T. Malikov O. Olimjonov moliya


Q  аичф  - yil davomida kiritilgan asosiy ishlab  chiqarish fondlarining qiymati;  Q



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019


аичф 
- yil davomida kiritilgan asosiy ishlab 
chiqarish fondlarining qiymati; 

баич 
- barcha asosiy ishlab chiqarish fondlari- 
ning yil oxiridagi qiymati. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining chiqish (chiqib ketish) 
koeffitsienti 
esa 
eskirgan 
ishlab 
chiqarish 
appa-ratining 
foydalanishdan chiqib ketish dinamikasini ifodalaydi va u 
quyidagicha aniqlanadi: 



ч 
= (Q 
аичфл 
: Q 
аичфб 
) x 100% 
 
Bu yerda: 

ч 
- chiqish (chiqib ketish) koeffitsienti; 

аичфл 
- yil davomida tugatilgan 
(likvidatsiya qilingan) asosiy ishlab 
chiqarish fondlarining qiymati; 

аичфб 
- asosiy ishlab chiqarish fondlarining 
yil boshidagi qiymati. 
Shunday 
qilib, 
asosiy 
kapital 
doiraviy 
aylanishining 
samaradorligi, ko’p jihatdan, amortizatsiya ajratmalarining maqsadli 
foydalanilishini, ishlab chiqarish apparatining rivojlanishiga emission 
daromad va sof foydaning kerakli miqdorlarda reinvestitsiya 
qilinishini oldindan aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda bu yerda, 
yangi 
texno-logik 
tizimlardan 
foydalanish, 
mashina 
va 
dastgohlarning yuklamalik darajasi, asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining 
o’z 
vaqtida 
yangilanishi 
va 
chiqib 
ketishi, 
moliyalashtirishning mumkin bo’lgan barcha manbalarini faol jalb 
qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
11.2. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va 
foydalanish samaradorligi 
 
Aylanma kapital XYuS aylanma (o’zgaruvchan) aktiv-lariga 
avanslashtirilgan kapital qiymatini o’zida ifoda-laydi. Bu kapital 
XYuS balansining “Aylanma aktivlar” deb nomlangan ikkinchi 
bo’limida aks ettiriladi. Odatda, aylanma kapital quyidagi bir necha 
asosiy guruhlarga 
bo’linadi: 

takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hisobga olgan 
holda funktsional mo’ljallanganligi bo’yicha; 

shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga 
ko’ra; 

likvidlik darajasiga qarab; 

va boshqa belgilariga muvofiq. 
Aylanma kapital juda 
ko’p funksiyalarni bajaradi. Ularning 
orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsa-tish mumkin: 

takror ishlab chiqarish; 

rag’batlantirish; 

taqsimlash; 



ishlab 
chiqarish 
va 
muomala 
sohasining 
yagonaligini 
ta’minlash; 

ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta’minlash; 

va boshqalar. 
Aylanma kapital o’z funksiyalarini ham pulli va ham natural- 
buyum shakllarida amalga oshiradi. 
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funk-tsional 
jihatdan quyidagi ikki tashkil etuvchisi belgilab (aniqlab) beradi: 

aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma 
ishlab chiqarish fondlari; 

muomala fondlari. 
Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum 
shakllariga, eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan iborat bo’lgan 
quyidagilar kiradi: 

xomashyo va asosiy materiallar; 

sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar; 

yoqilg’i; 

qadoqlash va qadoqlash materiallari; 

jor
iy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar; 

inventarlar va xo’jalik buyumlari; 

tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari; 

o’z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari

kelgusi davr xarajatlari; 

boshqa xarajatlar. 
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi 
muomala fondlari quyidagi guruhlardan iborat: 

tayyor mahsulot va qayta sotishga mo’ljallangan tovarlar, ortib 
jo’natilgan tovarlar; 

pul mablag’lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valyuta 
hisobvaraqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisob- varaqlari 
(akkreditivlar va chek daftarchalari, depozit hisobvaraqlari, boshqa 
to’lov hujjatlari); 

qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatda) moliyaviy 
qo’yilmalar – boshqa XYuSlar qimmatli qog’ozlariga investitsiyalar, 
davlat va mahalliy zayomlarning foizli obligatsiyalari, boshqa 
XYuSlarga berilgan zayomlar, aktsionerlardan o’z aktsiyalarini sotib 
olish; 

debitorlik qarzlarining barcha ko’rinishlari, sotib oluvchilar va 
buyurtmachilarning 
qarzlari, 
olinuvchi 
veksellar, 
“qiz” 
va 
bo’ysunuvchi jamiyatlarning qarzlari, ustav kapitaliga badallar 


bo’yicha ta’sischilarning qarz-lari, berilgan avanslar, boshqa 
debitorlarning mablag’-lari. 
Aylanma 
kapitalning 
boshqa 
qismi 
pulli 
ko’rinishda 
shakllantiriladi va aylanma fondlarning iqtisodiy elementlariga pulli 
kapitalni doimiy avanslashtirish ko’rinishida doiraviy aylanishda 
bo’ladi. Pul mablag’-larining doiraviy aylanishi XYuS tomonidan 
ishlab chiqarishga zarur bo’lgan moddiy resurslar qiymatining 
to’lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mahsulotni 
sotishdan olingan tushum ko’rinishida qaytishi bilan tugallanadi. 
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiymat 
kategoriyasi sifatida saqlanib qolsa-
da, o’z tarkibiy qismlarining 
funktsional shakllarini uzluksiz ravishda quyidagi ketma-ketlikda 
o’zgartiradi: pul mablag’lari – xomashyo va materiallar zaxiralari – 
tayyor mahsulot 
– debitorlik qarzlari – tushum ko’rinishida 
tushadigan pul mablag’lari. Bunda aylanma kapital kompaniya 
moliyaviy holatining o’lchovchisi va tartibga soluvchisi hisoblanadi. 
Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirish 
manbalari quyidagilardan iborat: 

o’z va ularga tenglashtirilgan mablag’lar; 

qarz va jalb qilingan 
mablag’lar. 
O‘z navbatida, aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllan-tirish va 
moliyalashtirishning o’z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi: 

ustav kapitali; 

foyda; 

emission daromad. 
Emission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi deb ham 
yuritiladi. 
O‘z mablag’lariga tenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan, 
ya’ni XYuS aylanmasida doimiy ravishda mavjud bo’ladigan jalb 
qilingan mablag’lardan iborat. Ish haqi va sotsial sug’urta bo’yicha 
qarzlar, qadoqlarni qaytarish bo’yicha garovlar, kelgusi davr 
xarajatlarini qoplash bo’yicha zaxiralar shu shaklda vaqtinchalik 
foydalanilishi mumkin. 
Qarz mablag’lar o’z aylanma mablag’larining etmagan qismini 
to’ldirishga mo’ljallangan. Ularning tarkibiga: 

banklarning qisqa muddatli kreditlari

zayomlar; 

uzoq muddatli kreditlarning bo’sh mablag’lari kiradi. 
Jalb qilingan 
mablag’lar: 

mol etkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarzlari; 



to’lanuvchi veksellar; 

“qiz” XYuSlar va bo’ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet 
oldidagi qarzlar; 

olingan bo’nak (avans)lar; 

va boshqa kreditorlar ko’rinishida maydonga chiqadi. 
Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini ifodalovchi 
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar aylanma mablag’-lar aylanishining 
soni va aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzoqligi 
hisoblanadi va ular quyidagicha aniqlanadi: 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin