foyda olish yoki XYuSning
boshqa
maqsadlariga
erishish
uchun
foydalaniladigan
resurslarning pul qiymati XYuSning xarajatlari deyiladi.
“Xarajatlar” tushunchasi “tannarx” tushunchasiga nisbatan
kengroq hisoblanadi. Chunki tannarx umumiy xarajatlarning bir
qismini (oddiy takror ishlab chiqarish xarajatlarini) o’zida aks ettiradi.
Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulot (ish va xizmat)ni
ishlab chiqarish (ko’rsatish) jarayonida foyda-laniladigan xomashyo,
materiallar, yoqil
g’i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va
ularni
ishlab
chiqarish
hamda
realizatsiya
qilish
boshqa
xarajatlarining qiymatiy bahosidan iborat. Amaliyotda “mahsulotning
umumiy tannarxi” va “mahsulot birligining tannarxi” tushunchalari
mavjud.
Iqtis
odiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo’jaligi,
savdo, umumiy ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning tannarxi tarkibiga xarajat-larni aks ettirish (kiritish)ning
o’ziga
xos
xususiyatlari
mavjud.
Tannarxga
kiritiladigan
xarajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq etilayotgan soliq
siyosatiga va ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning ahvoli (holati) va
tarkibiy tuzilishiga bog’liq.
XYuS faoliyatining shart-
sharoitlari va yo’nalishlariga bog’liq
ravishda xarajatlar quyi
dagi ikki yirik guruhga bo’linadi:
ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq xarajatlar;
sotishdan tashqari xarajatlar;
Ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajat-lar
tarkibiga, odatda, quyidagilar kiritiladi:
mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va etkazib berish, ishlarni
bajarish, xizmatlarni ko’rsatish, tovar (ish, xizmat, mulkiy huquq)larni
sotib olish va sotish xarajatlari;
asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va
ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish,
shuningdek, ularni tuzatilgan holatda saqlab turish xara-jatlari;
tabiiy resurslarni o’zlashtirish xarajatlari;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanma-
lari bilan bog’liq
bo’lgan xarajatlar;
majburiy va ixtiyoriy sug’urta xarajatlari;
ishlab chiqaris
h va realizatsiya bilan bog’liq bo’lgan boshqa
xarajatlar.
Yuqoridagilardan tashqari bu xarajatlar yana quyida-gicha
guruhlanishi mumkin:
moddiy xarajatlar;
mehnat haqi xarajatlari;
hisoblangan amortizatsiya summalari;
boshqa xarajatlar.
XYuS umumiy xarajatlarining summasidan iborat
bo’l-gan
ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi:
moddiy xarajatlar;
amortizatsiya ajratmalari;
mehnatga haq to’lash xarajatlari;
ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining
o’zgarishi va
boshqa xarajatlar;
kelgusi davr xarajatlari;
kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari;
va boshqalar.
Sotishdan tashqari xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarish va
sotish bilan bog’liq bo’lmaydi.
Resurslarning samarali
boshqaruvchanligini ta’min-lash uchun
mahsulotning tannarxi XYuSning alohida olingan bo’linmalari
bo’yicha hisoblanadi. U o’z ichiga shu bo’linma-ning xarajatlarini
olib, ma’lum davr uchun XYuS xara-jatlarining rejali hisobini, ya’ni
byudjetini (smetasini) tuzish uchun asos
bo’ladi.
XYuSning barcha xarajatlarini turli yo’nalishlar bo’yicha (u yoki
bu klassifikatsiyaning asosida nima qo’yilgan-ligiga bog’liq ravishda)
tasniflash (klassifikatsiya qilish, turkumlarga ajratish) mumkin.
Odatda, xarajatlarning klas-sifikatsiyasi ularning quyidagi belgilar
bo’yicha tasnif-lashni o’z ichiga oladi:
ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan;
iqtisodiy elementlariga
ko’ra;
kalkulyatsiya moddalari
bo’yicha;
mahsulot tannarxiga o’tkazilish usuliga muvofiq;
davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab;
va boshqalar.
Ishlab
chiqarish
hajmiga
nisbatan
xarajatlar
quyidagi
guruhlarga klassifikatsiya qilinadi:
doimiy (o’zgarmaydigan) xarajatlar;
o’zgaruvchan xarajatlar.
Doimiy (o’zgarmaydigan) xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga
bog’liq bo’lmaydi. Bu xarajatlar, hatto XYuS ishlamay turgan
hollarda ham yoki uning tashkil qilinish davrida ham mavjud bo’ladi.
Bunday
xarajatlarning
qato-
riga
o’z
asosiy
fondlarining
amortizatsiyasi, binolarning ijarasi, ma’muriyat va xizmat
ko’rsatuvchi xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim ko’rinishlari va
boshqalar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan
proportsional ravishda o’zgaradi. Bunday xarajat-larning tarkibi
xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor
mahsulotlar, texnologik ehtiyojlar uchun yoqilg’i va energiya, asosiy
ishchilarning ish haqlari va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan
xarajatlardan iborat.
Bir vaqtning o’zida XYuS xarajatlarining
doimiy
(o’zgarmaydigan) xarajatlar va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’linishi
shartli xarakterga ega. Buning sababi shundaki, uzoq vaqt
davomida XYuSning barcha xarajatlari o’zgaradi. Shuning uchun
ham ular ko’p hollarda shartli-doimiy (shartli-o’zgarmaydigan) va
shartli-
o’zgaruvchan xarajatlar deb yuriti-ladi. Xarajatlarning bunday
bo’linishidan
zarar
(ziyon)siz-lik
tahlil
qilinganda,
ishlab
chiqariladigan mahsulotning tarkibiy tuzilmasini optimallashtirishda
va moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirish (o’tkazish)da foydala-
n
iladi. Doimiy (o’zgarmaydigan) xarajatlar va o’zgaruvchan
xarajatlarning yig’indisi mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya
qilish xarajatlarining umumiy summasini tashkil etadi.
Iqtisodiy elementlariga ko’ra xarajatlarni quyidagi guruhlarga
bo’lish mumkin:
a) moddiy xarajatlar:
-
xomashyo va materiallar;
-
sotib olingan butlovchi buyumlar va yarim tayyor
mahsulotlar;
-
yoqilg’i;
-
texnologik maqsadlar uchun elektroenergiya;
-
va boshqalar.
b) mehnat haqi xarajatlari;
v) tasdiqlangan yagon ijtimoiy soliq stavkasiga muvo-fiq
ravishda ish haqi fondiga hisoblashlar;
g) asosiy vositalarning amortizatsiyasi;
d) boshqa xarajatlar:
- ijara haqi;
-
majburiy sug’urta to’lovlari;
- tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar;
- va boshqalar.
Iqtisodiy elementlar xarajatlarning bir xil ko’ri-nishlari bo’lib, ular
mahsulotni ishlab chiqarish va rea-lizatsiya qilishda aniq bir rolni
o’ynaydi. Xarajatlarning iqtisodiy elementlarga bo’linishidan
mahsulot barcha hajmini ishlab chiqarish xarajatlarining smetasini
tuzish-da foydalaniladi. Tannarxning elementli tarkibiy tuzil-masi
xarajatlar u yoki bu ko’rinishi salmog’iga bog’liq ravishda sanoatning
tarmoqlari bo’yicha farqlanadi. Agar moddiy (material) sig’imli
tarmoqlarda mahsulot tannar-xining tarkibida moddiy xarajatlar hal
qiluvchi
o’rinni egallasa, mehnat sig’imli tarmoqlarda esa asosiy
hissa mehnat haqiga to’g’ri keladi. Energiya sig’imli tarmoqlar ham
mavjud bo’lib, ularning tannarxida energetika resurs-larining xarajat-
lari (rangli metallurgiya, ximiya sanoati, engil metallarni ishlab
chiqarish) katta salmoqni egal-
laydi. O‘z navbatida, fond sig’imli
tarmoqlarda katta salmoq asosiy fondlarning amortizatsiyasi va
ularni saqlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarga to’g’ri keladi.
Kalkulyatsiya moddalari bo’yicha xarajatlar quyidagi guruhlarga
bo’linadi:
xomashyo va materiallar;
qaytariluvchi chiqindilar;
texnologik maqsadlar uchun yoqilg’i va energiya;
asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo’shimcha ish
haqlari;
yagona ijtimoiy soliqqa hisoblashlar;
mashina va dastgohlarni saqlash xarajatlari;
umumishlab chiqarish xarajatlari;
umumxo’jalik xarajatlari;
boshqa ishlab chiqarish xarajatlari;
tijorat xarajatlari.
Xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo’yicha (klas-sifikatsiya
qilinishi) mahsulotlarning alohida turlari
bo’yicha uning o’ziga xos
bo’lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu
belgiga ko’ra XYuSlarning xarajatlari ikkiga bo’linadi:
to’g’ri (bevosita) xarajatlar;
egri (bilvosita) xarajatlar.
To’g’ri (bevosita) xarajatlarga mahsulotning aniq bir turini ishlab
chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi. Ular shu
mahsulotning tannarxiga bevosita kiri-tiladi. Masalan, xomashyo,
asosiy material xarajatlari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va
mahsulotning ma’lum bir turi bo’yicha butlovchi buyumlar bilan
bog’liq bo’lgan xarajatlar ana shunday xarajatlar hisoblanadi. Egri
(bilvosita) xarajatlar butun XYuSda ishlab chiqarish jarayonini
amalga oshirish yoki mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab
chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, binolar va dastgohlarni
saqlash, ularni ta’mirlash xarajatlari, boshqaruv apparatiga tegishli
bo’lgan ish haqi xarajatlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu
xarajatlar konkret turdagi buyumlarning tannarxiga qanday-dir bir
shartli asosga ko’ra proportsional ravishda, ko’p hollarda, to’g’ri
(bevosita) xarajatlarga nisbatan to’g’ri proportsional ravishda
kiritiladi.
Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar
ikkiga bo’linadi:
norma (me’yor)lashtiriladigan xarajatlar;
norma (me’yor)lashtirilmaydigan xarajatlar.
Xarajatlarning bunday bo’linishi, odatda, soliqqa tortish
sohasida tegishli qaror qabul qilinayotgan paytda qo’llaniladi. Norma
(me’yor)lashtiriladigan xarajatlarga soliqqa tortiladigan foydani
hisoblash maqsadi
da o’rna-tilgan (belgilangan) norma (me’yor)lar
doirasidagi xara-jatlar kiradi.
Chiqimlarni kamaytirish XYuS ishi samaradorligini oshirishning
eng muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Odatda, chiqimlarni
kamaytirishning quyidagi asosiy yo’l-lari ajratilib ko’rsatiladi:
resurslarni tejaydigan innovatsion texnologiyalarni
qo’llash;
mehnat unumdorligini oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sifatini
yaxshilash;
kadrlarning malakaviy darajasini oshirish;
XYuS taraqqiyotining strategik maqsadlarini asoslash va qabul
qilingan strategiyani aniq ijro etish;
XYuSni
boshqarish
texnikasi
va
texnologiyasini
tako-
millashtirish, qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligini
ta’minlash;
xomashyo va material xarajatlarining salmog’ini pasaytirish,
ta’minlovchi xizmatlarning uzluksiz ishlashiga erishish;
marketing xizmatining samarali ishlashi, XYuSning marketing
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
XYuSdagi yo’qotmalarning barcha ko’rinishlarini qisqar-tirish,
chiqindilar, ikkilamchi materiallar va energore-
surslardan, yo’lovchi
mahsulotlardan va h.k.lardan foyda-lanish.
XYuS xarajatlarini tahlil qilish uchun asos bo’lib byudjet tuzish
(smetalarni ishlab chiqish, xarajatlarni rejalashtirish va farqlanishni
nazorat qilish) xizmat qiladi. Bu xarajatlarni qisqartirishdagi
uzilishlarni amalga oshirish bo’yicha XYuS turli bo’linmalarining
hara-katini
aniqlashga
imkon
beradi,
bu
ishning
istiqbolli
yo’nalishlarini aniqlaydi.
Moddiy xarajatlar (FIFO, LIFO, qiymatning o’rtacha tor-
tiluvchanligiga ko’ra baholash), mehnat xarajatlari, amor-tizatsiya
ajratmalari va ularning boshqa ko’rinishlarini hisoblash metodikasi
tahlil jarayonida muhim tarkibiy qism sifatida maydonga chiqadi.
XYuS xarajatlarini samarali boshqarish uc
hun zarur bo’ladigan
yuqorida bayon etilgan tarkibiy qismlardan (rejalashtirish, hisob-kitob
metodlari, byudjetlashtirish, tahlil) tashqari yana boshqaruv hisobini
ham ta’kidlab o’tish kerakki, uni yo’lga qo’ymasdan turib, xarajatlarni
samarali boshqarishn
ing iloji yo’q. Boshqaruv hisobi xarajatlarning
doimiy (o’zgarmaydigan) va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’linishiga,
XYuSning xo’jalik yuritish sharoitlariga bog’liq ravishda ularning
xususiyatlariga asoslanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish XYuSning
mol etkazib beruvchilar bilan munosabatlarini rivojlantirish va
optimallashtirish (oqilonalashtirish) bo’yicha rejali ishiga, mehnat,
moddiy
va
moliyaviy
resurslardan
oqilona
foydalanishiga,
iste’molchilarning talablariga va ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlariga
javob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni yaratishiga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |