720
Byudjet ssudasi
– yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud
respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el
davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’.
Byudjet subventsiyasi
– qonun hujjatlarida nazarta tutilgan
tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori
byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik
sharti bilan ajratiladigan
pul mablag’lari.
Byudjet so’rovi
– byudjet tasnifi bo’yicha tushumlarni
shakllantirish va byudjetdan mablag’ ajratish to’g’risidagi so’rov.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan
belgilangan
muddatlarda kelgusi moliya yiliga: 1) tegishli hududlar va davlat
maqsadli fondlari byudjetlari loyihalarini tayyorlash uchun
–
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga,
viloyatlar va
Toshkent shahri hokimliklariga, davlat maqsadli fondlarini
taqsimlovchi organlarga; 2) byudjetdan ajratiladigan mablag’larni
olishga buyurtmalar tuzish uchun - respublika byudjetidan
moliyalashtiriladigan
byudjet m
ablag’larini oluvchilarga byudjet
so’rovini yuboradi.
Byudjet klassifikatsiyasi (tasnifi)
– Davlat byudjeti
tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini,
shuningdek
uning
defitsitini
moliyalash-tirish
manbalarini
guruhlash. Unda tasnif ob’ektlariga guruhlashtiruvchi kodlar
beriladi.
Barcha
darajadagi
byudjet
ko’rsatkichlarining
qiyoslanishini ta’minlaydi. Byudjet
tasnifi byudjet daromadlari
tasnifini, byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va
iqtisodiy tasnifini, Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish
manbalari tasnifini o’z ichiga oladi.
Byudjet daromadlari tasnifi
qonun hujjatlariga muvofiq daromadlarni turlar va manbalar
bo’yicha guruhlarga bo’lishdan iboratdir. Byudjet xarajatlarining
vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, shuningdek boshqa byudjet tashkilotlari
tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo’yicha
xarajatlarni
guruhlarga bo’lishdan iborat bo’ladi. Byudjet xarajat-larining
tashkiliy tasnifi esa byudjetd
an ajratiladigan mablag’lar ularni
bevosita oluvchilar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo’jalik
yurituvchi sub’yektlar va tadbirlar turlari bo’yicha xarajatlarni
guruhlarga bo’lishdan iboratdir. Byudjet
xarajatlarining iqtisodiy
tasnifi to’lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo’yicha xarajatlarni
721
guruhlashni o’z ichiga oladi. Davlat byudjeti defitsitini
moliyalashtirish manbalari tasnifi defitsitni moliyalashtirishning
ichki va tashqi manbalari bo’yicha guruhlarga bo’lishdan iborat
bo’ladi. Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: