T. Malikov O. Olimjonov moliya


 Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

12.2. Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish 
XYuSning barcha moliyaviy resurslari o’z mablag’lari hisobidan, 
moliya va kredit bozorlaridan jalb qilinadigan resurslar hisobidan
uzoq va qisqa muddatli kreditlar hamda kreditorlik qarzlaridan iborat 
bo’lgan qarz mablag’-lari ko’rinishidagi resurslardan tashkil topadi. 
XYuSning o’z mablag’lari quyidagilar manbalar hisobi-dan 
shakllanadi: 

mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum; 

moliyaviy operatsiyalardan keladigan daromadlar; 

investitsion faoliyatdan olingan daromadlar; 

boshqa daromadlar. 
Shuningdek, o’z faoliyati hisobidan pullarning kelib tushishi 
amortizatsiya ajratmalari, chiqib ketgan mol-mulkni sotish, maqsadli 
tushilmalar, qurilishda ichki resurslarni mobilizatsiya qilish, XYuS 
ishtirokchilarining a’zolik va boshqa badallarining kelib tushishi 
hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Moliyaviy 
bozordan 
jalb 
qilinadigan 
resurslar 
aktsiya, 
obligat
siya va boshqa qimmatli qog’ozlarning emissiyasi va sotilishi 
natijasida va shuningdek, kreditlar hisobidan shakllanadi. 


Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushilmalarga sug’urta 
qoplamalari, xoldinglar, assotsiatsiyalar yoki boshqa tarmoq 
tuzilmalaridan kelib tushadigan moliyaviy resurs-lar kiradi. 
Investitsion faoliyatdan resurslar XYuSga qimmatli qog’ozlar, 
boshqa XYuSlarga hissali ishtirok etishdan va h.k.lardan 
olinadigan dividendlar va foizlar ko’rinishida kelib tushadi. 
Yuqoridagi barcha manbalar hisobidan XYuSning xara-jatlari 
amalga oshiriladi. 
XYuSning daromadlari va xarajatlari, uning byudjet va 
byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlari bilan o’zaro aloqalari 
choraklarga bo’lingan tarzda tegishli yil uchun tuziladigan moliyaviy 
rejada o’z aksini topadi. Moliyaviy reja XYuS moliyaviy faoliyatining 
tashkil qilinishi va uning natijasi hisoblangan foydani aks ettiruvchi 
asosiy hujjat bo’lib xizmat qiladi. 
Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmuni bir xil tarzda 
ifodalanaverilmaydi. 
Odatda, 
foyda 
deganda 
XYuS, 
firma, 
korporatsiyalar va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’-ektlar ishlab 
chiqarish-
xo’jalik faoliyatining umumlashti-rilgan tarzda baholovchi 
ko’rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya 
qilish bilan bo
g’liq bo’lgan barcha xarajatlar ustidan oshgan qismi 
tushuniladi. 
Amaliy faoliyatda esa “foyda”ning barcha tushuncha-larini 
quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin: 

realizatsiya qilinadigan tovar (xizmat)lar sotish bahosi bilan 
ularni ishlab chiqarish xarajatl
ari o’rtasi-dagi farq sifatida 
aniqlanadigan foyda; 

sof aktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi miqdorlarining farqi 
sifatida aniqlanadigan faoliyat-
ning ayrim davriga tegishli bo’lgan 
foyda (uning kapital-lashtirilganligi); 

foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tushu-nish. 
Foydaning mazmunini aniqlashga bo’lgan yondoshuvning 
turlicha ekanligidan kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan 
hisobot ma’lumotlarining standart paketlariga qarab turib, uning 
miqdori to’g’risida aniq bir fikrni aytishning hamma vaqt ham iloji 
yo’q. 
Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYuSlar, ko’p 
hollarda, foydaning quyidagi ko’rinishlariga (tushunchalariga) 
tayanadi: 

asos foyda; 

balans foyda; 



sof foyda yoki sof daromad. 
Asos foyda deyilganda hisobot davrida kutilayotgan foyda 
tushuniladi. Bu ko’rsatkich asos rentabellikni hisoblashda, 
nomenklatura pozitsiyalari bo’yicha miqdor va tannarx aniq ma’lum 
bo’lmagan paytda keng assortimentli buyumlar tayyorlovchi 
XYuSlar, birlashmalar bo’yicha rejalashtirilayotgan yil uchun foyda 
analitik metodda aniqlanayotganda 
qo’llaniladi. 
Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatning 
barcha turlari bo’yicha olingan foydaning umumiy summasidan 
iborat. 
Sof foyda yoki sof daromad operatsion davr mobaynida olingan 
tushumdan barcha chegirmalar va xarajatlar chiqarilganidan so’ng 
vujudga keladi. Ma’lum bir miqdorda sof foydaning (netto-foydaning) 
olinishiga erishilsagina tadbirkorlik jarayonini amalga oshirish 
o’zining mazmuniga ega bo’ladi. 
Hisobotlarda foyda quyidagi ko’rinishlarda aks ettirilishi 
mumkin: 

yalpi foyda; 

operatsion foyda; 

sof foyda. 
XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari foyda va 
zararlar to’g’risidagi hisobotda o’z aksini topadi. Bu hisobot 
moliyaviy tahlil uchun zarur bo’lgan quyidagi muhim ma’lumotlarni 
o’zida namoyon etadi: 

mahsulotni sotishdan olingan tushum summasi; 

soliqqa tortilgunga qadar foyda summasi; 

foydadan olinadigan soliq summasi

XYuSning ixtiyorida qoldiriladigan foyda (sof foyda yoki foyda- 
netto) summasi. 
Foydani tahlil qilish uchun ayrim ko’rsatkichlar yuqoridagi 
hisobotda mavjud bo’lmaganligi uchun ba’zi bir analitik indikatorlar 
qo’shimcha tarzda hisoblanmog’i lozim. Bundan tashqari bu 
jarayonda XYuS faoliyatiga ichki va tashqi omillarning hamda soliq 
omilining ta’sirini alohida-alohida tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’lish 
juda zarur. Shuningdek, tahlil uchun qulay shaklda har qanday 
ma’lu-motni operativ ravishda olish ham muhim hisoblanadi. 
Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning turli manbalarini 
hisobga olish kerak. Bu manbalarning ma’lum bir qismi foyda va 
zararlar to’g’risidagi hisobotda ifodalangan, u yerda ular, birinchidan, 
faoliyatning odatdagi ko’rinishi bo’yicha daromadlar va xarajatlar, 


ikkinchidan esa, boshqa daromadlar va xarajatlar sifatida 
guruhlashtiriladi. 
Faoliyatning odatdagi ko’rinishi bo’yicha daromadlar va 
xarajatlar quyidagi tarzda hisoblanadi: eng avvalo, sotilgan tovarlar, 
mahsulotlar, ishlar, xizmatlardan (qo
’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar 
va shularga o’xshash majburiy to’lovlar chegirilgan) olingan tushum 
va ularning tannarxi o’rtasidagi farqdan iborat bo’lgan yalpi foyda 
aniqlanadi. 
Yalpi foydadan tijorat va boshqaruv xarajatlari chegirilsa
sotuvdan olin
gan foyda paydo bo’ladiki, u faoliyatning odatdagi 
ko’rinishidan foydani xarakterlaydi. Undan so’ng boshqa daromadlar 
va xarajatlarni hisobga olgan holda soliqqa tortilguncha foyda 
hisoblanadi. 
Odatda, 
boshqa 
daromadlar 
va 
xarajatlar 
quyidagilardan iborat 
bo’ladi: 

olinishi lozim bo’lgan foizlar; 

to’lanishi lozim bo’lgan foizlar; 

boshqa tashkilotlarning faoliyatida ishtirok etishdan olingan 
daromadlar; 

boshqa operatsion daromadlar; 

realizatsiyadan tashqaridagi daromadlar; 

realizatsiyadan tashqaridagi xarajatlar. 
Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi hisobot davri 
davomidagi XYuS faoliyatining samaradorligini ko’rsatishdan iborat. 
Buxgalteriya 
hisobi 
XYuSning 
daro-madlari 
va 
xarajatlari, 
shuningdek, uning sof moliyaviy natijasi 
– sof foyda – to’g’risida 
ma’lumot olishga imkon beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, soliqqa 
tortilgunga qadar foydaning summasi aniqlanganidan so’ng uning 
miq-dori (summasi) soliq qonunchiligiga muvofiq korrektirovka qilishi 
va foyda hisobidan qoplanadigan soliqlarning summasi 
chegirilmog’i 
lozim. 
Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortil-gunga qadar 
bo’lgan foyda va nihoyat, sof foydani formu-lada quyidagicha 
ko’rsatish mumkin: 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin