Bu yerda, eng avvalo, davlat,
mulkdorlar, boshqaruv-chilar va
xodim (ishchi)lar manfaatlarini birgalikda qarash jihati juda
muhimdir. Davlat manfaatlari,
bir tomondan, XYuSlarning soliq
to’lovlarini maksimallashtirish maqsa-dida balans foydaning
maksimallashtirilishini ko’zda tutadi. Ikkinchi tomondan esa,
foydadan soliq to’lovlari foydaning kengaytirilgan
ilmtalab takror
ishlab chiqarish-ga qayta investitsiya qilinishini hisobga olgan holda
optimallashtirilmog’i lozim.
Juda ko’p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaatlari
bir-biriga mos keladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun
ham bir aktsiyaga to’g’ri keluvchi foyda summasining o’sishi orqali
aktsionerlar daromadlarini maksimallashtirish maqsadini amalga
oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Odatda, daromadlarni maksimallashtirish
ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish
hisobidan erishiladi. U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond
qaytimining oshishi, xarajat-
larning
qisqarishi, aylanma mablag’lar
aylanishining tezlashuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy fondlar-
ning yangilanishi, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv
metodlaridan foydalanish bilan bog’liq.
Boshqaruv qarorlarida dividend siyosatini oqilona shakllantirish
muhim ahamiyatga egaki, u sof foydani dividendlar to’lashga va uni
jamg’arishga yo’naltirishga oqilona taqsimlanishini nazarda tutadi.
XYuS xodim (ishchi)lari manfaatlari nuqtai-nazaridan faqatgina
moliyaviy natija emas, balki o’zining
tarkibiga ish haqi va uning
o’sishi, ijtimoiy dasturlar va mehnat sharoitlarini yaxshilashga
qaratilgan XYuS xarajatlari hisobidan vujudga keladigan moliyaviy-
iqtisodiy ko’rsatkich-larning o’sishini qamrab oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy
samara ham muhimdir.
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS
moliya-
xo’jalik faoliyatining natijaliligini
ochib beruvchi umumiy
moliyaviy-
iqtisodiy
ko’rsatkichlardan
foy-dalanish
maqsadga
muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi v
a aniqlovchi ko’rsatkich sifatida
ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko’rsatkichidan foydalanish
mumkin. U samaradorlikni baholashning me’zoni bo’lib xizmat qiladi
va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: