Oq oltin don mahsulotlari


SOVURISH – ELASH MASHINALARIDA YORMALARNI BOYITISHNING TEXNOLOGIK SXEMALARI



Yüklə 498,95 Kb.
səhifə14/17
tarix18.05.2023
ölçüsü498,95 Kb.
#116450
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
HISOBOT (8)

14.SOVURISH – ELASH MASHINALARIDA YORMALARNI BOYITISHNING TEXNOLOGIK SXEMALARI
Agar mahsulot qatlami bir xil o’lchamli bo’lakchalardan tashkil topgan bo’lib, zichliklari bilan farqlansa, ular elanganda (tebranma xarakatli) ma’lum vaqtdan keyin zichliklari katta bo’lgan bo’lakchalar pastki qatlamga, zichliklari kichkina bo’lgan bo’lakchalar yuqori qatlamga o’ta boshlaydi.
Un ishlab chiqarish sanoatida bu hodisadan donni maydalagandan keyin ajratib olingan yormalarni sifati bo’yicha saralashda foydalaniladi. Toza qobiqsiz endospermli (aslli) bo’lakchalarning zichligi qobiqli endospermali bo’lakchalarning zichligidan ancha yuqori bo’ladi, shuning uchun bu bo’lakchalar elash jarayonida elaklarda saralanib pastgi qatlamga tushib ketadi. Agar mahsulotlar aralashmasi elakda elansa, unda birinchi elakdan toza endosperm bo’lakchalari, keyingi elaklardan o’z sirtiga aleyron qatlamli yoki qobiqlari bo’lgan endosperm bo’lakchalari o’ta boshlaydi.
Yormalar faqat zichligi bo’yicha emas, balki aerodinamik xossalarining farqi bo’yicha ham ajratilib, aslligi bo’yicha turkumlanishi mumkin. Yormalarni aslligi bo’yicha saralashda elakning tebranma harakatidan tashqari mahsulotga qo’shimcha havo oqimi bilan ta’sir etilsa saralash samaradorligi ko’rinarli darajada oshadi. Bunda havo oqimi mahsulot qatlami orasidan pastdan yuqoriga qarab o’tadi, bu bo’lakchalarni vertikal harakatlanishini va zichligi bo’yicha qatlamlarga ajralishini osonlashtiradi.
Shu printsip asosida sovurish – elash mashinalari ishlaydi. Sovurish – elash mashinalarida yormalar boyitiladi, ya’ni yormalar asllik sifati bo’yicha saralanadi.
Yormachalarni sovurish - elash mashinalarida boyitish jarayoni yormalarning zichligi va aerodinamik xususiyatlariga asoslangan bo’ladi.
Sovurish - elash mashinalari asosan yanchish jarayonida hosil bo’lgan yormalarni sifati bo’yicha saralash maqsadida qo’llaniladi, ya’ni kulchanligi past bo’lgan yormalar elakdan o’tgan elanma sifatida ajratib olinadi va un tortish jarayonidagi jo’vali stanoklarga uzatilib maydalanadi, bu yuqori sifatli un olishni ta’minlaydi. Bundan tashqari sovurish - elash mashinalari manka yormasini ajratib olishda ham foydalaniladi.
Hozirgi paytda un ishlab chiqarish sanoatida asosan A1-BSO markali va ba’zi bir tegirmonlarda ZMS-2,2, ZMS-2-4 markali sovurish - elash mashinalari ishlatiladi.
Yormalarni sovurish - elash mashinalarda sifati bo’yicha saralash jarayonining samaradorligi ko’p omillardan bog’liq bo’ladi: elaklarni tavsifidan, mashinaga tushadigan solishtirma yuklamadan, yormalarni o’lchamlari bo’yicha tekislanganligidan, tanlangan ishchi parametrlardan (elaklarni tebranish chastotasi, elaklarni qiyaligi, havo oqimining tezligi).
Yormalarni sovurish - elash mashinalariga yuborishdan oldin yormalarning katta aniqlikda tekislanganligini ta’minlash uchun yormalar elakdonlarda o’lchamlari bo’yicha saralanadi. Sovurish - elash mashinasiga o’rnatiladigan elaklarni tanlash yormalarning yiriklik tasnifi asosida aniqlanadi, ya’ni ularni ajratib olishda qo’llanilgan elak nomerlari aniqlanadi.
Sovurish - elash mashinasidagi elaklar yorma fraktsiyasini elakdonlarda ajratib olishda qo’llanilgan elaklardan tashkil topgan bo’ladi. Masalan, agar yorma №7k elakdan o’tgan va №12k elakning qoldig’i bilan olingan bo’lsa, sovurish - elash mashinalarda №10k... №12k dan №7k...№8k gacha bo’lgan elaklarni o’rnatish mumkin.
Mahsulotni elak bo’yicha harakati davomida elaklarni kichik nomeridan katta nomeriga o’tiladi, ya’ni boshlanishida elakdan o’tgan mahsulot mayda fraktsiya yormasi ajratib olinadi, keyingi elaklarda esa ularning yirikligi oshib boradi.




Yüklə 498,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin