725
kombinatsiyalashtirilgan stavkalar (boj undirishning dastlabki ikki
varianti birgalikda qo’llaniladi).
Boj deklaratsiyasi
– milliy qonunchilikning talabla-riga
muvofiq rasmiylashtirilgan, o’zida chegaradan o’tayotgan
yuklar
(eksport yoki import qilinayotgan mahsulotlar, passajir yuki, uning
qo’lidagi yuki, boyliklar va valyutalar) to’g’risidagi ma’lumotlarni
aks ettirgan hujjat. Bu hujjat yukni davlat chegarasi orqali o’tkazib
yurishda asos bo’lib hisoblanadi. Deklaratsiya bojxonaga
qonunda belgilangan muddatlarda (bir kundan ikki haftagacha
mahsulot bojxonaga etib kelgan kunni ham hisobga olgan holda)
taqdim etilishi lozim. Deklaratsiyada bojxonaga qabul qilingan
mahsulotning yuk hujjati nomeri, mahsulotning tarif nomi yoki boj
tarifining tegishli moddasiga asoslanish (suyanish),
mahsulot
partiyasining qiymati va bahosi hamda ularga ilova qilinadigan
hujjatlar ro’yxati kabilar o’zining aksini topishi shart. Boj
deklaratsiyasining shakli mahsulotning bojga tortilish yoki
tortilmasligiga bog’liqdir.
V
Valyuta kursi
– bir mamlakat pul birligining boshqa
mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro
valyuta birliklarida
ifodalangan bahosi. Eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining ahvoli
bilan belgilanadi,
shuningdek,
turli
mamlakatlardagi
inflyatsiyaning
nisbiy s
ur’atlariga, mehnat unumdorligining o’sish
sur’atlari va uning mamlakatlar o’rtasidagi nisbatiga, YaMMning
o’sish sur’atlariga (pulning tovar bilan to’ldirilish asoslariga),
xalqaro savdodagi mamlakatning o’rni va roliga,
kapitalning
mamlakatdan chiqarilis
higa bog’liq. Mamlakat to’lov balansining
ahvoli, turli mamlakatlar pul bozorlaridagi foiz stavkalarining
mamlakatlar o’rtasidagi
farqlari, shu mamlakat valyutasining
evrobozorlarda va xalqaro hisob-kitoblarda foydalanish darajasi,
mamlakat valyutasiga bo’lgan ishonch va boshqa omillar valyuta
kursiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: