YaF к = T р - T т Bu yerda:
YaF к - XYuSning yalpi foydasi;
T р - tovarlar, mahsulotlar, ishlar va
xizmatlarni realizatsiya qilishdan
olingan tushum;
T т - sotilgan tovarlar, mahsulotlar va
xizmatlarning tannarxi.
SOF к =
YaF к - TX – BX Bu yerda:
SOF к - XYuSning sotuvdan olgan foydasi;
YaF к - XYuSning yalpi foydasi;
TX - tijoriy xaraxatlar;
BX - boshqaruv xarajatlari.
STF к =
SOF к + BD – BX Bu yerda:
STF к - soliqqa tortilgunga qadar XYuSning
foydasi;
SOF к - XYuSning sotuvdan olgan foydasi;
BD - boshqa daromadlar;
BX - boshqa xarajatlar.
SF к =
STF к - FOS Bu yerda:
SF к - XYuSning sof foydasi;
STF к - soliqqa tortilgunga qadar XYuSning
foydasi;
FOS - foydadan olingan soliq.
Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lan-ganidan
so’ng uning qolgan qismi XYuS tomonidan mustaqil ravishda
taqsimlanadi va foydalaniladi. Foydaning bu qismi investitsion,
ishlab chiqarish va sotsial xaraktyerdagi ehtiyojlarga sarflanishi
mumkin.
Uni
taqsimlash
jara-yonida,
albatta,
XYuSning
investitsiyalarga bo’lgan ehtiyoji hisobga olinmog’i lozim. Shuning
uchun ham bozor kon’yunk-turasini hisobga olgan holda foydadan
ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga ajratmalarning miqdori aniqla-
nadi va ular kapital qo’yilmalar, aylanma mablag’larni ko’paytirish,
ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishla-
rini ta’minlash, yangi
texnologiyalarni joriy etish uchun foydalaniladi.
Foyda hisobidan rezerv fondi ham shakllantiriladi, chunki bozor
iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik tavakkalchiliklarining darajasi
keskin oshadi. Bu fond har yillik ajratmalar hisobidan tashkil qilinadi.
Ajrat-
malarning miqdori esa XYuSning ta’sis hujjatlariga muvofiq
belgilanadi.