Oq oltin don mahsulotlari



Yüklə 498,95 Kb.
səhifə17/17
tarix18.05.2023
ölçüsü498,95 Kb.
#116450
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
HISOBOT (8)

Oddiy un tortish jarayonida donni aleyron qatlami, murtagi va qobiqlari bilan birgalikda maydalash natijasida jaydari un olinadi.
Donni oddiy un tortishga tayyorlash texnologik sxemasi asosida don elevatordan yig’uvchi bunkerlarga kelib tushadi. Bunkerlardan keyin don me’yorlagichlardan o’tib aralashtiruvchi shneklarga tushadi va birinchi o’lchov uchun avtomatik tarozida o’lchanadi (14.2-rasm).
Donni tayyorlash texnologik sxemasi bo’yicha jarayon uchta asosiy bosqichda bajariladi. Birinchi bosqichda don separator va trierlarda chiqindilardan tozalanadi va oboyka mashinalarida yuzasiga quruq ishlov beriladi. Ikkinchi bosqichda donga sovuq konditsiyalash usulida gidrotermik ishlov beriladi. Uchinchi bosqichda oboyka mashinalarida don yuzasiga takroriy ishlov beriladi va don massasi oxirgi marta elakli-havoli va magnit separatorlarida chiqindilardan tozalanadi.
Dondan yirik chiqindilar teshiklarining diametri 6...8 mm elak qoldig’i bilan, mayda chiqindilar teshiklarining o’lchamlari 1,8x20 mm elak elanmasi bilan va engil chiqindilar separatorlarda (A1-BIS-12, A1-BLS-16 va boshqa separatorlarda) ajratib olinadi. Dondan uzunligi bilan farq qiladigan chiqindilar trierlarda (A9-UTK-6 va A9-UTO-6) ajratiladi.
Dondan zichligi bilan farq qiladigan mineral aralashmalar tosh, shisha bo’laklari, nomagnit metallar tosh ajratuvchi mashinada (R3-BKT-9) dondan ajratib olinadi.
Don massasini metal-magnitli aralashmalardan tozalash magnitli separatorlarda amalga oshiriladi.
Don yuzasiga quruq ishlov berish asosan oqlovchi-silliqlovchi (A1-ZShN-3) yoki oboyka mashinalarida (R3-BGO) bajariladi. Bunda donlarning yuzasini iflosliklardan tozalash va qisman qobiqlarini ajratib olish natijasida donning kulchanligi tozalashgacha bo’lgan donning kulchanligidan 0,07 % gacha kamaytiriladi.
Agar donning boshlang’ich namligi 14,0 % dan kam bo’lsa, donga gidrotermik ishlov beriladi.
Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni bir bosqichda bajari­ladi. Bunda javdar donining namligi 14,5...15,0 % gacha, bug’doyning namligi 15,5...16,0 % gacha etkaziladi.
Yüklə 498,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin