T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

N = E x U x B 
 
Bu yerda: 

– aylanma mablag’larning normativi; 

– aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik 
ehtiyoj; 

– o’rtacha interval uzoqligi; 

– aylanma mablag’ birligining bahosi. 


Masalan, faraz qilaylik, qandaydir bir xomashyoning zaxira 
normasi 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning bahosi 
20 ming so’mga teng bo’lsa, u holda pulda ifodalangan
normativning darajasi 600 ming so’mga (15 x 10 x 20 000) teng 
bo’ladi. 
Umuman olganda, aylanma mablag’lar normativi mol etkazib 
berishlar o’rtasidagi o’rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi 
formula orqali aniqlanishi mumkin: 
N = E x (U
1
+ U 
2
) : 2 x B 
 
Bu yerda: 

– aylanma mablag’larning normativi; 

– aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik 
ehtiyoj; 
U
1
+ U 
2

navbatdagi ikki mol etkazib 
berish- larning kunlardagi uzunligi; 

– aylanma mablag’ birligining bahosi. 
Aylanma mablag’larning har bir elementlari bo’yicha 
normativning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar 
vujudga keladi. O‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni qo’shish 
natijasida yig’ma (jamlangan) normativ hosil bo’ladi. 
Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida 
turlari bo’yicha zaxiralarning kunlik (kundagi) normasi quyidagi 
zaxiralar summalarini inobatga olib o’rnatiladi (belgilanadi): 

transport zaxirasi; 

tayyorlov zaxirasi; 

texnologik zaxira; 

joriy zaxira; 

sug’urta zaxirasi. 
Transport zaxirasi yukning yo’ldagi kunlari va shu yuk uchun 
hujjatlarni to’lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o’z ichiga 
oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga 
ajratish, ortish-tushirish, kom-plektatsiya qilish, moddiy resurslarni 
maxsus qayta tiklash va h.k.lar bog’liq. Bu zaxira norma yoki 
haqiqatda sarflangan vaqt asosida o’lchanadi. Texnologik zaxira 
ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq va texnologik normalar 
asosida hisoblanadi. 
Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi oli-nadi, chunki u 
materiallarni navbatdagi ikki etkazib berish intervali o’rtasida ishlab 


chiqarish jarayonining uzluksiz-
ligini ta’minlaydi. Maksimal joriy 
zaxira materiallarga bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi 
ikki 
mol 
etkazib 
berish 
intervali 
o’rtasidagi 
uzunlikning 
(davomiylikning) ko’paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab 
chiqarish hajmining o’sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab 
qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning bir 
maromdaligini (ritmligini) ta’minlash uchun har doim biroz 
o’zgartirilishi kerak. Sug’urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy 
ombor zaxirasining 50% doirasida qabul qilinadi. 
Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi tran-sport 
zaxirasi, tayyorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va 
sug’urta zaxiralarining summasiga teng bo’lgan summalar 
yig’indisidan iborat. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’-larni 
norma (me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo’yicha amalga 
oshiriladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin