T. Malikov O. Olimjonov moliya


  Aylanma mablag’larni me’yor(norma)lashtirish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

11.3. 
Aylanma mablag’larni me’yor(norma)lashtirish 
Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foyda-lanishni tashkil 
qilish uchun unga nisbatan bo’lgan ehtiyojni aniqlash usullari va 
rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular 
zaxiralarining hara-katini boshqarish tizimini avtomatlashtirish 
xususida o’ylamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manba- 
laridan samarali foydalanish, materiallarning sarfla-nishi va ularning 
saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak. 
Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish 
uchun aylanma mablag’lar quyidagi ikki ikki guruhga bo’linadi: 

me’yor(normalashtiriladigan aylanma mablag’lar; 

me’yor(norma)lashtirilmaydigan aylanma mablag’lar. 
Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’larga aylanma ishlab 
chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot 
zaxiralari kiradi. 
Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar esa 
ombordagi tayyor mahsulot zaxira-laridan tashqari muomala 
fondlarining barcha element-
larini o’z tarkibiga oladi. Aylanma 
kapitalning o’lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma 
mablag’larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi. 
Moddiy aylanma mablag’larni rejalashtirishning asosini 
normativ usuli tashkil etadi. Unga ko’ra aylanma mablag’larning 
normativi belgilanadi, transport, sug’urta, tayyorgarlik, texnologik, 
joriy zaxiralarni ham qo’shgan holda zaxiralar normalashtiriladi, 
moddiy resurslarning barcha ko’rinishlari, tugallanmagan ishlab 
chiqarish, ombor-dagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar 
normasi o’rna-tiladi. 
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha 
bosqichlardan iborat. Dastl
ab, aylanma mablag’larning har bir 
elementi bo’yicha ishlab chiqarish zaxiralarining normasi ishlab 


chiqiladi. Ishlab chiqarish zahiralarining me’yori ishlab chiqarish 
jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asoslangan 
rejali 
hajmidan iborat bo’lib, u eng avvalo, quyidagilarni o’z ichiga 
oluvchi XYuS ish sharoitiga bog’liq: 

ishlab chiqarish tsiklining uzoq-yaqinligi; 

ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri; 

mol etkazib beruvchilarning uzoqligi; 

mol etkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi

materiallar sifati; 

hisob-kitoblar tizimi; 

va boshqalar. 
Norma (me’yor) normalashtiriladigan moddiy resurs-larga 
(ularning har bir turi bo’yicha) bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyojlarning 
hajmi va mol etkazib berishlar 
o’rtacha intervali (oraliq)ning 
uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda o’rnatiladi 
(belgilanadi). Demak, agar ana shu oraliq, masalan, 24 kunga teng 
bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu kunlar oralig’ida 
ishlab 
chiqarish 
tsiklining 
normal 
(sog’lom) 
rivojlanishini 
ta’minlashga etarli bo’lmog’i lozim. 
Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko’rinishdagi 
tovar-
moddiy boyliklar xarajatlarining normasi (me’yori) asosida 
normalashtiriladigan zaxira-
larni yaratish uchun zarur bo’lgan 
aylanma mablag’larning hajmi aniqlanadi. Agar me’yor kunlarda 
aniqlansa (belgilansa), u holda aylanma mablag’larning normativi 
XYuSning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi uchun minimal 
darajada zarur bo’lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan 
rejalashtirilgan zaxiralaridan iboratdir. 
Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslash-tiriladigan 
aylanma mablag’lar normativining formulasi quyidagi ko’rinishga 
ega: 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin