T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

26- 
bob. Xalqaro moliya 
26.1. Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va 
ahamiyati 
 
Xalqaro moliya 
– xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va 
ularning 
harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisob-lanadi. 
Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga 
oshirish 
uchun 
xalqaro 
darajada 
shakllantirilgan 
moliyaviy 
resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy 
munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya munosabatlari o’ziga 
xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro kredit munosabatlari, xalqaro 
investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo munosabatlari, xalqaro 
soliq munosabatlari, 
xalqaro lizing munosabatlari, mamlakatlar to’lov 
balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi 
munosabatlarni qamrab oladi. Globallashuv jarayoni 
– jahon 
savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va 
kengayishi, kapitalning xalqaro oqimini rivojlanishi, xizmatlar va 
mahsulotlarning xalqaro xarakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga 
zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur holat jahon moliya bozorlarining, 
xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo 
moliyaviy munosabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning 
boshqa jihatlarini murakkablashuviga olib keldi. 
Xalqaro moliya doimiy o’zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining 
holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining 
o’zgarishini, 
xalqaro 
moliya 
bozorlari, 
xalqaro 
moliyaviy 
korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon 
etadi. Xalqaro moliya tizimining asosiy ishtirokchilar bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel 
investorlar va xalqaro rasmiy karzdorlar. Xalqaro moliyaviy 
operatsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizimiga jiddiy ta’sir 
ko’rsatuvchi kuch hisoblanadi. 
Xalqaro moliya o’zida ob’yektiv asosga ega bo’lgan moliyaviy 
munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asos
i bo’lib 
mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy 
oqimlar, jumladan, pul oqimlari 
– import qilingan mahsulot va 
xizmatlarning to’lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan 
kelgan valyuta tushumlari, ushbu oqimlar xo’jalik yurituvchi 
sub’yektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli 
mamlakatlarga tegishli bo’ladi, shu boisdan mamlakatlar o’rtasidagi 
pul oqimlari xarakatini namoyon etadi. Shuningdek, kredit 
mablag’lari oqimi ham ikki tomonlama bo’lib hisoblanadi, bir 


tomondan qarzning berilishi bo’lsa boshqa tomondan esa, uning 
qaytarilishi va foizlarning to’lanishi namoyon bo’ladi. Shunday qilib, 
mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar 
o’rtasidagi xarakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi bir 
tomondan valyuta kurslari asosida ikkinchi tomondan esa, bojxona 
tariflari asosida boshqariladi. 
Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari 
faoliyati jarayonida shakllanadi va foyda-laniladi. Mazkur institutlar 
va tashki
lotlar davlatlararo tuzilmaga ega bo’lib muayyan 
funksiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umumlashgan 
(masalan, BMT byudjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar 
uchun mo’ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi. 
Moliyaviy resurslarning muayyan qismini xalqaro darajada 
markazlashuvi jahon xo’jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi, bunday 
resurlarni shakllantirishning iqtisodiy shart-
sharoitlari bo’lib, iqtisodiy 
integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro loyiha va 
dasturlarni amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiroki, kredit va 
savdo munosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi. 
Shunday qilib, xalqaro moliya 
– bu xalqaro moliya bozori va 
xalqaro 
institutlar 
tomonidan 
shakllanishi, 
taqsimlanishi 
va 
ishlatilishini o’z ichiga olgan moliyaviy resurslar xarakati asosida 
hosil bo’lgan munosabatlar tuzilmasi bo’yicha murakkab tizimdir. 
Mamlakat 
davlat 
moliyasining 
xususiyatlari 
sifatida 
quyidagilarni keltirish mumkin: 

bitta mamlakat xududidan chiqmaydi; 

xorijiy sub’yektlarni jalb qilmaydi; 

milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi; 

mamlakat ichida amalga oshiradigan hisob-
kitoblarni o’zida 
ifodalaydi. 
Xalqaro moliya esa turli xildagi jihatlarni o’rganadi. Bularga: 

iqtisodiy kategoriya sifatida 
– moliyaviy resurs-larning 
fondlari bo’lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish asosida 
tashkil etilgan hamda xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan umumiy 
ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror ishlab 
chiqarishning renta-
belligini va uzluksizligini ta’minlash uchun 
foydalaniladi. 

institutsional jihatdan 
– bu banklar, valyuta va fond birjalari, 
xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari, 
xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalar majmui 
bo’lib ular orqali jahon moliyaviy oqimlarining xarakati amalga 
oshiriladi. 


Xalqaro savdo 
Xalqaro savdo 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin