Byudjet jarayoni – Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish,
qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi
haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat
byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarni tartibga solish bo’yicha qonunchilik bilan
reglamantatsiya
qilingan
hokimiyat
organlarining
faoliyati.
Yagonalik, mustaqillik va balans metodi byudjet jarayonining
printsiplaridir.
Byudjet dotatsiyasi -
o’z daromadlari va byudjetni tartibga
soluvchi boshqa mablag’lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning
xarajatlari bilan daromadlari o’rtasidagi farqni qoplash uchun
yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan
ajratiladigan pul mablag’lari.
Byudjet defitsiti - muayyan davrda byudjet xarajat-larining
byudjet daromadlaridan ortiq bo’lgan summasi.
Byudjetdan mablag’ ajratish – qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda
boshqa byudjet mablag’lari oluvchi-larga ajratiladigan pul
mablag’lari.
Byudjet profitsiti – muayyan davrda byudjet daromad-
larining byudjet xarajatlaridan ortiq bo’lgan summasi.
Byudjet rospisi (ro’yxat-yozuvi) – byudjet klassifi-
katsiyasining bo’linmalari bo’yicha daromadlar va xarajat-lar
taqsimlanishining asosiy operativ rejasi. Unda yil davomida
soliqlar va boshqa to’lovlarning byudjetga kelib tushish va byudjet
mablag’larining sarflanish muddatlari o’z aksini topadi.
Byudjetiy rejalashtirish – turli darajalardagi byudjetlar va
nobyudjet fondlarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatning
umummilliy sotsial-iqtisodiy rivojlanish dasturi (ga) asosida
(muvofiq ravishda) moliyaviy tizimning bo’g’inlari o’rtasida yalpi
ijtimoiy mahsulot va milliy daromad qiymatining markazlash-
tirilgan tarzda taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi.