari O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-
moddasida o’z ifodasini 
topgan. Xususan, unda qayd etilishicha “sug’urta shartnomasi 
bo’yicha sug’urtalovchi o’z zimmasiga olgan sug’urta tovonini yoki 
sug’urta pulini to’lash xavfi uning tomonidan to’liq yoki qisman 
bosh
qa sug’urtalovchida (sug’urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta 
sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalanishi mumkin
128
”. 
Qayta sug’urta qilish shartnomasini tuzgan sug’urta shartnomasi 
(asosiy shartnoma) bo’yicha sug’urtalovchi keyingi shartnomada 
sug’urta qildiruvchi hisoblanadi. 
Qayta sug’urta qilishda sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini 
to’lash uchun asosiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta 
qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo’yicha sug’urtalovchi javobgar 
bo’lib qolaveradi. 
Biroq asosi
y sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalanuvchi 
hisoblangan sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi yuz berishidan 
128
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2002. 


oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma 
bo’yicha huquq va 
majburiyatlarining qayta sug’urta qilingan qismi qayta sug’urta qilish 
shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchiga o’tadi. 
Ikki yoki bir nechta qayta sug’urta qilish shartnomalarini ketma- 
ket tuzishga yo’l qo’yiladi. Bunday shartnomalarning har biri keyingi 
qayta sug’urta qilish shartnomasiga nisbatan asosiy sug’urta 
shartnomasi deb hisoblanadi. 
Xalqaro amaliyotda sug’urta tashkilotlari va ixtisoslashgan qayta 
sug’urta tashkilotlari o’rtasida vositachilik faoliyatini amalga 
oshiruvchi qayta 
sug’urta brokerlari muhim rol o’ynaydi. Shuni 
inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta 
faoliyati to’g’risida”gi Qonunida qayta sug’urta brokeri tushunchasiga 
quyidagicha ta’rif berilgan: “O‘z nomidan va qayta sug’urta qilish 
shartnomasi 
bo’yicha sug’urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi 
sug’urtalovchining topshirig’iga binoan qayta sug’urta qilish 
shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyat 
yurituvchi yuridik shaxs qayta sug’urta brokeri hisoblanadi”
129
. Biroq, 
2019 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida birorta ham 
qayta sug’urta bilan shug’ullanadigan brokerlik idoralari tashkil 
etilmagan. Holbuki, xalqaro qayta sug’urta bozorlarida qayta 
sug’urta brokerlarining faoliyati keng taraqqiy etganligini inobatga 
olsak, bunday tashkilotlarning keyinchalik milliy sug’urta bozorimizda 
tashkil etilishiga shubha qilmasa ham 
bo’ladi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2007 yil 15 sentyabrda amalda 
bo’lgan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga qo’shimcha va 
o’zgartirishlar, shu jumladan yangi 8
1
modda kiritilgan. Bu moddada 
sug’urta hamda qayta sug’urta brokerlarining huquq va 
majburiyatlari yoritilgan. Quyida sug’urta hamda qayta sug’urta 
brokerlarining huquq va majburiyatlarini keltirib 
o’tamiz: 
Su
g’urta va qayta sug’urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega: 
sug’urtaning (qayta sug’urta qilishning) har qanday turi bo’yicha 
vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish; 
sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, 
su
g’urtalovchini (qayta sug’urtalovchini) tanlash; 
sug’urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining 
miqdorlari, sug’urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar 
to’g’risida, shuningdek sug’urtalovchining to’lovga qobiliyatliligi va 
moliyaviy 
b
arqarorligiga doir boshqa ko’rsatkichlar haqida 
ma’lumotlar olish; 
129
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga qo’shimcha va o’zgarishlar kiritish 
to’g’risida. – Xalq so’zi, 2007 yil 15 sentyabr. 


ekspert va 
maslahat xizmatlari ko’rsatish. 
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda 
o’zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega 
bo’lishlari mumkin. 
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari: 
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya 
etishi; 
sug’urta shartnomasini tuzish va ijro etish bo’yicha to’liq, 
ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so’rovlariga ko’ra 
taqdim etishi; 
mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan 
ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart. 
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlarining zimmasida qonun 
hujjatlariga hamda o’zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa 
majburiyatlar ham bo’lishi mumkin. 
Qayta sug’urta qilish shartnomalari bir tomondan sug’urta 
tashkilotlari o’rtasida o’zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan, sug’urta 
tashkiloti va ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkiloti o’rtasida tuzilishi 
mumkin. Dastlab, sug’urta tashkiloti o’zining moliyaviy qobiliyatini 
mustahkamlash maqsadida qabul qilib olingan riskning bir qismini 
boshqa sug’urta tashkilotida yoki ixtisoslashgan qayta sug’urta 
tashkilotida sug’urtalash to’g’risida qaror qabul qiladi. Ushbu 
qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida sug’urtalovchi ixtisoslashgan 
qayta sug’urta tashkilotiga murojaat qiladi. Agar qayta sug’urta 
tashkiloti riskni qayta sug’urta qilishga rozilik bildirsa, ular o’rtasida 
qayta sug’urtalash shartnomasi tuziladi. Shuni alohida ta’kidlash 
lozimki, shartnoma shartlarida, unda ishtirok etuvchi tomonlarning 
huquqlari va majburiyatlari, olingan majburiyatlarning bajarilishi 
yuzasidan javobgarlik, shartnomani kuchga kirishi, amal qilish va 
bekor etilishi qoidalari mujassam bo’lishi kerak. Shuningdek, 
shartnomada qayta sug’urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik 
hajmi ko’rsatilishi zarur. 
Qay
ta sug’urta qilish shartnomalari ba’zi o’ziga xos belgilariga 
ega bo’lib, ushbu holat uni boshqa turdagi shartnomalardan 
farqlaydi. Shuning uchun ham qayta sug’urta sohasini nazariy 
jihatdan qaysi sug’urta tarmog’iga kiritish yoxud uni mustaqil 
sug’urta sohasi sifatida qarash ancha bahs munozarani talab qiladi. 
Agar sug’urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug’urta 
kompaniyasi qayta sug’urta kompaniyasiga darhol xabar qilishi 
kerak. O‘z navbatida, qayta sug’urta kompaniyasi shartnomada 
ko’zda tutilgan qoplamani to’lashi shart. Qayta sug’urta kompaniyasi 


shartnoma buyicha o’z majburiyatlarini to’la-tukis bajarsa, u holda 
shartnoma bajarilgan hisoblanadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin