Q
аичф
- yil davomida kiritilgan asosiy ishlab
chiqarish fondlarining qiymati;
Q
баич
- barcha asosiy ishlab chiqarish fondlari-
ning yil oxiridagi qiymati.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining chiqish (chiqib ketish)
koeffitsienti
esa
eskirgan
ishlab
chiqarish
appa-ratining
foydalanishdan chiqib ketish dinamikasini ifodalaydi va u
quyidagicha aniqlanadi:
Q
ч
= (Q
аичфл
: Q
аичфб
) x 100%
Bu yerda:
Q
ч
- chiqish (chiqib ketish) koeffitsienti;
Q
аичфл
- yil davomida tugatilgan
(likvidatsiya qilingan) asosiy ishlab
chiqarish fondlarining qiymati;
Q
аичфб
- asosiy ishlab chiqarish fondlarining
yil boshidagi qiymati.
Shunday
qilib,
asosiy
kapital
doiraviy
aylanishining
samaradorligi, ko’p jihatdan, amortizatsiya ajratmalarining maqsadli
foydalanilishini, ishlab chiqarish apparatining rivojlanishiga emission
daromad va sof foydaning kerakli miqdorlarda reinvestitsiya
qilinishini oldindan aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda bu yerda,
yangi
texno-logik
tizimlardan
foydalanish,
mashina
va
dastgohlarning yuklamalik darajasi, asosiy ishlab chiqarish
fondlarining
o’z
vaqtida
yangilanishi
va
chiqib
ketishi,
moliyalashtirishning mumkin bo’lgan barcha manbalarini faol jalb
qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
11.2. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va
foydalanish samaradorligi
Aylanma kapital XYuS aylanma (o’zgaruvchan) aktiv-lariga
avanslashtirilgan kapital qiymatini o’zida ifoda-laydi. Bu kapital
XYuS balansining “Aylanma aktivlar” deb nomlangan ikkinchi
bo’limida aks ettiriladi. Odatda, aylanma kapital quyidagi bir necha
asosiy guruhlarga
bo’linadi:
takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hisobga olgan
holda funktsional mo’ljallanganligi bo’yicha;
shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga
ko’ra;
likvidlik darajasiga qarab;
va boshqa belgilariga muvofiq.
Aylanma kapital juda
ko’p funksiyalarni bajaradi. Ularning
orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsa-tish mumkin:
takror ishlab chiqarish;
rag’batlantirish;
taqsimlash;
ishlab
chiqarish
va
muomala
sohasining
yagonaligini
ta’minlash;
ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta’minlash;
va boshqalar.
Aylanma kapital o’z funksiyalarini ham pulli va ham natural-
buyum shakllarida amalga oshiradi.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funk-tsional
jihatdan quyidagi ikki tashkil etuvchisi belgilab (aniqlab) beradi:
aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma
ishlab chiqarish fondlari;
muomala fondlari.
Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum
shakllariga, eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan iborat bo’lgan
quyidagilar kiradi:
xomashyo va asosiy materiallar;
sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar;
yoqilg’i;
qadoqlash va qadoqlash materiallari;
jor
iy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;
inventarlar va xo’jalik buyumlari;
tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;
o’z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari;
kelgusi davr xarajatlari;
boshqa xarajatlar.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi
muomala fondlari quyidagi guruhlardan iborat:
tayyor mahsulot va qayta sotishga mo’ljallangan tovarlar, ortib
jo’natilgan tovarlar;
pul mablag’lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valyuta
hisobvaraqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisob- varaqlari
(akkreditivlar va chek daftarchalari, depozit hisobvaraqlari, boshqa
to’lov hujjatlari);
qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatda) moliyaviy
qo’yilmalar – boshqa XYuSlar qimmatli qog’ozlariga investitsiyalar,
davlat va mahalliy zayomlarning foizli obligatsiyalari, boshqa
XYuSlarga berilgan zayomlar, aktsionerlardan o’z aktsiyalarini sotib
olish;
debitorlik qarzlarining barcha ko’rinishlari, sotib oluvchilar va
buyurtmachilarning
qarzlari,
olinuvchi
veksellar,
“qiz”
va
bo’ysunuvchi jamiyatlarning qarzlari, ustav kapitaliga badallar
bo’yicha ta’sischilarning qarz-lari, berilgan avanslar, boshqa
debitorlarning mablag’-lari.
Aylanma
kapitalning
boshqa
qismi
pulli
ko’rinishda
shakllantiriladi va aylanma fondlarning iqtisodiy elementlariga pulli
kapitalni doimiy avanslashtirish ko’rinishida doiraviy aylanishda
bo’ladi. Pul mablag’-larining doiraviy aylanishi XYuS tomonidan
ishlab chiqarishga zarur bo’lgan moddiy resurslar qiymatining
to’lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mahsulotni
sotishdan olingan tushum ko’rinishida qaytishi bilan tugallanadi.
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiymat
kategoriyasi sifatida saqlanib qolsa-
da, o’z tarkibiy qismlarining
funktsional shakllarini uzluksiz ravishda quyidagi ketma-ketlikda
o’zgartiradi: pul mablag’lari – xomashyo va materiallar zaxiralari –
tayyor mahsulot
– debitorlik qarzlari – tushum ko’rinishida
tushadigan pul mablag’lari. Bunda aylanma kapital kompaniya
moliyaviy holatining o’lchovchisi va tartibga soluvchisi hisoblanadi.
Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirish
manbalari quyidagilardan iborat:
o’z va ularga tenglashtirilgan mablag’lar;
qarz va jalb qilingan
mablag’lar.
O‘z navbatida, aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllan-tirish va
moliyalashtirishning o’z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
ustav kapitali;
foyda;
emission daromad.
Emission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi deb ham
yuritiladi.
O‘z mablag’lariga tenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan,
ya’ni XYuS aylanmasida doimiy ravishda mavjud bo’ladigan jalb
qilingan mablag’lardan iborat. Ish haqi va sotsial sug’urta bo’yicha
qarzlar, qadoqlarni qaytarish bo’yicha garovlar, kelgusi davr
xarajatlarini qoplash bo’yicha zaxiralar shu shaklda vaqtinchalik
foydalanilishi mumkin.
Qarz mablag’lar o’z aylanma mablag’larining etmagan qismini
to’ldirishga mo’ljallangan. Ularning tarkibiga:
banklarning qisqa muddatli kreditlari;
zayomlar;
uzoq muddatli kreditlarning bo’sh mablag’lari kiradi.
Jalb qilingan
mablag’lar:
mol etkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarzlari;
to’lanuvchi veksellar;
“qiz” XYuSlar va bo’ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet
oldidagi qarzlar;
olingan bo’nak (avans)lar;
va boshqa kreditorlar ko’rinishida maydonga chiqadi.
Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini ifodalovchi
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar aylanma mablag’-lar aylanishining
soni va aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzoqligi
hisoblanadi va ular quyidagicha aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: |