ustamasi o’z aksini topadi va u
vositachilik qilganligi uchun komission yig’imlarni, vositachining
transport v
a boshqa xarajatlarini, uning qo’shilgan qiymat solig’i va
foydasini o’zida aks ettiradi.
Savdo ustamasi savdo tashkilotlarining mahsulotni sotish
bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarini (muomala xarajatlarini) va ularning
foydasini qamrab
oladi. Hozirgi
paytda
savdo
ustamalari
markazlashtirilgan tarzda tasdiqlanmaydi, ijtimoiy ahamiyatga ega
bo’lgan alohida tovarlar bo’yicha ularning yuqori chegarasi
mintaqaning mahalliy ma’muriyati tomonidan belgilanadi.
Baho yuqorida sanab o’tilgan barcha elementlarni o’zida
mujassam etmasligi ham mumkin. Masalan, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini sotib olish bahosida qo’shilgan qiymat solig’i mavjud
emas. Shuningdek, barcha tovarlar ham aktsizosti tovarlari
bo’lavermaydi, ayrim tovarlar esa iste’molchilarga vositachilarsiz
to
’g’ridan-to’g’ri sotiladi.
Xilma-
xil bo’lishiga qaramasdan, bozor baholari erkin
iqtisodiyotda talab va taklifga muvofiq ravishda o’rna-tiladi.
Hukumatning baholarni shakllantirish tizimiga noo’rin aralashuvi
(bunday deyilganda, odatda, tovarlarga baholarni shakllantirish
jarayoni va baholar tizimi tushuniladi), ba’zi hollarda iqtisodiy
vaziyatni murakkab-lashtirishi mumkin. Buning sababi shundaki,
davlat organlari, odatda, o’zlarining biznesga ishtirok etishlari
natijasida qo’shimcha xarajatlarni vujudga keltiradi.
Baholarni aniqlashning turli-tuman kontseptsiyalari mavjud.
Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
sof qiymat asosida baholarni aniqlash (muallifi G.S.Strumilin);
baholarni
o’rtalashtirilgan
qiymat
asosida
aniqlash
(D.D.Kondratov);
takror ishlab chiqarish baholari (V.S.Nemchinov);
ob’yektiv asoslangan tarzda baholash (L.S.Kantorovich);
oxirgi xarajatlarning baholari (S.S.Shatalin).
va boshqalar.
Bahoni hisoblash (aniqlash)ning