Oq oltin don mahsulotlari



Yüklə 498,95 Kb.
səhifə3/17
tarix18.05.2023
ölçüsü498,95 Kb.
#116450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
HISOBOT (8)

Infratuzilma
Jamiyat yer maydoni 18,74 gektarni tashkil qiladi. Jamiyat hududida ma’muriy binosi, tegirmon, omuxta-yem sexi, tayor mahsulot ombori va boshqa infratuzilmaviy qabul qilish ombori va boshqa infratuzilmaviy obyektlar mavjud hamda jamiyatda “Bobur” don qabul qilish shaxobchasi mavjud

DON SIFATINI TAHLIL ETISH:
Don to`plami sifatini aniqlash uchun 2 kg atrofida namuna ajratiladi. Namlikni aniqlash uchun 5 gr namuna, aralashmalar tarkibi uchun esa 200 gr namuna etarli hisoblanadi. Ushbu namunalar tahlilida don to`plamiga baho berish mumkin. Natijalarning to`g`riligi boshlang`ich nusxalarni to`g`ri to`plashga, dastlabki, o`rtacha namunalarni olish joyi, miqdori va ishni bajarish sifatiga bog`liq. Namuna qismlari olish uchun shuplar, bo`lgichlar (BIS-1 yoki Gusev), har xil toshli torozilar va don uchun quticha va quritgichlar, randalangan yog`och tizimlar, kurakchalar, qop matosi, bir qop don (50-60 kg) Ushbu masalani maxsus o`rganish va don to`plamlari sifatini umumiy baholashda turli qismlardan o`rtacha nusxalar tuzish, shuningdek, tushunchalardan (terminlar) foydalanishda standartlash zaruriyatini tug`diradi. O`rtacha tahlildan o`tishdan avval, oziq-ovqat, furaj va texnik maqsadida namunalarni tanlash usullariga to`g`ri keladigan va amaldagi Davlat standartlari bilan sinchiklab tanishib chiqish zarur. Unda asosiy tushunchalar aniqligi (to`plam, ma`lumot olingan qism, boshlang`ich namuna, o`rtacha namuna) va amalda ishni bajarishda zarur bo`lgan, rioya qilinadigan hamda namunalar tuzishning aniq qoidalari berilgan. Oziq-ovqat, furaj, texnik don to`plami deb, bir vaqtda qabul qilishga, topshirishga yoki tushirishga, yoki bo`lmasa bir elevator xirmonda, omborda saqlashga mo`ljallangan, bir xil sifatli (organoleptik baholash bo`yicha) namunaga aytiladi. Don to`plami sifati ushbu to`plamdan olingan o`rtacha namunani laboratoriya tahlilida to`plangan ma`lumotlar asosida belgilanadi. Tahlil uchun namunalar tanlash va material tayyorlash. Namuna dastlabki to`plamdan bir yo`la olingan oz miqdordagi donga aytiladi. Dastavval don to`plamini sinchkovlik bilan ko`zdan kechiriladi va uning bir turligi aniqlanadi, chunki namunaga olinadigan nusxa miqdori uning bir turligi va hajm darajasiga bog`liqdir. Namuna materiali olish uchun turli sistemadagi (konus, tsilindr va qopli) shuplar va maxsus namuna olgichlar qo`llaniladi. Konusli vagon shupi shuplarning asosiy turi hisoblanib, idishga joylanmagan to`plamlardan namuna materiali olishda foydalaniladi. Ushbu shup konus shaklidagi stakandan, qopqoq va shtangadan tashkil topgan. Stakan hajmi 150-180 ml. Shtanganing quyi tarafi qopqoqqa mahkamlangan, yuqori tarafi vintli rezbaga ega bo`lib, unga tirsak yoki qo`shimcha shtanga buralgan bo`ladi. 1-rasm. Don shuplari va cho`mich. 1-vagon konus shuplari; 2-qop shupi; 3- silindr shup; 4-cho`mich Don namunasini aniqlashda foydalaniladigan zamonaviy shuplar Namuna materiali olish uchun konusli shupni yopiq holatda don uyumiga tushuriladi. Shtangani ko`tarishda shup qopqog`i ochiladi va stakan donga 9 to`ldiriladi. So`ngra shup olinadi va stakandagi don brezent yoki qop matosiga to`kiladi. Qop shupi qoplarga joylangan donlardan namuna qismi olishda foydalaniladi (2-rasm). Shupni ichki qismining uzunligi 20-30 sm, tutqichi 10 sm atrofida. Don chiqish darchasi diametri 1-2 sm. Shup yog`och g`ilofda saqlanadi. Tsilindrli shupda 2 latun quvurchalar bir-biriga o`rnatilgan. Ichki quvurcha kameralarga bo`lingan. Ichki, shuningdek tashqi quvurchalar ichki quvurchadagi kamera miqdoriga to`g`ri kela-digan bir taraflama darchalardan iborat. Ichki quvurcha yog`och tirsak bilan tugaydi. Uning yordamida quvurcha aylantirib turiladi. Namuna materiali olishda shup yopiq holatida don xirmoniga tushiriladi. So`ngra tirsak yordami-da ichki quvurchaning teshiklari tashqi quvurcha darchalari bilan to`g`ri kelgunicha aylantiriladi. Shup don bilan to`lganidan so`ng tirsak qarshi tomonga buriladi va darchalar berkiladi. Keyin shup olinadi va undagi don oldindan tayyorlab qo`yilgan qop matosi yoki brezentga to`kiladi. Tsilindr shu-pining qulayligi shundaki, uni qo`llash paytida bir vaqtning o`zida xirmonning bir necha qatlamida namuna qismlarini olish mumkin, ammo bu kameralarni berkitishda donlarni kesilish hollari yuz beradi, bu esa o`z yo`lida namunada uringan donlar foizning ko`payishiga sabab bo`ladi. Konus shuplari yordamida namuna qismi olishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: namuna qismi avval yuqori qatlamdan, so`ng o`rtagi va eng keyingi navbatda quyidagi qatlamdan olinadi. Avtomshinadan donning namuna qismi kuzovning to`rt nuqtasidan olinadi, buning ustiga olinish nuqtalari kuzov chekkasidan 0,5 metr uzoqlikda bo`lishi shart. Namuna qismlarini yoxud yuqori qatlam va kuzov sathiga yaqin erdan, yoxud xirmonning butun chuqurligidan (shupning tuzilishiga qarab) olinadi. Namuna qismlarining umumiy og`irligi 1 kg dan kam bo`lmasligi kerak. Namuna qismlarini erkin olish imkonini beradigan vagon-larda don ortiladi, ikki o`qli vagonlardan ularni shup bilan 5 nuqtasidan: 4 burchagidan (50-75 sm 10 masofada) va vagonning o`rtasidan (A chizma) olinadi. Xar bir nuqtada qismlari xirmonning uch qatlamida: yuqori qatlamida 10 smgacha chuqurlikda, o`rtagi qatlamda xirmonning taxminan yarmiga yakin chuqurlikda va vagon sathidan olinadi. To`rt o`qli vagonlarda namuna qismlari don xirmoni usti-dan 11 nuqtada, ya`ni vagonning yon devorlaridan (4 nuqtadan) va 3 nuqtada vagon o`rtasidan, shuningdek, uch qatlamda olinadi (B chizma.) A chizma B chizma Namuna qismlari vagonni bo`shatishda ham xuddi ortishdagi kabi usullarda olinadi. Ortish yoki bo`shatishda namuna qismlarining umumiy og`irligi 2 o`qli vagonlarda 2 kg, 4 o`qli vagonlarda esa 4,5 kg atrofida bo`lishi shart. Ombor yoki xirmonlardan donni vagonlarga ortishda namuna qismlari tushayotgan oqim aralashmasidan, uni mexanik namuna olgich yoki maxsus cho`mich bilan kesib o`rtasidan olinadi. Bir tekis oralig`ida shunday hisobda belgilanadiki, bir tonna aralashayotgan dondan olinadigan namuna qismi 0,1 kg dan oz bo`lmasligi kerak. Omborlarda 1,5 metr balandlikda saqlanadigan xirmonlarda namuna qismlari vagon shupi bilan: katta balandlikda esa buralib, shtangali konus shupi yordamida olinadi. Ushbu nuqtalardan namuna qismlari yuqoridan, ya`ni xirmon sathidan 10-15 sm chuqurlikda, o`rtagi va quyida esa yer sathiga yaqin joydan olinadi. Har bir seksiyadan olinadigan namunada qismlarning umumiy og`irligi 2 kg atrofida bo`lishi kerak. Idishga joylangan don to`plamlaridan namuna qismlari og`zi so`kilgan qoplardan konus shupi bilan qopning yuqori, o`rtagi va pastki yeridan olinadi. Og`zi tikilgan qoplardan namuna qismlari qop shupi bilan bir burchagidan olinadi. Namuna qismlarining olinadigan miqdori (qoplar) don to`plamining hajmiga bog`liqdir. Agar unda 10 qop bo`lsa har ikki qopning biridan, 10 dan 11 100 qopgacha - 5 qopdan =5% to`plamdagi qop miqdoridan 10 qop Q5% namuna olinadi. Dastlabki namuna tayyorlash. Olingan namuna qismlari brezent yoki qop matosiga ko`zdan kechirish va bir-biriga taqqoslash uchun joylanadi. Agar barcha namuna qismlaridagi donlarni organoleptik ko`rsatkichlari bir turli bo`lsa, ularni toza va zararkunandalar bilan zararlanmagan idishlarga to`kiladi. Don to`plamlaridan olinadigan barcha namuna qismlarining yig`indisi dastlabki namunani tashkil etadi. Dastlabki namunali idishga yorliq qo`yilib, unda ekin turining nomi, navi, avlodi, hosil yili, donga ega tashkilotning nomi, vagon, avtomashina yoki omborning raqami; to`plamning kilogrammdagi og`irligi; namuna olgan kishining imzosi yoziladi.Namuna qismlaridan tuzilgan dastlabki namuna og`irligi yirik don to`plamlaridan ko`p olingan bo`lsa, keragidan ortiqchalik qilishi mumkin, undan tashqari, uning alohida qismlari turli xil bo`lishi mumkin. Shu sabablarga qarab dastlabki namunadan o`rtacha namuna ajratiladi. O`rtacha namuna ajratish. O`rtacha deb, don sifatini aniqlash uchun ajratilgan dastlabki nusxaning bir qismiga aytiladi. Agar dastlabki namuna 2 kg og`irlikda bo`lsa, ushbu namuna bir vaqtning o`zida o`rtacha namuna hisoblanadi. Agar dastlabki namunaning og`irligi 2 kg dan oshsa, unda o`rtacha namuna ajratiladi. O`rtacha namuna ajratishni bo`lish aparatlari yordamida yoki qo`l-da amalga oshiriladi. Aralashtirish jarayoni quyidagi tarzda o`tkaziladi: yupqa yog`och taxtachani o`ng va chap qo`lda ushlab, ular bilan donni ikki qarama-qarshi tomonga engil ko`tariladi va kvadrat o`rtasiga to`kib keyin aralashtiriladi. Ushbu ishni bir necha marotaba amalga oshiriladi, natijada silindr shaklidagi uyumcha paydo bo`ladi. So`ng donni yupqa yog`och taxtachalar bilan uyumchani ikki tomondan egallab, bir vaqtning o`zida ular o`rtaga to`planadi. Shunda birinchi uyumchaga nisbatan perpendikulyar joylashgan ikkinchi uyumcha yuzaga keladi (3-rasm, o`ngda). Bunday aralashtirish 3 marotaba o`tkaziladi. 12 2-rasm. Namunalarni qo`lda aralashtirishda yuzaga keltirilgan don qatlamchasi Aralashtirilgandan keyin dastlabki namuna ikkinchi marta kvadrat shaklida (mayda urug`lik ekinlari uchun 1,5 sm va yirik urug`liklar uchun 5 sm dan ortiq bo`lmagan qalinlikda) taqsimlanadi va yupqa taxtacha yoki chizg`ich bilan dioganal bo`yicha 4 ta uchbur-chakka bo`linadi (3-rasm). So`ngra ikki qaramaqarshi uchburchaklar-dagi donlar yig`ishtiriladi, qolgan ikki uchburchakdagi donlar esa bir-biriga aralashtiriladi va yuqorida qayd etilganidek, o`sha usulda aralashtiriladi va yana 4 ta uchburchakka bo`linadi. Ikki qarama-qarshi uchburchaklardagi don yig`ishtirib olinadi, qolganlari yana aralashtiriladi. Bu ish ikki uchburchakdagi don og`irligi taxminan 2 kg ga etguncha davom etadi. Shunda o`rtacha namuna yuzaga keladi. 3-rasm. Diogonal bo`lish usulida namuna ajratish O`rtacha namuna laboratoriyaga kiritiladi. U ko`zdan kechiri-ladi tortiladi, rasmiylashtiriladi va tartib raqami o`tkazib qo`yiladi. Keyinchalik bu raqam ushbu namunaga tegishli barcha huj-jatlarga qo`yib boriladi. 4-rasmda tahlil 13 uchun o`rtacha namuna va namuna qismlarini ajratishni tuzish sxemasi keltirilgan. 4-rasm. Don uyumidagi o`rtacha namuna olish chizmasini tuzish va tahlilga ajratish O`rtacha kunlik namuna tuzish va o`rtacha namuna ajratish. Xo`jaliklardan sifati bo`yicha bir turli don to`plamlarini qabul qilishda ularning sifatini baholashda o`rtacha bir kunlik namunalardan foydalanishga ruxsat etiladi. O`rtacha kunlik namuna faqat u yoki bu xo`jalikdan bir kecha-kunduzda keladigan bir turli don to`plamlaridan tuziladi. Bir xil namlik, shikastlanish va organoleptik ko`rsatkichlarga ega don to`plamlari bir turli hisoblanadi. Bunda namlik va zararlanish laboratoriya tahlili yordamida aniqlanadi. Donning qanday navga mansubligi nav hujjatlari asosida belgilanadi. Agar keyingi kelgan to`plamdan olingan namunani ko`zdan kechirayotganda ushbu don to`plamining bir turligini to`g`risida avvalgi qabul qilingan to`plamga nisbatan solishtirilganda biror gumon paydo bo`lsa, unda darxol ushbu to`plamdan namuna olib, laboratoriya tahlilidan o`tkazish kerak. O`rtacha kunlik namuna har bir avtomashinadan bo`lgich yoki o`lchagich (200 sm3 hajmli) yordamida ajratish yo`li bilan namuna qismini keltirilgan don og`irligiga nisbatan proportsional ravishda tuziladi. Demak, 1,5 tonnagacha bo`lgan don to`plamdan 1 o`lcham 1,5-3 tonnalik to`plamdan – 2 o`lcham, ya`ni har 1,5 tonna don to`plamidan qo`shimcha 1 o`lcham olinadi. O`rtacha kunlik namunadan don sifatini aniqlash uchun o`rtacha namuna ajratiladi (bo`lgich yoki qo`lda). Н А М У Н А Дастлабки намуна Ўртача намуна Т А Х Л И Л У Ч У Н Н А М У Н А 14 Xo`jaliklardan keltirilgan birinchi to`plamdan olingan namunada don naturasi – asl ko`rinishini yoki donning og`irligi aniqlanadi, bu ko`rsatkich tahlil qog`oziga yozilib, namuna saqlana-digan idishga solib qo`yiladi. Xo`jaliklardan keltirilgan avtomashinalardagi don kun davo-mida uncha ko`p miqdorda bo`lmasa, don to`plamining og`irligiga nisbatan o`rtacha kunlik namunasi donning asl ko`rinishini aniqlash uchun etarli emasdir, chunki donning birinchi to`plamidan olingan o`rtacha kunlik namunaga asosan tahlil qilib, asl og`irligi ko`rsa-tiladi.



Yüklə 498,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin