Makroiqtiodiyot fanidan Budjet defitsiti va profitsiti tarkibiy va siklik kamomad


Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari



Yüklə 231,11 Kb.
səhifə3/12
tarix13.05.2023
ölçüsü231,11 Kb.
#112825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi

2. Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari.

Davlat budjeti daromadlarining bosh moddiy manbai milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromadni davlat tomonidan о‘zlashtirish turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida milliy daromad davlat tomonidan о‘zlashtirilishi quyidagi 3 asosiy usul vositasida amalga oshirilmoqda:


Soliqlar.
Davlat krediti.
Bank tizimining kreditlari.
Hozirgi vaqtda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida soliqlar davlat budjeti daromadlarining birlamchi manbai hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda, xususan, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanadada soliqlar davlat budjeti daromadlarining 90 foizgacha bо‘lgan qismini, AQSHda esa 70 foizdan ortiq qismini tashkil etadi.
Davlat budjetining daromadlari tashkil topish manbalariga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi:
a) Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar;
b) aholidan olinadigan soliqlar;
c) hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotishdan olingan daromadlar;
d) bank tizimining kreditlari;
e) davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar;
f) xorijiy mamlakatlardan va xalqaro tashkilotlardan olingan kreditlar va moliyaviy yordamlar;
g) boshqa daromadlar.
Davlat budjetining daromadlari undirish usuliga kо‘ra ikkiga bо‘linadi:
a) soliqli daromadlar;
b) soliqsiz daromadlar.
Davlat budjetining daromadlari soliq turlariga kо‘ra quyidagilarga bо‘linadi:
a) Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i;
b) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
c) qо‘shilgan qiymat solig’i;
d) aksiz solig’i;
e) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
f) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
g) mol-mulk solig’i;
h) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
i) yer solig’i;
j) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
k) boshqa soliqlar va yig’imlar.
Davlat budjetining daromadlari mamlakatning davlat qurilishiga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi:
1) Unitar davlatlarda:
a) markaziy budjetning daromadlari;
b) mahalliy budjetlarning daromadlari.
2) Federal davlatlarda:
a) markaziy budjetning daromadlari;
b) federatsiya sub’yektlarining budjet daromadlari;
c) mahalliy budjetlarning daromadlari.
Davlat budjeti daromadlarini yana ikkita mezonga kо‘ra tasniflanishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
1) davlat budjeti daromadlarining barqarorlik darajasiga kо‘ra tasniflash;
2) davlat budjeti daromadlarini qiymat jihatidan tasniflash.
Hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotish yо‘li bilan olinadigan daromadlar yuqori xarajatli daromad hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, hukumatning qimmatli qog’ozlariga nisbatan yuqori stavkalarda foiz tо‘lanadi, chunki aholi va korxonalar, odatda, hukumatning obligatsiyalariga va xazina veksellariga tо‘lanadigan foizlar tijorat banklarining depozit va omonatlariga tо‘laydigan foiz stavkalaridan yuqori bо‘lgandagina ularni sotib oladilar. Buning ustiga, hukumat obligatsiyalariga tо‘lanadigan foiz stavkasi inflatsiya darajasini hisobga olgan holda о‘zgartiriladi, ya’ni inflatsiyaning о‘sgan darajasini hisobga olgan holda tо‘lanadi. Ikkinchidan, dunyoning kо‘plab mamlakatlarida, jumladan, Rossiya Federatsiyasida va О‘zbekistonda korxonalarning hukumat obligatsiyalaridan oladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi. Demak, davlat budjetiga soliq tushumlarining bilvosita kamayishi yuz beradi.
Dunyo mamlakatlarining asosiy qismida davlat budjeti xarajatlarini va defisitini qoplashda bank kreditlaridan foydalaniladi. Shu jihatdan olganda, bank tizimining kreditlari ham davlat budjetining daromad manbalaridan biriga aylangan. Ayni vaqtda, xalqaro budjet amaliyotining tajribalarini о‘rganish natijalari Shuni kо‘rsatyaptiki, rivojlangan mamlakatlarda Markaziy bank tomonidan hukumatga berilayotgan kreditlarning asosiy qismi lombard stavkalarda berilayapdi. Holbuki, lombard stavkalar nisbatan yuqori stavkalar bо‘lib, ular Markaziy bankning sof stavkasiga nisbatan 2-3 punktga yuqori bо‘ladi. Hukumatga tijorat banklar tomonidan berilayotgan kreditlar bozor stavkalarida beriladi.

Yüklə 231,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin