Davlat budjetining soliqli daromadlari . Rivojlangan xorijiy davlatlarda davlat budjeti daromadlarining 90 foizdan ortiq bо‘lgan qismi soliq tushumlari hisobidan shakllanadi. Buning asosiy sabablari bо‘lib, soliqlarning fiskallik va iqtisodiy funksiyalarining mavjudligi hisoblanadi
Budjet daromadlari soliq va soliqdan tashkari manbalardan shakllanadi. Soliqdan olinadigan daromadlarning asosiy manbalari – bu yangidan yaratilgan qiymat va uning dastlabki qayta taqsimlanishi natijasida olingan daromadlar (foyda, ish xaqi, qo’shilgan qiymat, ssuda foizi, renta, dividentlar va boshqalar), shuningdek jamgarmalardir.
Soliqlar – bu davlat (markaziy yoki mahalliy hokimiyat) yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan majburiy to’lovlar hisoblanadi. Agar ularning moddiy mazmuniga e’tibor qiladigan bo’lsak, soliqlar – milliy daromadning xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholidan umumdavlat ehtiyojlari uchun undiriladigan qismini tashkil qiladi.
To’g’ri soliqlar jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlarini bevosita kamaytiradi, chunki bu soliqlar daromadlar (foyda, kapital, ish xaqi)dan, Shuningdek, mulkning ayrim turlari (ko’chmas mulk, yer tabiiy resurslar va boshqalar)dan undiriladi. To’g’ri soliqlar ishlab chiqarish (muomala) xarajatlariga kiritilishi mumkin yoki bevosita daromadlardan undiriladi.
О‘zbekiston Respublikasining unitar tuzilishi О‘zbekiston Respublikasining soliq tizimida ikki xil soliqlar bо‘lishini: umumdavlat va mahalliy soliqlar va yig’imlarning mavjudligini belgilaydi. О‘zbekiston Respublikasining soliq tizimida 20 dan ortiq soliq va yig’imlar mavjud bо‘lib, asosiy ulush umumdavlat soliqlariga tо‘g’ri keladi.
Davlat budjetining soliqsiz daromadlari Davlat budjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus maqsadli budjet fondlari kiradi.
Soliqqa kirmaydigan, ya’ni soliqsiz daromadlarning kо‘pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina (budjet) daromadlari kо‘rinishiga ega bо‘lmaydi. Budjetning soliqsiz daromadlari qat’iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda kо‘p hollarda ular, odatda ilgarigi yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq daromadlari kabi О‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda bо‘lishi mumkin.
Soliqsiz daromadlar rо‘yxati hamma darajadagi budjetlar uchun yagona bо‘lib, budjet tasnifi bilan belgilanadi va о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkdan yoki xо‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar, shu jumladan:
davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligidagi mulkni foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
davlatga tegishli aksiyalar bо‘yicha dividendlar;
davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkni ijaraga berishdan, shu jumladan qishloq xо‘jaligi va noqishloq xо‘jaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ijara tо‘lovidan olingan daromadlar;
vaqtinchalik bо‘sh turgan budjet mablag’larini bank va kredit tashkilotlarida joylashtirishdan olingan daromadlar;
xizmat kо‘rsatish va davlat xarajatlarini qoplashdan olingan daromadlar;
davlat va mahalliy tashkilotlardan tо‘lovlar;
davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkdan yoki xо‘jalik faoliyatidan olinadigan boshqa tushumlar.
2. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkni sotishdan olingan daromadlar, shu jumladan:
davlat mulki bо‘lgan korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan olingan tushumlar;
kvartiralarni sotishdan tushumlar;
davlatning ishlab-chiqarish va noishlab-chiqarish fondlarini, transport vositalari va boshqa uskuna-jihozlarni sotishdan olingan daromadlar;
musodara qilinib, davlat va mahalliy hokimiyat egaligiga о‘tgan egasiz mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar.
3. Davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar.
4. Yer va nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan daromadlar.
5. Davlatga qarashli bо‘lmagan manbalardan kapital transfertlar tizimlari.
6. Jarima-jazolarni qо‘llash, yetkazilgan zararni qoplash, shu jumladan:
standartlar va texnik shartlardan chetlashgan holda tayyorlangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun tushumlar summasi;
narxlarni qо‘llash tartibini buzganlik uchun jazolar;
jinoyatlar qilish va moddiy boyliklar kamomadida aybdor bо‘lgan shaxslardan undiriladigan summalar.
7. Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, shu jumladan:
davlat kreditlari bо‘yicha foizlar;
davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar;
markazlashtirilgan eksportdan tushumlar summasi;
tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tushumlar.
8. Boshqa turli soliqsiz tuShumlar.
Fikrimizcha, soliqsiz daromadlarning zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
1. Davlatga tegishli mulklardan foydalanish samaradorligining pasayishi natijasida davlat sektoriga tegishli korxonalarning moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida ularni xususiylashtirishning zarurligi.
2. Davlat budjeti daromadlarining miqdorini oshirish zaruriyatining yuzaga kelishi.
Davlat budjetining soliqsiz daromadlari daromad manbalari sifatida nobarqaror va doimiy xususiyatga ega bо‘lgan daromadlar hisoblanadi. Buning sababi Shundaki, birinchidan, davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni mohiyatiga kо‘ra nobarqaror jarayon bо‘lib, xususiylashtirishdan olinadigan daromadlarni nobarqaror bо‘lishiga olib keladi; ikkinchidan, davlatga tegishli oltin-valyuta zahiralarini bozor stavkalarida joylashtirish natijasida olinadigan daromadlar joylashtiriladigan moliyaviy aktivlarning miqdoriga va bozor stavkalarining о‘zgarishiga bog’liq bо‘lganligi sababli ulardan olinadigan daromadlarning summasi doimiy ravishda tebranib turadi; uchinchidan, xorijiy tashkilotlardan va davlatlardan olinadigan moliyaviy yordamlarning miqdori ularni beruvchilar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bu esa ularning miqdorini oldindan belgilash imkonini bermaydi.
Xulosa qilib aytganda, soliqsiz daromadlar fiskallik va iqtisodiy funksiyalarni bajaradi. Ular daromad manbai sifatida nobarqaror bо‘lib hisoblanadi.
Budjet xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bо‘lgan budjetning kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, unga tegishli bо‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda budjet xarajatlari bir butunning о‘ziga xos qismi bо‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog’liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga yо‘naltirilayotgan budjet mablag’larining harakatidan iborat.
Budjetning kapital xarajatlari innovasion va investision faoliyatga yо‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
a) tasdiqlangan investision dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investisiyalar uchun mо‘ljallangan xarajatlar;
b) Yuridik shaxslarga investision maqsadlar uchun budjet kreditlari sifatida beriladigan mablag’lar;
c) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bо‘lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bо‘lgan boshqa xarajatlar;
d) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bо‘lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;
e) budjet xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq budjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi.
Budjetning joriy xarajatlari tarkibi quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:
davlat iste’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy xо‘jalikning davlat darmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatlari);
hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar;
transfert tо‘lovlari;
davlat qarzlari bо‘yicha foizlarni tо‘lash;
boshqa xarajatlar.
Bu xarajatlar oddiy budjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar budjetida aks etgan chiqimlarga, asosan, mos keladi.
Funksional nuqtai-nazardan budjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag’larining yо‘naltirilganligini aks ettiradi. Bunda budjet xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bо‘linishi mumkin:
davlat boshqaruvi va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish;
sud hokimiyati;
xalqaro faoliyat;
milliy mudofaa;
huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash;
fundayental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini ta’minlash;
sanoat, energyetika va qurilish;
qishloq xо‘jaligi va baliqchilik;
atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya;
transport, yо‘l xо‘jaligi, aloqa va informatika;
uy-joy-kommunal xо‘jaligi;
maorif;
sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;
madaniyat, san’at va kinematografiya;
ommaviy axborot vositalari;
davlat qarziga xizmat qilish;
boshqa darajadagi budjetlarga moliyaviy yordam;
maqsadli budjet fondlari;
davlat zahiralari va rezervlarini tо‘ldirish;
ijtimoiy siyosat;
boshqa xarajatlar.
Budjet xarajatlarining yuqoridagi tartibda klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy hayotning turli jabhalarida davlatning rolini kо‘rsatadi.