T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

N = X 

x U x K 
 
Bu erlda: 


tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha 
aylanma mablag’larning normativi; 


- mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan 
bir kunlik xarajatlar; 

- ishlab chiqarish tsiklining uzoqligi 
(kunlarda); 

– xarajatlarning o’sib borish 
(jamlanib borish) koeffitsienti. 
Mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar 
chorak davomida tannarx bo’yicha ishlab chiqa-rilgan tovar 
mahsuloti qiymatini tegishli chorakdagi 90 kunga bo’lib topiladi. 
Ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi (uzoqligi) quyidagilar 
bilan belgilanadi: 

bevosita ishlov berish jarayoniga tegishli vaqt (texnologik 
zaxira); 

ishlov beriluvchi buyumlarning ish joylarida joyla-shishi 
(transport zaxirasi); 

aylanma zaxirasi (ishlov berish operatsiyalari orali-
g’idagi 
vaqtlar); 

sug’urta zaxirasi (uzilishlar sodir bo’ladigan vaziyatlar uchun). 


Xarajatlarning o’sib borish (jamlanib borish) koef-fitsienti 
tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buyum o’rtacha tannarxining 
ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasiga nisbati bilan 
aniqlanadi. 
Albatta, zaxiralarni mohirona boshqarish menejment va XYuS 
ishlab chiarish xodimlaridan inflyatsiyani hisobga olishni, sifat va 
chiqariladigan tovarning bozorda talabgir ekanligi ustidan uzluksiz 
nazorat olib borishni, bahosi va iste’mol belgilariga (xususiyatlariga) 
ko’ra XYuS tomonidan chiqariladigan mahsulotlarning iste’molchilar 
talabiga qarab o’zgarishini qondirishni talab qiladi. 
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 

Umumlashtirilgan ko’rinishda asosiy kapital qanday qiymatning 
bir qismi hisoblanadi? 

XYuSning buxgalteriya balansida asosiy kapital qanday sifatda 
aks ettiriladi? 

Asosiy kapitalning asosini nimalar tashkil etadi? 

Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital 
nimaning qismi sifatida maydonga chiqadi? 

Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo’lgan 
qiymatning qanday uch funktsional shakllarida harakat qilishini 
anglatadi? 

Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan 
farqli o’laroq asosiy kapital qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega? 

Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyum-lashgan 
shakli sifatida nimalar maydonga chiqadi? 

Iqtisodiy mo’ljallanganligiga ko’ra asosiy fondlar qanday 
manbalardan tashkil topadi? 

Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb nimaga aytiladi? 

Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYuSning 
qanday mulklari kiradi? Ular bo’yicha amorti-zatsiya hisoblanadimi? 

Asosiy fondlarning tarkibi va ularning aktiv va passiv qismlarini 
tushuntirib bering. 

Asosiy kapital doiraviy aylanishining samarador-ligini tahlil 
qilishda qanday omillarni hisobga olish maqsadga muvofiq? 

Hozirgi 
paytda 
amaliyotda 
amortizatsiya 
ajratmalarini 
his
oblashning asosiy usullari va ularning o’ziga xos xususiyatlarini 
tushuntirib bering. 



Chiziqli metod qo’llanilganda bir oy uchun hisoblangan 
amortizatsiyaning summasi qanday aniqlanadi? 

Nochiziqli metod asosida amortizatsiya normasini hisoblash 
qanday amalga oshiriladi? 

Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga 
keladigan o’z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya 
fondidan tashqari, yana qanday daromadlar va turli tushilmalar ham 
kirishi mumkin? 

Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilina-digan pul 
mablag’larining manbalarini qanday guruhlarga bo’lish mumkin va 
har bir guruhning tarkibiga nimalar kiradi? 

Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok 
etadigan moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi 
qanday aniqlanadi? 

Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS 
moliya-
xo’jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi qanday 
umumiy moliyaviy-
iqtisodiy ko’rsatkich-lardan foydalanish maqsadga 
muvofiq? 

Ishlab chiqarishning u
mumiy rentabelligi ko’rsatkichi qanday 
aniqlanadi? 

Fond qaytimi va fond sig’imi ko’rsatkichlarini hisob-lash 
tartiblari qanday? 

Smenalik koeffitsienti qanday aniqlanadi? 

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish koeffitsienti nimani 
ifodalaydi va u qanday aniqlanadi? 

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish koeffitsienti 
nimani anglatadi va u qanday hisoblanadi? 

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining chiqish (chiqib ketish) 
koeffitsienti qanday aniqlanadi? 

Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi nimalarni 
oldindan aniqlab (belgilab) beradi? 

Aylanma kapital nimani o’zida ifodalaydi va u XYuS balansining 
qanday nomlangan bo’limida aks ettiriladi? 

Aylanma kapital qanday guruhlarga bo’linadi? 

Aylanma kapital qanday funksiyalarni bajaradi va ularni qanday 
shakllarda amalga oshiradi? 

Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funk-tsional 
jihatdan qanday ikki tashkil etuvchi belgilab (aniqlab) beradi? 

Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum 
shakllariga nimalar kiradi? 



Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi 
muomala fondlarining tarkibini aytib bering. 

Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirish 
manbalari nimalardan iborat? 

Aylanma 
mablag’lar 
(kapital)ni 
shakllantirish 
va 
moliyalashtirishning o’z manbalari tarkibiga nimalar kiradi? 

O‘z mablag’lariga tenglashtirilgan manbalarni aytib bering. 

Qarz mablag’lar tarkibiga nimalar kiradi? 

Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini xarakterlovchi 
umumlashtiru
vchi ko’rsatkichlar nimalardan iborat va ular qanday 
aniqlanadi? 

Sof aylanma kapitalni qanday aniqlash mumkin? 

Sof aylanma kapitalni boshqarishning natijaliligini nima 
xarakterlab beradi va u qanday aniqlanadi? 

Aylanma mablag’larni boshqarishda ularni likvidlik darajasi 
bo’yicha strukturizatsiya qilish maqsadlari uchun likvidlilikning 
qanday ko’rsatkichidan faol foydalani-ladi va ularni aniqlash tartibi 
qanday? 

Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
aylanma 
kapitaldan 
foydalanishning samaradorligi qanday omillarga 
bog’liq? 

Aylanma kapitalni norma (me’yor)lashtirish deyilganda nimalar 
tushuniladi va unga ko’ra aylanma mablag’lar qanday 
guruhlarga 
bo’linadi? 

Norma (me’yor)lashtiriladigan aylanma mablag’larning tarkibiga 
nimalar kiradi? 

Norma 
(me’yor)lashtirilmaydigan aylanma mablag’lar-ning 
tarkibi nimalardan iborat? 

Moddiy aylanma mablag’larni rejalashtirishning asosini nima 
tashkil etadi? 

Aylanma mablag’larni norma (me’yor)lashtirish jarayoni qanday 
bosqichlardan iborat? 

Ishlab chiqarish zax
iralarining me’yori(normasi) nima-lardan 
iborat va u, eng avvalo, nimalarga 
bog’liq? 

Me’yor nimalarga nisbatan o’rnatiladi (belgilanadi)? 

Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslash-tiriladigan 
aylanma mablag’lar normativining formulasi qanday ko’rinishga 
ega? 

Xususiy normativlar qanday omillarning hisoblanishi natijasida 
vujudga keladi? 



Yig’ma (jamlangan) normativ qanday hosil bo’ladi? 

Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida 
turlari bo’yicha zaxiralarning kunlik (kundagi) normasi qanday 
zaxiralar summalarini inobatga olib o’rnatiladi (belgilanadi)? 

Transport zaxirasining mazmunini tushuntirib bering. 

Tayyorlov zaxirasi nimalarga 
bog’liq? 

Texnologik zaxira nima va u qanday normalar asosida 
hisoblanadi? 

Zaxiraning 
kunlardagi 
normasi 
qanday 
summalarning 
yig’indisidan iborat? 

Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’larni 
me’yorlashtirish qanday ko’rsatkichlar bo’yicha amalga oshiriladi va 
u qanday formula yordamida aniqlanadi? 

Ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi (uzoqligi) nimalar bilan 
belgilanadi? 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin