ichki firmaviy (transfert) baholar degan
tushuncha ham mavjud. Bunday baholar bir firmaning bo’linmalari
yoki bir assotsiatsiya tarkibida bo’lgan bir necha firmalar o’rtasida
mahsulotlar sotilganda qo’llaniladi.
Baholarning
yana
bir
turi
bor.
Ularning
nomi
tabaqalashtirilgan baholar deb yuritiladi. Bunday baholar tabiiy,
hududiy va XYuSlarga bog’liq bo’lmagan boshqa mahsulotni ishlab
chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlaridagi farqlar, shuningdek,
mahsulotning sifa-tidagi farqlarga (navi, yangiligi va boshqa sifat
belgilariga ko’ra) bog’liq ravishda bir xil mahsulotlarga o’rnatiladigan
turli ulgurji, sotib olish va chakana baholardan iborat
bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchi-lar
tabaqalashtirilgan bahol
ardan iste’molchilarning turli guruhlari uchun
foydalanadi. Bunda ishlab chiqaruvchi sotib oluvchilarning har bir
guruhi uchun maksimal baholarni o’rnatishga harakat qiladi. Bunday
baho sotib oluvchining
rezervlashtirilgan baho si deyiladi. Rezerv-
lashtiri
lgan bahoning sotib oluvchilar daromadlariga bog’liq ravishda
o’rnatilishi
bahoning
ideal
diversifi-katsiyasi
deb
ataladi.
Tabaqalashtirilgan baholar sotib olinayotgan tovarlarning miqdoriga
bog’liq ravishda ham o’rnatilishi mumkin. Bunga muvofiq ravishda
tovarlarning kichik partiyalari va bir martalik buyumlar uchun baholar
yuqori, ular yirik partiyada sotib olinganda esa baho-larning darajasi
ancha pasaytirilishi mumkin.
Baholarning har bir turi ularga tegishli bo’lgan shakllantirish va
foydalanish xususiyatlariga ega. Masalan, XYuSlarning ulgurji
baholari sanoat tovarlarining turli guruhlariga tegishli bo’lgan o’ziga
xos belgilar bilan xarakterlanadi. Energiya tashuvchilarning bahosi,
o’z navbatida, boshqalardan tashqari, resurslarni tejab-te-rgash
siyosa
tini amalga oshirishda muhim iqtisodiy richag bo’lib
hisoblanadi.
Aniq baho o’zida ma’lum bir elementlarni mujassam etadi.
Ularning ahamiyati absolyut ifodalanishda