GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO’LIMI QXMS va DIT YO’NALISHI 2-KURS 18-21-GURUH TALABASI SAIDQOSIMOV UCHQUNNING “OQ OLTIN DON MAHSULOTLARI” AJ DAGI MALAKAVIY AMALIYOTINING
MUNDARIJA
1
KIRISH
“OQ OLTIN DON ” AJ HAQIDA
OQOLTIN DONNING BO’LIMLARI
KIRISH Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismining birini un va yorma tashkil etadi. Un va yorma ishlab chiqarish uchun hom ashyo sifatida bug’doy, javdar, sholi, arpa va boshqa donlar ishlatiladi. Oxirgi yillarda un va yorma ishlab chiqarish sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda. Bunda yuqori navli un va yormalar ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Tarkibida oqsil miqdori va tolasimon moddalar miqdori har xil bo’lgan unlar, vitaminlar va mikroelementlar bilan boyitilgan unlar, pishirish vaqti qisqartirilgan va pishirishni talab qilmaydigan yorma va un mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Ilm va amaliyotning yutuqlarini keng tadbiq etish natijasida donni qo’llash samaradorligi sezilarli darajada oshdi, elektr energiya sarfi kamaydi, un va yormalarning oziqaviy qimmati oshdi.
Un donni maydalash jarayonida hosil bo’ladigan mahsulot. Agar u faqat donning ichki qism endospermidan olingan bo’lsa - bunday un navli, don qobiqlari va murtagi bilan birgalikda to’liq maydalangan bo’lsa jaydari un deyiladi. Un ishlab chiqarish uchun asosan bug’doy, javdar, tritikale, kam miqdorda suli, grechixa, arpa, makkajuxori va boshqa ekinlarning donlari qo’llaniladi.
Yorma asosan bu donning gul, meva va urug’ qobiqlari hamda murtagini ajratib olgandan keyin qolgan butun mag’izi yoki uning katta bo’lakchalaridir.
Yorma grechixa, sholi, tarik, suli, arpa, makkajuxori, bug’doy, no’xat va oq jo’xori donlaridan ishlab chiqariladi.
Un va yorma sonsiz miqdordagi oziqa mahsulotlarini tayyorlash uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ularni iste’mol qilish natijasida inson 30-50 % oqsilga va 20-40 % turli zarur biologik moddalarga bo’lgan talabini qondiradi. Oziqlanish nisbatida eng qimmatlisi, tarkibida oziqlantiruvchi elementlari ko’p bo’lgan oddiy yanchilgan jaydari uni hisoblanadi. Bundan tashqari unning tarkibida maydalangan qobiqlar hisobidan tolasimon moddalar bo’lib, ular ovqat hazm qilish traktidagi turli shlaklarning chiqib ketishiga ta’sir ko’rsatadi va ichaklarning fiziologik funktsiyalarini yaxshilaydi.
Hozirgi vaqtda yuqori unumdorli texnologik uskunalar bilan jihozlangan tegirmonlarda un tarkibida oqsil, kraxmal, mineral moddalar va vitaminlar miqdori ko’paytirilgan yoki kamaytirilgan har xil navli unlarni ishlab chiqish mumkin. Bunday unlarni novvoylik, qandolat va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida qo’llanishi aholini non, makaron va qandolat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’liq qondiradi va bu mahsulotlarning sifatini oshirish imkonini beradi.