T. Malikov O. Olimjonov moliya


tartibga solish funksiyasi



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

tartibga solish funksiyasi 
orqali bozor 
iqtisodiyotida ishlab chiqarish va iste’mol, taklif va talab o’rtasida 
aloqa o’rnatiladi (amalga oshiriladi). Shunisi xarakterliki, tartibga 
soluvchi baho tartibga solish jarayonining o’zida vujudga keladi va 
uning o’zi ham tartibga solinuvchi hisoblanadi. Shuning uchun ham 
bu yerda muvozanatli, ya’ni o’z-o’zidan o’rnatiluvchi, darajasi talab 
va taklifning tenglashishiga muvofiq keladigan baho yordamida 
tovar-
pul jarayonlarini o’z-o’zidan tartibga solish funk-tsiyasi 
xususida gapirish aniqroq bo’lur edi. 
Oila byudjetining o’zgarishi, aholi daromadlari va xarajatlarini 
qayta taqsimlash munosabati bilan chakana baholar o’zgarganda 
bahoning 
ijtimoiy funksiyasi 
vujudga keladi. Buning natijasida 
ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarning u yoki bu turlariga nisbatan 
iste’mol qilish hajmlari oshadi yoki kamayadi. Chakana baholarning 
oshishi turmush darajasini pasaytiradi va aksincha, deb e’tirof 
etilgan. Biroq, agar bir vaqtning o’zida chakana baholar bilan 
birgalikda ulgurji baholar va aholi daromadlari ham o’zgarsa, bu 
“manzara” ko’p omilliga aylanadi va baholar dinamikasining turmush 


darajasiga ta’siri xususida xulosa chiqarish uchun yanada chuqurroq 
tahlil o’tkazish zarur bo’ladi. 
Bahoning 
rag’batlantiruvchi funksiyasi 
ishlab chiqa-rishni 
moddiy 
va 
mehnat 
resurslaridan 
samarali 
foyda-lanish, 
mahsulotning ma’lum bir turini ishlab chiqarish yo’nalishlarida 
rag’batlantirish orqali namoyon bo’ladi. Bunday baholar agar ular 
iste’molchi uchun qulay bo’lsa, iste’molni ham rag’batlantiradi. 
Bahoning rag’batlan-tiruvchi funksiyasi bozorni tartibga solishning 
muhim omili hisoblanadi, tovarlar va xizmatlar bozorida talab va 
taklif o’rtasidagi ma’lum bir nisbatning o’rnatilishiga o’z ta’sirini 
ko’rsatadi va shuning uchun ham u talab va taklifni 
muvozanatlashtirish(balanslashtirish) 
funksiyasi 
bilan 
uzviy 
bog’langan. 
Baho funksiyalarining bunchalik ko’pligi, ba’zan alo-hida 
olingan 
unga 
tegi
shli bo’lgan funksiyalar maqsadlari va
vazifalarining o’zaro qarama-qarshiligi shunga olib keladiki, 
bahoning barcha funksiyalarini muvaffaqiyatli ravishda amalga 
oshirish mumkin bo’lmay qoladi. Ratsional va hatto, optimal baholar 
xususida gapirib turib, 
odatda uning bir funksiyasi yoki 
funksiyalarning shunday hamkor-ligini nazarda tutish kerakki, ular 
ma’lum darajada amalga oshgan bo’lsin. Shuning uchun ham bozor 
iqtisodiyotida bahoning ayrim funksiyalari kamroq yoki ko’proq 
yuklama bilan “ishlaydi”. Masalan, mahsulotni qiymat ifodasida 
ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni rejalashtirishda 
foydalaniladigan bahoning funksiyalari aralash iqtisodiyotda davlat 
sektoridagidek emas, balki unga nisbatan kamroq faollikda
namoyon bo’ladi. Shu munosabat bilan bu yerda baho barcha 
funksiyalarining bir-
biri bilan o’zaro bog’langanligi va o’zaro 
ta’sirchanligini, real hayot (amal)da bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan 
dinamik tizim sifatida namoyon bo’layotganligini hisobga olish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin