ko’radi. Shunga mos ravishda bahoning modeli ham oddiy yoki bir
xil bo’lishi mumkin emas.
Tovarlar har doim qiymat va iste’mol qiymatining o’zaro
yaxlitligidan iborat. Tovarning iste’mol qiymatini tovarning qandaydir
bir ehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida tushunish qabul qilingan.
Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib
oluvchilarning talablarini
qondirish maqsadida iste’mol va buning natijasida tovar ishlab
chiqaruvchi tomonidan foyda olish uchun amalga oshiriladi. Demak,
past iste’mol qiymatiga ega bo’lgan tovarlar past qiymatga ega
bo’ladi va aksincha, yuqori darajadagi iste’mol qiymati qiymatning
ham yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi.
Shuning uchun ham
bahoni aniqlashda faqat tegishli ne’matni ishlab chiqarish
xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki tovarning sifati orqali
namoyon bo’ladigan uning iste’mol qiymatini, uning foydaliligini ham
hisobga olmoq lozim. Bundan baho bozor mexanizmining pulda
ifodalangan
muhim elementidir, degan xulosa kelib chiqadi.
Baho yordamida mol etkazib beruvchi va ist
e’molchi
foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi, ular bir resurs bilan
ta’minlanadi, bir vaqtning o’zida ikkinchi resursni oladi, buning
natijasida resurslarning foydaliligi oshadi. Shunday qilib, baho
kerakli mahsulot yoki xizmatga ega bo’lish uchun kishi berishi lozim
bo’lgan resurslarning miqdoridir. Bahoning
ijtimoiy zaruriy mehnat
xarajatlariga yaqinlashishini ta’minlovchi modeli ana shundan
iborat. Yuqorida bayon qilingan holatlarga asoslanib vujudga
keltirilgan baho o’ziga tegishli bo’lgan funksiyalarni bozor
iqtisodiyotida yaxshi bajaradi.
Eng avvalo, baho yordamida barcha tovarlarning yoki tovar
birligining hajm, dona va og’irlik birliklaridagi
qiymati pul birliklarida
o’lchanadi. Pulli ekvivalentning mavjud ekanligi bahoga miqdor va
son s
hakllaridagi tovar qiymatini ifodalovchi yoki o’lchovchi sifatida
maydonga chiqishga imkon beradi. Bir vaqtning o’zida baho pulda
ifodalangan turli tovar qiymatlarining o’lchovchisi hamdir.
Ko’rilayotgan ana shu sifatda baho umumiqtisodiy samara-dorlikning
eng muhim ko’rsatkichlaridan biri sanaladi, xo’jalik
qarorlarini qabul
qilish uchun mo’ljal, bashorat-lashning muhim vositasi bo’lib xizmat
qiladi.
Yuqorida-gilarning
barchasi
bahoning
Dostları ilə paylaş: