Oq oltin don mahsulotlari


“ OQ OLTIN DON MAHSULOTLARI ” Aksiyadorlik jamiyati



Yüklə 498,95 Kb.
səhifə2/17
tarix18.05.2023
ölçüsü498,95 Kb.
#116450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
HISOBOT (8)

1. “ OQ OLTIN DON MAHSULOTLARI ” Aksiyadorlik jamiyati
Jamiyat joylashgan yeri
O’zbekiston Respublikasi, 120400, Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Yoshlik qo’rg’oni
Jamiyat tarixi
1995 yil – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 apreldagi «O’zdonmahsulot» Davlat Konsernini «O’zdonmahsulot” Davlat aksiyadorlik Korporatsiyasiga qayta tuzish to’g’risida»gi PF-840-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahqamasining 1994 yil 23 fevraldagi “Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 88-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash qo’mitasining 1995 yil 27 apreldagi 123-k-PO-sonli qaroriga asosan “Oq oltin don mahsulotlari” davlat korxonasi negizida “Oq oltin don mahsulotlari» Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tashkil topildi.
2015 yil – “OQ OLTIN DON MAHSULOTLARI” Aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta ro’xatdan o’tkazildi.
Jamiyat faoliyatning maqsadi va sohasi (asosiy yo’nalishlari)
Jamiyatning asosiy maqsadi umumxo’jalik faoliyatidan foyda olish hisoblanadi.
Jamiyat faoliyatining sohasi qoiyidagilardan iborat:
un ishlab chiqarish va sotish;
– omuxta yem ishlab chiqarish va sotish.
Ustav fondi
Jamiyat ustav fondi 1 315 052 000 so’mni tashkil qiladi hamda nominal qiymati 1000 s’m bo’lgan 1 315 052 dona, shundan 1 314 350 oddiy dona va 702 dona imtiyozli, aksiyadorlar olgan aksiyalarga (joylashtirilgan aksiyalarga) bo’lingan.
Tashkiliy tuzilmasi
Jamiyat yuqori boshqaruv organi – jamiyat aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi.
Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish boshqaruv orhani (qonunchilik va Jamiyat Ustavi bilan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno) – jamiyat Kuzatuv kengashi.
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv organi – jamiyat ijroyiya organi, Boshqaruv raisi.
Jamiyatning faoliyatini nazorat qiluvchi organlari – Jamiyat Taftish komissiyasi, Ichki audit xizmati va Korporativ maslahatchisi.

Yüklə 498,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin