Muqobil ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lgan
omillar ham mavjud. Bu yerda gap XYuS ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan
maksimal
foydalanilganda
mahsulotlarning
maksimal almashuvchanligi, ya’ni mahsu-lotlarning ishlab chiqarish
almashuvchanligi, shuningdek, muqobil texnologiyalarning ham
maksimal almashuvchanligi xususida ketayapti. Qisqasi, bu yerda
ish barcha ishlab chiqarish omillarining (tabiiy resurslar, kapital,
mehnat-ning) maksimal almashuvchanligiga borib taqaladi. Ana
shular asosida muqobil chiqimlar atroflicha to’liq aniq-lanadi va bu
holat baholarni shakllantirishda hisobga olinadi.
Baholarni
shakllantirishning
XYuS
tomonidan
nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajratiladi.
Birinchi guruhga kiruvchi omillarga XYuSning yuqori rahbarlik
organlari va uning funktsional xizmatlari tomonidan boshqariladigan
omillar kiradi. Ikkinchi guruh esa XYuSning o’ziga bog’liq bo’lmagan
omillardan tashkil topadi. Iqtisodiyotning asosiy bo’g’inini bu
omillarga moslashtirish o’z faoliyatida nazorat qilinmaydigan omillar
talablarini hisobga olgan holda nazorat qilinadigan omillarni
boshqarish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Amaliyotda baholarni shakllantirishning yuqorida ko’rib o’tilgan
xususiyatlarini
inobatga
oluvchi
yoki
olmaydigan
baholar
strategiyasining butun bir tizimi mavjud. Quyida ularning eng
muhimlarini bayon etamiz.
Yuqori baholar strategiyasi (“qaymog’ini ajratib olish”)
dastlab tovarlarni ularning ishlab chiqarish xarajatlaridan ancha
yuqori baholarda sotilishini va keyin esa, ularning pasaytirilishini
ko’zda tutadi. Bu patent bilan himoyalangan yangi tovarlarga
tegishlidir. Bunday strategiya joriy talab darajasining yuqoriligi,
tovarning yuqori bahosini iste’molchi tomonidan tovar sifatining
yuqoriligi tarzda e’tirof etilgan va shunga o’xshash boshqa
sharoitlarda mumkin.