T. Malikov O. Olimjonov moliya


Valyuta  konvertatsiyasi



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Valyuta 
konvertatsiyasi 
bu milliy valyutaning xorijiy valyutaga erkin 
ayirboshlanish, xorijiy mahsulot va xizmatlarni to’lash qobiliyatidir. 
Valyutalar konvertatsiya darajasiga qarab, asosan 3 turga 
bo’linadi: 
1. Erkin konvertatsiya qilinadigan; 
2. Qisman konvertatsiya qilinadigan; 
3. Konvertatsiya qilinmaydigan. 
Erkin 
konvetatsiya 
qilinadigan 
valyutalar
ga 
milliy 
iqtisodiyoti mustahkam, iqtisodiy o’sish imkoniyatiga ega bo’lgan, 
milliy valyutasiga chet ellik hamkorlar ishonadigan, odatda sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlar 
ega 
bo’ladilar. 
O‘zining 
milliy 
valyutasining erkin konvertatsiyasini ta’minlash maqsadida 
davlatlar ichki bozorda mahsulotlar va xizmatlarning jahon 
bozoridagi narxlarini shakllantirigan va unga ta’sir ko’rsatmagan 
holda erkin tashqi savdo rejimini tashkil etishlari zarur bo’ladi. 
Buning uchun esa, mamlakat Markaziy banki valyuta ayirboshlash 
operatsiyalarini tartibga solish, xorijiy valyutani olib kelish va 
chiqib ketish bo’yicha ma’muriy cheklovlarni joriy etmasdan, 
o’zida etarlicha oltin-valyuta zaxirasiga ega bo’lishi talab etiladi. 
Mamlakatlar 
tomonidan 
milliy 
valyutaning 
boshqa 
xorijiy 
valyutalarga nisbatan to’liq konvertatsiyasiga rasmiy ravishda 
(ya’ni, amalda esa boshqacha bo’lgani holda) erishish mamlakat 
uchun katta miqdorda iqtisodiy zarar keltirishi mumkin. 
Erkin konverta
tsiya qilinadigan valyutalarning ma’lum bir 
qismi zaxira valyutalar hisoblanadi. 
Zaxira valyutalar 
boshqa 
mamlakatlar markaziy banklari tomonidan saqlanadigan va 
xalqaro hisob-kitoblar uchun zaxira vositasi hisoblangan 
valyutalardir. Bugungi kunda, zaxira valyutalar sifatida AQSh 
dollari, funt sterling, evro, Yaponiya yenasi, Shveytsariya franki 
qayd etilmoqda. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin