T. Malikov O. Olimjonov moliya


Nominal ayirboshlash kursi



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Nominal ayirboshlash kursi 
— 
bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy bahosidir. 
Real ayirboshlash 
kursi 
— bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy 
bahosi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs va tovarlarning milliy 
valyutadagi narxiga bog’liq bo’lib quyidagi formula bo’yicha 
hisoblanadi: 
R = e x P / P* 
 
Bunda, e 
— nominal ayirboshlash kursi, P — bitta 
mamlakatdagi baholar darajasi, P* 
— esa boshqa mamlakatdagi 
baholar darajasini ifodalaydi. Bunda : 
e = R x P* / P 
 
Ma’lumki, milliy valyuta kursining 3 asosiy rejimi mavjud: 
1. Erkin suzish rejimi. 
2. 
Qat’iy belgilangan kurs rejimi. 
3. Boshqariladigan suzish rejimi. 
Agar milliy valyutaning kursi erkin tarzda valyuta bozorida talab 
va taklif asosida shakllansa, bu erkin suzib yuruvchi kurs rejimini 
anglatadi. Bunda mamlakat Markaziy banki milliy valyuta kursining 
ma’lum holati uchun javob bermaydi. Bu kurs rejimi erkin 
ayirboshlanadigan barcha zaxira valyutalariga tegishli. Shunday 
mamlakatlar borki, ularda joriy operatsiyalar bo’yicha valyutaviy 
cheklovlar bekor qilingan, ammo boshqariladigan suzish rejimi 
qo’llaniladi. Bunday davlatlarga misol qilib Meksika, Quvayt, BAA 
kabi davlatlarni ko’rsatish mumkin. Lekin bu holat valyutalarning 
almashinish sharti bilan rejimi o’rtasidagi aloqadorlikni inkor etish 
uchun etarli emas. 
Qat’iy belgilangan kurs rejimida mamlakatning milliy valyuta 
kursi xorijiy valyutaga nisba
tan ma’lum nisbatda o’rnatiladi va 
Markaziy bank kursning belgilangan nisbati uchun javob beradi. 
Ammo qat’iy belgilangan valyuta kurslari valyuta operatsiyalarini 
keng ko’lamda rivojlanishiga to’sqinlik qiladi, lekin uning 
iqtisodiyotga ijobiy jihatlari ham bor. Ana shunday ijobiy jihatlaridan 
biri shundaki, qat’iy belgilangan kurs rejimida valyuta riski 
muammosi chuqurlashmaydi. 


70- 
yilning o’rtalaridan boshlab markaziy banklarning kurs 
siyosatida o’zgarishlar paydo bo’ldi. Rasman erkin suzish rejimini 
tan olgan markaziy banklar (Avstriya, Italiya markaziy banklari va 
boshqalar) 
valyuta 
kursiga 
ta’sir 
qilish 
uchun 
valyuta 
interventsiyasini tez-tez amalga oshira boshladilar. Bu holat XVF 
ekspertlari tomonidan “boshqariladigan suzish” degan nomni oldi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin