Byudjet tizimining asosiy printsiplari - byudjet tasnifi
tizimi, hisobga olish-byudjet hujjatlari va byudjet jarayoni
tuzilishining yagonaligi; byudjet tuzilishining ma’muriy-hududiy
tuzilishga muvofiqligi; turli darajadagi byudjetlarning o’zaro
bog’liqligi; Davlat byudjetining balansliligi; davlat daromadlarini
aniq manbalar bo’yicha va xarajatlarini yo’nalishlar (moddalao)
bo’yicha rejalashtirish; Davlat byudjeti xarajatlarini tasdiqlangan
byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida sarflash; barcha
darajadagi byudjetlarning mustaqilligidan iborat.
Byudjet tizimini boshqarish bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari – Davlat
byudjeti loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etish va uni O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish, Davlat byudjetining
ijrosini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat byudjetini ijro etish
borasidagi ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, davlat
maqsadli fondlari mablag’larini shakllantirish va ulardan
foydalanish tartibini belgilash, Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi
hisobotlarni ko’rib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi
tasdig’iga
kiritish,
qonun
hujjatlariga
muvofiq
boshqa
vakolatlardan iborat.
Byudjet tizimini bos hqarish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolatlari - davlat byudjeti
loyihasini tayyorlash (shakllantirish), Davlat byudjeti va uning
tuzilmasiga kiruvchi byudjet mablag’lari tushumi va sarfining
tartibini belgilash hamda nazoratini amalga oshirish, respublika
byudjeti xarajatlarini amalga oshirish, byudjet tashkilotlarining
xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro’yxatdan o’tkazish,
byudjet mablag’lari oluvchilarning Davlat byudjeti mablag’laridan
foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni,
shuningdek, o’z vakolatlari doirasida umummajburiy tusdagi
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni o’z ichiga oladi.