Masalan, faraz qilaylik, qandaydir bir xomashyoning zaxira
normasi 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning bahosi
20 ming so’mga teng bo’lsa,
u holda pulda ifodalangan
normativning darajasi 600 ming so’mga (15 x 10 x 20 000) teng
bo’ladi.
Umuman olganda, aylanma mablag’lar normativi mol etkazib
berishlar o’rtasidagi o’rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi
formula orqali aniqlanishi mumkin:
N = E x (U
1
+ U
2
) : 2 x B
Bu yerda:
N
– aylanma mablag’larning normativi;
E
– aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik
ehtiyoj;
U
1
+ U
2
-
navbatdagi ikki mol etkazib
berish- larning kunlardagi uzunligi;
B
– aylanma mablag’ birligining bahosi.
Aylanma mablag’larning har bir elementlari bo’yicha
normativning alohida hisoblanishi natijasida
xususiy normativlar
vujudga keladi. O‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni qo’shish
natijasida yig’ma (jamlangan) normativ hosil bo’ladi.
Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida
turlari bo’yicha zaxiralarning kunlik (kundagi) normasi quyidagi
zaxiralar summalarini inobatga olib o’rnatiladi (belgilanadi):
transport zaxirasi;
tayyorlov zaxirasi;
texnologik zaxira;
joriy zaxira;
sug’urta zaxirasi.
Transport zaxirasi yukning yo’ldagi kunlari va shu yuk uchun
hujjatlarni to’lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o’z ichiga
oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul
qilishni rasmiylashtirish, navlarga
ajratish, ortish-tushirish, kom-plektatsiya qilish,
moddiy resurslarni
maxsus qayta tiklash va h.k.lar bog’liq. Bu zaxira norma yoki
haqiqatda sarflangan vaqt asosida o’lchanadi. Texnologik zaxira
ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq va texnologik normalar
asosida hisoblanadi.
Asos sifatida joriy maksimal
ombor zaxirasi oli-nadi, chunki u
materiallarni navbatdagi ikki etkazib berish intervali o’rtasida ishlab
chiqarish jarayonining uzluksiz-
ligini ta’minlaydi.
Maksimal joriy
zaxira materiallarga bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi
ikki
mol
etkazib
berish
intervali
o’rtasidagi
uzunlikning
(davomiylikning) ko’paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab
chiqarish hajmining o’sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab
qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning bir
maromdaligini (ritmligini) ta’minlash
uchun har doim biroz
o’zgartirilishi kerak. Sug’urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy
ombor zaxirasining 50% doirasida qabul qilinadi.
Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi tran-sport
zaxirasi, tayyorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va
sug’urta zaxiralarining summasiga teng bo’lgan
summalar
yig’indisidan iborat.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’-larni
norma (me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo’yicha amalga
oshiriladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: