T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

S = (P 

- P) : P 
 
Bu yerda: 

мр 

XYuS moliyaviy resurslaridan 
foydalanish samaradorligi; 


- P 
– 
bevosita moliyaviy operatsiyalarni 
amalga oshirish natijasida XYuS 
tomonidan olingan daromad. 
Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida 
XYuS tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi: 

XYuS tomonidan aktsiya va boshqa qimmatli 
qog’ozlarni 
emissiya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan dividendlar; 

boshqa emitentlar qimmatli qog’ozlarini sotib olishdan olingan 
dividend lar; 

banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromad-lari; 

XYuS 
foydasidagi valyutalar kurslari bo’yicha farqlar; 

va boshqalar. 


Ajablanarlisi shundaki, XYuS moliyaviy operatsiya-larining 
daromadliligini xarakterlovchi ko’rsatkich ular-ning samaradorligini 
sof moliyaviy natijaning sof moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida 
ifodalab, ko’pchi-lik hollarda XYuS moliya-xo’jalik faoliyatining 
haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori 
samaradorligining ko’rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida 
bo’lishlariga 
qaramasdan 
moliyaviy 
“spekulyatsiya”-ning 
imkoniyatlari ularni “cho’kmasdan” turishlariga sharoit yaratadi. 
Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy 
resurslardan 
foydalanishning 
samaradorligini 
mos 
ravishda 
baholash talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi 
ko’rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan 
tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul 
mablag’laridan iborat bo’lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim 
holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko’rsatkich sifatida 
e’tirof etish mumkin. Shunday bo’lishiga qaramasdan bu yerda yana 
bir narsani inobatga olmoq lozim, ya’ni samara-dorlikning o’lchovi 
sifatida yuqoridagi ko’rsatkichning haqqo-niylik darajasi juda ko’p 
omillarga, xususan, tushum va foydani shakllantiruvchi bozor 
baholari monopol baho-
larni shakllantirishning salbiy ta’sirlaridan 
qanchalik ozod ekanligiga 
bog’liq. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan barcha moliyaviy ko’rsatkichlarda 
mazmun va shakl o’rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjudligi 
nam
oyon bo’ladiki, bu narsa bizning holat (vaziyat)da XYuSlar 
moliyasining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy sektorining ham) o’z 
iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib chiqish (uzilish)ga va 
unga bog’liq bo’lmagan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini 
qo’lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. XYuSlar moliya-xo’jalik 
faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy 
ko’rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) moddiy aylanma 
mablag’larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va 
nomoddiy aktivlarning fond qaytimi (sig’imi) kabi iqtisodiy 
ko’rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma’lum 
darajada, pasayadi (kamayadi). Ana shu munosabat bilan eng 
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan biri quyidagi formulaga muvofiq 
ravishda hisoblanadigan XYuSning iqtisodiy rentabelligi (biznesning 
rentabelligi) ko’rsatkichidir: 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin