2. Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari………….………..9
3. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi ………………………………....21
4 Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari……………………………………………………....24
5. Budjet ortiqchaligini chegirib olish va budjet kamomadini moliyalashtirish usullari…………………………..………….............29
Xulosa……………………………………………..…………..……….36
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….……..38
KIRISH Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal siyosat orqali ham erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, budjet-soliq siyosati deb ham aytiladi.
Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo‘lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin.
Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat fiskal-restriksiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo‘shimcha turtki bo‘lishi mumkin.
Davlat o‘z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat budjetiga tayanadi.
Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo‘lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo‘lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin.
Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo‘lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud.
Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to‘lovlari) ko‘paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko‘rsatish, baholar ustidan nazorat o‘rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‘rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud.
Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‘rinishida himoya qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat budjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig‘i to‘laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to‘laydilar. Shu kabi juda ko‘p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlarni o‘zgartirish orqali investitsiyalar va jamg‘armalar rag‘batlantiriladi.
Davlat budjeti mablag‘lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funnksiyasin bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.