T. Malikov O. Olimjonov moliya


-  bob. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning ishlab chiqarish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

12- 
bob. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning ishlab chiqarish 
chiqimlari, foydasi va rentabelligi 
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi, 
klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash 


“Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” 
tushunchalari (iboralari) bir xil ma’noni anglatmaydi. Bu 
tushunchalarning ikkinchisi birinchisiga nisbatan kengroq bo’lib, 
jamiyat nuqtai-nazaridan u jonli va buyumlashgan mehnatning 
barcha hajmini o’zida mujassam etadi va mahsulotning qiymatiga 
teng. “Ishlab chiqarish “chiqimlari” tushunchasi, aksariyat hollarda, 
iqtisodiyotning ma’lum bir sohasi bilan bog’langan (masalan, ishlab 
chiqarish chiqimlari, muomala chiqimlari va boshqalar). 
Ishlab chiqarish chiqimlarini dastlab ikki guruhga bo’lish 
mumkin: 

aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar

aniq bo’lmagan chiqimlar. 
Aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar XYuS tomonidan 
amalga oshirilgan aniq xarajatlardan 
ish haqi, xomashyo va 
materiallar xarajatlari, ijara uchun to’lov va boshqalardan iborat. 
Aniq bo’lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo’ldan boy berilgan, 
qo’ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari esa shu bilan bog’liqki, 
XYuS mahsulot ishlab chiqarish uchun kapitaldan foydalanib
shuning o’zida uning muqobilli foydalanish imkoniyatini qo’ldan 
chiqaradi. Mablag’larning cheklanganligi ularning foydalilik daraja- 
siga qarab mavjud imkoniyatlarning variantlaridan foyda-lanishga 
XYuSni majbur qiladi. 
Bunda har doim qo’ldan chiqarilgan, boy 
berilgan foydalar elementlari va demak, aniq bo’lmagan chiqimlar 
elementlari mavjud bo’ladi. U yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishni 
davom ettirish yoki uni yanada kengaytirish xususida har qanday 
boshqaruv qarori an
iq va aniq bo’lmagan chiqimlarning hisob- 
kitobiga asos-
lanadi. U yoki bu iqtisodiy qaror o’rtasidagi tanlanish 
har doim boshqa maqsadlarga erishish uchun ongli ravishda 
yuqotilgan yoki rad etilgan imkoniyatlarni xarakterlaydi (tavsivlaydi). 
“XYuSning xarajatlari” tushunchasi “XYuSning chiqim-lari” 
tushunchasidan farq qilib, ular bevosita moliyaviy kategoriyalar va 
birinchi navbatda mahsulot tannarxi bilan uzviy bog’langan. Shuning 
uchun ham XYuSning xarajatlariga uning mohiyatini ifodalovchi 
quyidagicha ta
’rif berish mumkin: 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin