T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bojxona bojlarining stavkalari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Bojxona bojlarining stavkalari 
– hukumat tomonidan 
o’rnatilib, yagona hisoblanadi va chegaradan mahsulotlarni olib 
o’tuvchi shaxslarga bog’liq bo’lmagan holda o’zgarmasdir. Tashqi 
iqtisodiy faoliyatni operativ ravishda tartibga solishning 
instrumenti bo’lib xizmat qiladi. Ularning quyidagi turlari bo’lishi 
mumkin: a) advalor stavkalar (boj undiriladigan mahsulotlarning 
boj qiymatiga nisbatan foizda o’rnatiladi); b) maxsus stavkalar (boj 
undiriladigan mahsulotning birligiga nisbatan aniqlanadi); v) 


725 
kombinatsiyalashtirilgan stavkalar (boj undirishning dastlabki ikki 
varianti birgalikda qo’llaniladi). 
Boj deklaratsiyasi 
– milliy qonunchilikning talabla-riga 
muvofiq rasmiylashtirilgan, o’zida chegaradan o’tayotgan yuklar 
(eksport yoki import qilinayotgan mahsulotlar, passajir yuki, uning 
qo’lidagi yuki, boyliklar va valyutalar) to’g’risidagi ma’lumotlarni 
aks ettirgan hujjat. Bu hujjat yukni davlat chegarasi orqali o’tkazib 
yurishda asos bo’lib hisoblanadi. Deklaratsiya bojxonaga 
qonunda belgilangan muddatlarda (bir kundan ikki haftagacha 
mahsulot bojxonaga etib kelgan kunni ham hisobga olgan holda) 
taqdim etilishi lozim. Deklaratsiyada bojxonaga qabul qilingan 
mahsulotning yuk hujjati nomeri, mahsulotning tarif nomi yoki boj 
tarifining tegishli moddasiga asoslanish (suyanish), mahsulot 
partiyasining qiymati va bahosi hamda ularga ilova qilinadigan 
hujjatlar ro’yxati kabilar o’zining aksini topishi shart. Boj 
deklaratsiyasining shakli mahsulotning bojga tortilish yoki 
tortilmasligiga bog’liqdir. 

 
Valyuta kursi 
– bir mamlakat pul birligining boshqa 
mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarida 
ifodalangan bahosi. Eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining ahvoli 
bilan belgilanadi, 
shuningdek, 
turli 
mamlakatlardagi 
inflyatsiyaning nisbiy s
ur’atlariga, mehnat unumdorligining o’sish 
sur’atlari va uning mamlakatlar o’rtasidagi nisbatiga, YaMMning 
o’sish sur’atlariga (pulning tovar bilan to’ldirilish asoslariga), 
xalqaro savdodagi mamlakatning o’rni va roliga, kapitalning 
mamlakatdan chiqarilis
higa bog’liq. Mamlakat to’lov balansining 
ahvoli, turli mamlakatlar pul bozorlaridagi foiz stavkalarining 
mamlakatlar o’rtasidagi farqlari, shu mamlakat valyutasining 
evrobozorlarda va xalqaro hisob-kitoblarda foydalanish darajasi, 
mamlakat valyutasiga bo’lgan ishonch va boshqa omillar valyuta 
kursiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin