T. Malikov O. Olimjonov moliya


Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar. 
Valyuta kursiga ta’sir 
etuvchi fundamental omillarning 4 turini alohida ajratib ko’rsatish 
mumkin. Xususan: 
1. Iqtisodiy omillar
. Iqtisodiy omillarning asosiylari sifatida 
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi 
to’g’risidagi ma’lumotlar(YaIM, 
Sanoatning o’sishi, ishsizlik va aholining mehnat bilan bandligi, 
inflyatsiya, foiz stavkalar va h.k.)ning o’zgarishi (1-jadvalga qarang), 
mamlakatlar markaziy banklari boshliqlarining chiqishlari va 
yig’ilishidagi qarorlar, valyuta interventsiyasi, moliya bozorining 
valyutadan tashqari boshqa bozorlaridagi o’zgarishlarni qayd etib 
o’tish mumkin. 
2. Siyosiy omillar
. Siyosiy omillarning asosiylari sifatida 
prezident, davlat va hukumat boshliqlarini saylash jarayoni va uning 
natij
alari, ularning iste’foga chiqishi, shuningdek, markaziy banklar 
yoki pul-
kredit siyosati bilan shug’ullanuvchi davlat organlari rahbar 
kadrlar almashinuvi, geosiyosiy to’qnashuv va inqirozlarni ko’rsatish 
mumkin. 
3. Turli xabarlar va kutishlar
. Global valyuta bozorida 
investorlarni harakatga keltiruvchi shunday ibora bor, ya’ni “turli 
xabarlar, mish-mish gaplar, ovozalar asosida valyutalarni sotib ol va 
fakt (dalil, isbot)larga asoslangan holda ularni sot”. Global valyuta 
bozorida oltin qoidaga aylangan ushbu ibora, shuningdek boshqa 
psixologik omillar investorlarning bozordagi harakatini faollashtirishi 
yoki susaytirishi mumkin. 
4. Fors-major holatlari. 
Favqulotda sodir bo’lgan hodisalar, 
masalan, suv toshqini, zilzila, yirik ko’lamli yong’in, turli zararli 
epidemiyalarni, gaz va boshqa zarralarni ommaviy tarqalishi, kuchli 
to’fon yoki dovullar va h.k.lar natijasida turli darajadagi 
vayronagarchilikni 
yuzaga 
kelishi. 
Shuningdek, 
mamlakatda 
terroristik hurujlarni, hujum va harakatlari sodir etilishi ham valyuta 
kurslari o’zgarishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin