T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Xalqaro moliya 
26.2.1-rasm. 
Xalqaro moliyaning tuzilmasi 
 
Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moliyaviy 
muhitida birlashadi. 
Jahon moliyaviy muhiti 
– investorlar va korporatsiyalar
moliyasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir 
ko’rsatadi hamda jahon moliya bozori o’sishi sharoitini aniqlaydi. 
Xalqaro 
moliya 
tizimining 
asosiy 
funksiyalari 
sifatida 
quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 

valyutalar ayriboshlash va hisob-kitob tizimi shart-larining 
birxillashuvi; 

valyuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valyuta 
cheklovlarini tartibga solish; 

xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish; 

kredit, sug’urta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro 
qoidalarini birxillashtirish; 

mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi 
xalqaro moliya institutlarini tashkil etish. 
Xalqaro 
moliya 
munosabatlarini
ng sub’yektlari sifatida 
quyidagilar ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar 
hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy 
korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. 
Xalqaro moliya munosabatlari turl
i mamlakatlarning xo’jalik 
yurituvchi sub’yektlari o’rtasida, davlat va boshqa mamlakatlar 
xukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o’rtasida, davlat va 
korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari o’rtasida yuzaga kelishi 
mumkin. 
Jahon valyuta tizimi 
Jahon moliyaviy muhiti 


Davlat xalqar
o moliya sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy 
sub’yekt hisoblanadi. 
Markaziy banklar 
– bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solish organlari bo’lib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, 
pul muomalasi, kredit va valyuta kursini tartibga solish, valyuta 
zahiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan. 
Xalqaro tashkilotlar 
– ular xalqaro shartnoma asosida tashkil 
etilgan bo’lib, doimiy faoliyat ko’rsatuvchi organlarga ega bo’lgan 
holda jahon xo’jaligi birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga 
yordamlashish vazifalarini bajaradi. 
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari 
– jahon 
iqtisodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va 
moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo 
kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar. 
Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va 
transmilliy banklar kabi sub’yektlar faol rol o’ynaydi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin