T. Malikov O. Olimjonov moliya


  Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

26.3. 
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya 
munosabatlarining roli va ahamiyati
 
 
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya 
munosabatlarining rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog’liqdir. 
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo’jaligining shakllanishi 
jarayonida alohida o’rin tutadi. 
Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin 
jahon xo’ja-ligining 
tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya 
munosabatlarini 
jahon 
xo’jaligining 
rivoj-lanishi 
natijasida 
shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. 
Jahon xo’jaligi – bozor iqtisodiyotining ob’yektiv qonuniyatlariga 
bo’ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o’zaro bog’liq 
milliy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir. 
Jahon xo’jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy 
iqtisodiyotlar holati muhim o’rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar 
jahon iqtisodiyotining asosiy sub’yekti hisoblanadi. 
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan 
aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi 
ishtiroki muhim o’rin tutadi. Mamlakat-ning xalqaro moliya 
munosabatlaridagi 
ishtirokining 
kuchayishida 
xalqaro 
moliya 
munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda 
tashkil etish bilan uzviy bog’liqdir. 


Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti 
ikkita muhim tarkibiy qismni o’ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro 
moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. 
Ma’lumki, mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro moliya munosabatlari 
muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro 
tashkilotlar tomonidan belgi-
langan me’yoriy normalar, davlatlararo 
darajadagi shart-
noma va bitimlar, mamlakatlar o’rtasida o’zaro 
qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi. 
Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar 
va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, 
bitimlar, 
rezolyutsiya 
va 
konventsiya) 
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’l-yo’riqlarni amalga 
oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi. 
Xalqaro moliya munosabatlari 
jahon xo’jaligi tizimida tez-tez 
takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir 
mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va sub’yektlari, alohida 
tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga oladi. 
Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni 
o’rganishni taqozo etadi: 

xalqaro valyuta munosabatlari; 

xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar; 

xalqaro savdo munosabatlari; 

investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati; 

mamlakatlar to’lov balanslarini boshqarish; 

xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; 

xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq. 
Xalqaro moliya munosabatlarining ob’yektiv asosini xalqaro 
mehnat taqsimoti va jahon xo’jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar 
tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon j
ahon xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar 
yig’indisidan iborat bo’lgan global iqtisodiy tizim bo’lib, bozor 
iqtisodiyotining ob’yektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, 
ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda 
o’zgarib boradi. 
Xalqaro 
moliya 
munosabatlari 
rivojlanishining 
milliy 
iqtisodiyotga ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon 
bo’ladi: 

Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi 
o’zgarishlarni o’z ichiga qamrab oladi: 

mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish; 

ishchi 
kuchi, 
texnologiya, 
kapital, 
mahsulotlar 
va 
xizmatlarning global bozorlarini barpo etish; 



jahon xo’jalik aloqalarining global infratuzil-masini yaratish; 

xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtiso-diyotning 
qoidalarini universallashtirish; 

yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish 
tarmoqlarini vujudga keltirish. 

Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil 
topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga 
asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi. 

Xalqaro moliya bozorlaridagi o’zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda 
faoliyat ko’rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya 
bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi. 

Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu 
holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o’rin egallash 
uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish 
jarayonida vujudga keladi. 

Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining 
ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni 
kuchayishi, ya’ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta 
mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar faoliyatining 
rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali 
yuzaga keldi. 

Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. 
Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik 
darajasi 
orqali 
ifodalanadi. 
Bunda, 
xalqaro 
moliya 
munosabatlarining 
ishtirokchilari 
uchun 
muayyan 
shart- 
sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning 
pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay 
investitsiya muhitining yaratilishi hamda valyuta cheklovlarining 
bekor qilini
shi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim o’rin tutadi. 

Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me’yoriy-huquqiy 
bazasini qabul etilishi. 

Mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro 
jihatdan tartibga solish va nazorat qilish tizimini tashkil qilinishi. 
Alohida 
olingan 
milliy 
iqtisodiyotning 
xalqaro 
moliya 
munosabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy ko’rsatkichlar bilan 
tavsiflash mumkin: 
– eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga 
nisbatan foizda hisoblanadi; 

import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga 
nisbatan foizda hisoblanadi; 



tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo 
aylanmasi hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi. 
Mazkur ko’rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning 
xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin. 
Jahon iqtisodiyotida ro’y bergan o’zgarishlar xalqaro moliya 
munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tenden-tsiyalarini belgilab 
berdi: 

xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama 
munosabatlardan 
ko’p tomonlama munosabatlarga o’tish; 

jahon 
xo’jaligida 
xalqaro 
mehnat 
taqsimotining 
chuqurlashuvi; 

xalqaro savdo munosabatlarining an’anaviy tovarlar 
savdosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat 
ko’rsatish vositasiga aylanib borishi; 
– kapital migratsiyasining globallashuvi; 
– hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada 
kengayishi va jadallashuvi. 
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida kapital-ning 
xalqaro harakati, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 
shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, shuningdek, xalqaro 
savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar ko’rsatish, texnologiyalar 
sohasidagi rivoji ijobiy omil sifatida ta’sir ko’rsatmoqda. 
Jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisos-lashuvi 
va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo 
tovarlar, xizmatlar hamda ishchi kuchi migra-tsiyasi xalqaro moliya 
munosabatlarining 
rivojlanishiga, 
shuningdek, 
jahon 
moliya 
bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korporatsiyalar 
faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa 
jabhalarini jadal-lashuviga imkon yaratdi 
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazifalari 
sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 

milliy 
iqtisodiyotlarning 
yagona 
xalqaro 
tizimga 
integratsiyalashuvini 
ta’minlash; 

xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital 
ayirboshlashning oqilona harakatini tashkil etish; 

milliy 
iqtisodiyotlarni 
xalqaro 
iqtisodiy 
va 
moliyaviy 
o’zgarishlarga moslashtirish; 

mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuriti-shida 
tavsiyalar berish. 
Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga 
kelib 
tushgan 
va xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarda, 
ya’ni 


rezedentlarning 
tashqi 
dunyo 
bilan 
yuzaga 
keladigan 
munosabatlarida qo’llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi 
kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi: 
Birinchidan, turli mamlakat rezedentlari 
o’rtasidagi iqtisodiy 
aloqalarga va o’zaro hamkorlikka; 
Ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar 
bilan yuzaga keladigan o’zaro munosabatlariga; 
Uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining xalqaro moliya 
bozorlaridagi operatsiyalarini tashkil etishga. 
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro moliya 
munosabatlari 
tobora 
rivojlanib 
bormoqda. 
Bunda, 
avvalo 
mamlakatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarining taraqqiy etishi 
alohida o’rin tutmoqda. Ushbu holat o’z navbatida xalqaro valyuta 
munosabatlari va xalqaro xisob-
kitoblarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatmoqda. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin