T. Malikov O. Olimjonov moliya


Baholarni qimmatli shakllantirish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Baholarni qimmatli shakllantirish 
baholarni shun-day 
o’rnatilishini taqozo etadiki, unga ko’ra bu narsa XYuSning yuqori 
foyda olishini “baho/xarajatlar” foydali nisbatiga erishish hisobidan 
ta’minlamog’i kerak. Buning uchun, eng avvalo, tovarga sotib
oluvchi qanday bahoni to’lashga tayyor ekanligini bilmoq lozim. 
Albatta, turli holatlarning ta’siri mavjud bo’lganligi uchun uni
aniqlash ancha murakkab hisoblanadi. 


Tajribali sotib oluvchilar tovar uchun to’lashga tayyor bo’lgan 
haqiqiy summalarini kamdan-kam hollardagina aytadilar. Ayniqsa, 
bu xususiyat bilan firmalarni ta’minlovchi faoliyat bilan 
shug’ullanuvchilar alohida ajralib turadi. Agar o’zlari xaridor 
bo’layotgan 
tegishli 
tovarlar 
baholarining 
o’zgarib 
turishi 
mumkinligini tushunsalar, ular faqat kerakli tovarning haqiqiy 
bahosini yashiribgina qolmasdan, balki bu xususida ishlab chiqa- 
ruvchini ongli ravishda chalg’itish usullarini ham qidirib topishga 
harakat 
qiladilar. 
Bunday 
vaziyatda 
ishlab 
chiqaruvchi 
marketologlarining iste’molchilar bilan aloqalari asosida qurilgan 
barcha urinishlari uddaburon ta’minotchilar tomonidan ongli ravishda 
tashlangan dezinformatsiya orqali y
o’qqa chiqarilishi mumkin. 
Shuning uchun ham bunday vaziyatda XYuS ta’minotchisi 
mutaxassisining asosiy vazifasi sotib oluvchilar to’lashga tayyor 
bo’lgan bahoda katta miqdordagi buyurtmalarni olmaslik bilan 
belgilanadi. XYuS marketologi va 
ta’minotchilarning o’ziga xos 
bo’lgan san’ati sotib oluvchilardan tovarning haqiqiy bahosini o’zida 
iloji boricha ko’proq aks ettirishi mumkin bo’lgan bahoda to’lashga 
tayyor ekanliklariga erishish orqali ifodalanadi. Bir vaqtning o’zida, 
firmaning yangi mahsulotini qanday bahoda sotib olishga tayyor 
ekanliklari xususida sotib oluvchilarga murojaat qilish hato 
hisoblanadi. Sotib oluvchilar bunday vaziyatda yangi tovarni etarli 
darajada baholay olmaslikka va uning bahosini iloji boricha 
pasaytirishga harakat qilishlari tufayli ularning yuqoridagi savolga 
javoblari salbiy bo’lishi mumkin. Amaliyotda sotuvning haqiqiy 
bahosi marketing tadqiqotlarining natijalari bilan kamdan-kam 
hollardagina bir-biriga mos tushadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin