T. Malikov O. Olimjonov moliya


  Valyuta kursi va valyuta bozorlari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

26.4. 
Valyuta kursi va valyuta bozorlari
 
 
Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa 
mamlakatlar bilan bog’lovchi asosiy omillardan biridir. 
Bir valyutaning boshqa valyuta birligidagi bahosi valyuta kursi 
deb ataladi. U mamlakat iqtisodiyotiga, hatto aholining turmush 
tarziga ham ta’sir ko’rsatadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, 
valyuta kursining o’zgarishi mamlakat eksport tovarlarining 
raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir qiladi, ikkinchidan, milliy valyuta 
almashuv kursining pasayishi import tovarlari va xizmatlarining milliy 
valyutadagi bahosining oshishiga olib keladi va shuning asosida 
aholi xarid quvvatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. 
Valyuta yoki ayriboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi 
dunyo bilan bog’lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot holatini 
tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqro iqtisodiy operatsiyalar 
samaradorligini 
baholash 
imkonini 
beradi. 
Valyuta 
kursi 
mamlakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va istiqboldagi 
rejalari to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi. 
Iqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun valyuta kursi muhim 
ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Chunki uning iqtisodiyotga bevosita 
yoki bilvosita ta’sir etishi, valyuta kursidagi keskin o’zgarishlar esa, 
milliy iqtisodiyotda inqirozli holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. 
Xususan, valyuta kursining o’zgarishi mamlakatdagi umumiy talab 
hajmiga, narxlar darajasiga, foiz stavkalar o’zarishiga, mamlakat 


ichidagi daromadlar taqsimotiga, va iqtisodiyotning boshqa 
sohalariga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Valyuta kursi inflyatsiyani hisobga olishiga ko’ra nominal va
real almashuv kurslariga bo’linadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin